Suriyada sulhdan so’ng nima bo’ladi?
Allohning sara yurtidagi Islom ahlining taslim bo’lishi aqlga to’g’ri keladimi?
As’ad Mansur qalamiga mansub
So’zimni bandalar Robbisining quyidagi eng yaxshi so’zlari bilan boshlayman:
مَّا يَوَدُّ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِنْ أَهْلِ الْكِتَابِ وَلاَ الْمُشْرِكِينَ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْكُم مِّنْ خَيْرٍ مِّن رَّبِّكُمْ
«Na ahli kitoblar (yahudiy va nasroniylar)dan bo’lgan kofirlar va na mushriklar sizga Parvardigoringiz tarafidan bir yaxshilik (ya’ni vahiy) tushishini istamaydilar» [Baqara 105]
لاَ يَأْلُونَكُمْ خَبَالاً وَدُّواْ مَا عَنِتُّمْ قَدْ بَدَتِ الْبَغْضَاء مِنْ أَفْوَاهِهِمْ وَمَا تُخْفِي صُدُورُهُمْ أَكْبَرُ قَدْ بَيَّنَّا لَكُمُ الآيَاتِ إِن كُنتُمْ تَعْقِلُونَ
«Ular sizlarga zarar etkazishda kuchlarini ayamaydilar va yomon holga tushishingizni orzu qiladilar. Ularning sizlarni yomon ko’rishlari og’izlaridan oshkor bo’ldi. Dillaridagi adovatlari esa yanada kattaroqdir. Agar aql yurgazsangizlar sizlar uchun oyat-alomatlarni aniq-ravshan qilib berdik» [Oli Imron 118]
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ إِن تُطِيعُواْ الَّذِينَ كَفَرُواْ يَرُدُّوكُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ فَتَنقَلِبُواْ خَاسِرِينَ
«Ey mo’minlar, agar kofirlarga itoat qilsangiz, sizni ortingizga (kufrga) qaytaradilar. Bas, ziyon ko’rguvchilarga aylanib qolasizlar» [Oli Imron 149]
Ey Shom ahli!
Agar siz qonxo’r rejim bilan muzokara qilishga chaqirayotgan kofirlar yaratgan sulhga ushbu oyatlarga asoslanib nazar tashlasangiz hargiz adashmaysiz.
بَلِ اللَّهُ مَوْلاَكُمْ وَهُوَ خَيْرُ النَّاصِرِينَ
«Yo’q, Alloh do’stingizdir va U eng yaxshi nusrat-yordamchidir» [Oli Imron 150]
Bugun kufr davlatlari Shomda Ummat qo’zg’olonini yo’q qilishga kelishib olishdi. Ular e’lon qilgan o’t ochishni to’xtatish bitimi mo’minlarga zarracha yaxshilik keltirmadi, bil’aks, parokandalik va og’ir mashaqqat keltirdi. Ular tog’utga qarshi qo’zg’alish bilan musulmonlar erishgan yutuqlar boy berilishini, mashaqqatda qolib, oxir oqibat, umidsizlikka tushishlarini, taslim bo’lishlarini, shu davlatlar istagiga rozi bo’lishga majbur bo’lishlarini ko’zlashmoqda.
Ular Shom qo’zg’olonini yo’q qilishga kelishib olish bilan bir qatorda, o’zaro nufuz talashishmoqda va qo’lga kiritiladigan manfaatlar ustida kurashishmoqda. Masalan, Amerika rus «ayig’i»dan o’zining Suriyadagi nufuzini va malayi Basharni saqlab qolishda foydalandi. Chunki u Rossiyaning musulmonlarga qattiq hujum qilish bilan u erdagi nufuzini yo’qotganini, endi uni qayta tiklolmasligini, hech qanday ittifoqchi topolmasligini tushunib turibdi va undan cho’chimayapti. Shuning uchun Suriya masalasini o’zi bilan Rossiya o’rtasigagina cheklab, Yevropani uzoqlashtirishga urinmoqda. Chunki Amerika Yevropaning mintaqada qadimdan ildizi chuqurligi hamda malaylar kasb qilishga qodirligi sababli undan cho’chimoqda. Yevropa bevosita Suriya ahliga hujum qilmay, Bashar Asadning ketishini talab qilib, shu orqali go’yo o’zini ularga yordam berayotgan va qochqinlarni qabul qilayotgan do’st qilib ko’rsatmoqda.
Shuning uchun, xususan, Britaniyaning Yevropa Ittifoqida qolishi masalasi hal bo’lgandan so’ng, Yevropaning Frantsiya, Italiya va Germaniya doxil uch davlati Amerika-Rossiya ittifoqiga qarshi markazni tashkil qilish uchun harakatga keldi. Natijada, Parijda joriy yilning 3-4 fevral kunlari bu uch davlat tashqi ishlar vazirlari yig’ilishi bilan bir qatorda davlat rahbarlarining uchrashuvi ham bo’lib o’tdi. Shuningdek, bu anjumanlar qatorida Italiya bosh vaziri Rossiya prezidenti bilan telefon orqali so’zlashdi. Frantsiya manbalarida aytilishicha, «uch poytaxt – Parij, London va Berlin Suriya maydonida ma’lum bo’lib turgan o’t ochishni to’xtatishga erishish masalasi rivojlariga nisbatan mustahkam mushtarak pozitsiyaga erishishga ahd qilgan. Rossiya bilan Suriya rejimi esa bu poytaxtlarni hurmat qilmayapti. Endi bu poytaxtlar Putin bilan ayni masalaga qaytib murojaat qilmaydigan tarzda nuqta qo’yishga qaror qildi». «Suriyada o’t ochishni to’xtatishga oid Vashington-Moskva o’rtasidagi bitimning buzilayotganiga nisbatan Amerikaning loqaydligidan evropaliklar xavotirlanmoqda». Hatto ular Amerikaning ularni yakkalab, masalani o’zi bilan Rossiya o’rtasiga xoslab qo’yayotganidan tashvishda. Shu bois evropaliklar bitimning buzilishi mavzusini ko’tarishga qat’iy bel bog’lab, bunga nisbatan Amerikaning beparvoligiga e’tiroz bildirishdi hamda Yevropaga oqib kelayotgan qochqinlar mavzusini qo’zg’ashdi va Bashar Asadsiz o’tish davrini talab qila boshlashdi. Keyin evropaliklar Saudiya valiahdi Ibn Nayf, tashqi ishlar vaziri Jubayr, Suriya muxolafati muvofiqlashtiruvchisi Hijob kabilardan ayni mavzularni ko’tarishni va shu haqda gapirishni talab qilishdi. Natijada ayni talab ortidan Jubayr «Suriyada Basharga o’rin yo’q», degan gaplarni aytdi. Bularning hammasi Yevropaning Suriya masalasida faol rol o’ynash va xalqaro pozitsiyada o’z ta’siriga ega bo’lish maqsadidagi urinishlaridir.
Frantsiya va Britaniya rahbarlari uchrashib, «Suriya Bashar Asadga o’rin bo’lmaydigan o’tish davriga muhtoj» ekanini aytishdi. Bunga raddiya sifatida Amerika malayi, Suriyadagi xalqaro vakil de Mistura «Prezident Bashar Asad kelajagi suriyaliklar qo’lida, buni oldindan belgilamaslik lozim», dedi. Bu shuni anglatadiki, Amerika Suriya muxolafati bilan Suriya rejimi o’rtasidagi muzokara Asad taqdiri haqida gapirilmagan holda davom etishini istaydi. U Asad taqdiriga qaror berishi uchun avval muxolafat yon berishga o’tishi, uning buyruqlarini qilishga rozi bo’lishi kerak, o’t ochishni to’xtatishga erishilgani o’z tasdiqini topib, qo’zg’olon olovi so’nishi, uning nazarida terroristlar, deya hisoblanayotgan boshqa qo’zg’olonchilar yo’q qilinib, maydon Amerika nufuziga bo’lgan har qanday tahdiddan tozalanishi lozim. Ana shundagina Amerika o’z malayi Bashar Asad taqdiri haqida o’ylab ko’radi.
Amerikaning bularni amalga oshirishga to’la ishonchi komil emas. Shu bois prezident Obama 2016 yil 25 fevralda «Suriyada o’t ochishni to’xtatishga erishishga doir kelishuvlarda sustkashlik qilishdan ogohlantirdi, agar Suriyada biror yutuqqa erishilsa, bu yutuq siyosiy amaliyotga olib borishi mumkinligini, chunki u erda besh yildan buyon qaqshatqich fuqarolar urushi ketayotgani»ni ta’kidladi. Shuning uchun bu davlat o’z malayi taqdirini hozir muhokama qilish bilan navbatdagi xatoga yo’l qo’ygisi kelmayapti. 2016 yil 24 fevralda Amerika tashki ishlar vaziri Jon Kerri bunday dedi: «Bizda Rossiya bilan muvofiqlashtirilgan amaliyot mavjud va biz o’t ochishni to’xtatish kelishuvining muvaffaqiyatli bo’lishini ta’minlashga majburmiz. Oldimizda juda keskin kunlar turibdi. Biz bu kunlarda Suriyani vayron etayotgan ichki urushlar va qon to’kilishlarga chek qo’ya olishimiz lozim. Diplomatik yo’l esa, Islomiy Davlat tashkiloti va Jabhatun Nusra kabi terroristik jamoalarni yo’q qilish, tomonlarni muzokara stoliga o’tqazish uchun yagona yo’ldir». Demak, Asad taqdiri mavzusi to o’t ochishni to’xtatishni to’la amalga oshirib, yon beruvchi muxolafatchilarni muzokaraga o’tqazilgunga qadar vaqtincha kechiktirilmoqda. Mabodo bu ish amalga oshmay qolgudek bo’lsa, bu borada Kerri «Qachon muzokara muvaffaqiyatli chiqmay qolsa, ma’lum bir alternativ planni muhokama qilyapmiz», deya tahdidli bayonot berdi va buni plan «b» deya atadi. Ayni plan to’g’risida Amerikada chiqadigan «Uoll-strit» gazetasi «Bu plan ortida mudofaa vaziri Karter, bosh shtab boshlig’i Danford, razvedka boshlig’i Brennan turganini hamda ushbu plan Amerikani Suriyada keng ko’lamli urushga tortajagini» keltirdi. Bu esa Amerika Jabhatun Nusra kabi o’t ochishni to’xtatishga rozi bo’lmayotgan va muzokaraga o’tirmayotgan jamoalarga qarshi keng ko’lamli havo zarbalarini amalga oshirishi mumkinligini anglatadi. Shuningdek, oz sonli piyoda askarlari bilan mintaqadagi malay kuchlarga etakchilik qilish amaliyotini ham olib borishi taxmin qilinadi. Masalan, Kurd Demokratik Ittifoqi partiyasidagi malaylariga ayni partiya nazorati ostidagi mintaqada joylashgan bazada 50 nafar amerikalik askar etakchilik qilayotgani kabi. Saudiya o’z xo’jayini buyruqlarini amalga oshirishga tayyorligini e’lon qilib, 2016 yil 9 fevralda tashqi ishlar vaziri Jubayr «Quruqlikda amaliyot olib borish fikri Vashingtondan chiqdi, 65 davlatni o’z ichiga oluvchi koalitsiya a’zolarining Amerika etovidagi amaliyotda qatnashishlari taxmin etilmoqda», dedi. Bunga Turkiya ham doim tayyor. Chunki u harbiy aralashuvni talab qilib kelmoqda. Misol uchun, 2016 yil 19 fevralda Turkiya prezidenti Erdoganning Obama bilan o’tkazgan suhbatida «Ikki davlatning o’t ochishni to’xtatishga oid Myunxen bitimini qo’llab-quvvatlashi… bu davlatlarning maqsadi IShIDga qarshi urushda mushtarak ekanligi» aytildi. Boshqacha ibora bilan aytadigan bo’lsak, Amerika etovida quruqlik orqali harbiy amaliyot o’tkazilishiga Turkiya ham, Saudiya ham hoziru nozir turibdi.
Ular juda noyob hisoblangan, ammo ongli kishini chuv tushirolmaydigan makr ishlatishyapti: o’zlari terroristlar, deb hisoblayotgan jamoalarni o’t ochishni to’xtatishdan istisno qilishdi. Ammo mana shu terrorizm bahonasida hatto hech kimni istisno qilmay, hatto o’t ochishni to’xtatishga yon berib, unga rozi bo’lganlarga ham zarba beradigan bo’lishdi. Shuning uchun ruslarning havo zarbalari va rejimning hujumlari to’xtamay davom etmoqda. Masalan, 2016 yil 5 mart kuni Jayshul Islom matbuot voizi Allush «Rejimning o’t ochishni to’xtatish bitimini buzishi ularni yangi mintaqalarni qo’lga kiritishga majbur qilganini, juda muhim strategik mintaqalarni bosib olishgani»ni bildirdi. Keyin xorlarcha yon berib bunday dedi: «Ammo sulh amalga oshsa, urush mashinasi vayron qilmoqchi bo’lgan jamiyatni va insonni qayta qurajakmiz». Bu gapi bilan Allushning o’zi qulab tushdi, rejimni qulatish va Islom bilan boshqarish haqida lom-mim demadi, aksincha gapni aylantirish bilan kofirlarni rozi qildi!
Prezident Obama o’t ochishni to’xtatishga erishishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdan cho’chiyotgani bildirdi. Tashqi ishlar vaziri muvaffaqiyatsizlik ro’y bergan taqdirda plan «b» tayyorligi bilan tahdid qildi. Saudiya va Turkiyadagi malaylari agar ulardan talab qilinsa, quruqlik amaliyoti o’tkazishga tayyorligini aytishdi. Bu esa Suriya ahli hanuz ularning til biriktiruvlarini uloqtirib kelayotganiga dalolat qiladi. Buni federatsiya kengashining xalqaro masalalar bo’yicha qo’mitasi raisi Kosachevning 2016 yil 2 mart kuni «Suriyadagi o’t ochishni to’xtatish bitimi ikki to’siqqa duch keldi, biri Suriya ichkarisidagi to’siq, ikkinchisi tashqarisidagi to’siq, ikkinchi to’siq shuki, Qo’shma Shtatlar ichkarisidan ayni bitimga e’tirozlar bo’lmoqda», degan gapi ham tasdiqlab turibdi. Bu gapi bilan u amerikalik harbiylar hozirlayotgan plan «b»ga ishora qilmoqda. Demak, Kosachevning tushunishicha, ular ikkinchi to’siqqa tayyorgarlik ko’rishyapti, birinchi to’siqni yo’q qilishga hozirlik ko’rishyapti, ya’ni Kosachev ishora qilganidek, jamoiy shaklda bitimni rad etayotgan Suriya ahlini yo’q qilishni rejalashtirishyapti.
Suriya ahli Allohning sara yurtining ahlidir. Ular qo’rquv devorini ag’darib, juda ko’p qurbonliklar berdilar, xorlikdan o’limni afzal bildilar, jamoatchilik fikri yuksak darajaga etdi. Ular qo’zg’olon Alloh uchunligini, etakchilari Muhammad A ekanligini baralla aytdilar, oralarida sabotli halol insonlar juda ko’p, yon beruvchi nopok kimsalar esa juda ozdir. Oralarida va ular bilan birgalikda Hizb ut-Tahrir bor. Fikriy va siyosiy ongi bag’oyat yuksak darajali ushbu Hizb ularga to’g’ri yo’nalishni ko’rsatib, sobitqadamlikka, sabr-bardoshga chaqirmoqda, ularga qarshi to’qilayotgan fitnalarni ko’rsatib bermoqda. Haqiqatdan ham, Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish va Rosululloh A royalarini baland ko’tarishga ularni qanoatlantirishga muvaffaq bo’ldi ham. Shunday ekan, Allohning sara yurti ahlining taslim bo’lishi, ilmoniy rejim va Amerika nufuzining qolishiga rozi bo’lishi aqlga to’g’ri keladimi? Allohning izni ila, bu ming marta aqlga to’g’ri kelmaydigan ishdir.
Roya gazetasining 2016 yil 9 mart chorshanba kungi 68-sonidan