Hukumat chegaraga qo’shimcha kuch jo’natdi

442
0

“Ozodlik” radiosi qirg’iz xizmatining Oq uydagi ishonchili manbaga tayanib xabar qilishicha, Qirg’iziston hukumati qirg’iz-o’zbek chegarasiga qo’shimcha kuch jo’natdi. Ma’lumotga ko’ra, 200 chog’li askar va harbiy texnika chegara nazoratini kuchaytirish uchun 20 mart kuni tongda jo’natilgan.

Hozircha bu ma’lumotni chegara xizmati boshlig’i Raimberdi Duyshonbiev tasdiqlagani yo’q. Uning so’zlariga ko’ra, aniqlanmagan chegara hududida ikki o’lkaning ikkitadan BTR va 60 nafar askarlari turipti. Chegara xizmatining askarlaridan tashqari qo’shimcha kuch jo’natilgan emas.

“AKIpress” nashrining Qirg’iziston qurolli kuchlaridagi manbasi ham 20 mart tongida mamlakat janubiga 200ga yaqin askar va qo’shimcha harbiy texnika jo’natilganini tasdiqladi.

Turkiston:

Mustamlakachi davlatlarning “Bo’lib tashla va hukmronlik qil” tamoiliga asoslangan xudosiz kommunistlar hukumati azaldan bir Ummat vakillari bo’lgan Turkiston xalqlarini besh respublikaga bo’lib, o’rtasiga sun’iy chegaralar tortayotganida uzoqni ko’zlagan va ular o’rtasida doimiy kelishmovchilik va ziddiyatlarni paydo qilish, shu orqali o’z ta’sir doirasida ushlab turish oson bo’lishi uchun chegaralarni xuddi shaxmat taxtasidagi kataklar kabi tortib chiqishdi. Kommunistlar tomonidan qo’yilgan bu tuzoq shu kunga qadar o’z ta’sirini ko’rsatib, Markaziy Osiyodagi eng zaif bo’lgan Qirg’izistonga bosim o’tkazish yo’lida foydalanib kelinmoqda.

18 mart kuni Jalolobod viloyati Olabuqa tumanidagi Kerben yo’li 20-kilometridagi baxsli hududga o’zbek harbiylarini kirib kelishi va ikkita blok postni o’rnatib olishi ham O’zbekiston hukumati o’zicha xal qiladigan ish doirasida bo’lmay, so’nggi vaqtlarda Qirg’iziston hukumatining Rossiyadan uzoqlashib, AQSh va Yevropa davlatlari bilan iliq munosabat yurita boshlaganiga g’ashi kelgan Rossiya tomonidan yoki aksincha Rossiyaga yaqinlashishiga yo’l qo’ymaslik uchun AQShdan bir ogohlantirish bo’lishi mumkin.

Esingizda bo’lsa, Qirg’iziston hukumati 2014 yili “Manas” aeroportidan AQSh harbiy bazasini chiqarib yuborgunga qadar yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo’lishni paysalga sola boshlagan vaqtlarda ham qirg’iz-o’zbek, qirg’iz-tojik chegarasida davomli ziddiyatlar avj olgan edi.

2014 yilda Qirg’izistonning qo’shni davlatlar bilan chegarasida sodir bo’lgan jami nizolar soni 40 taga etgan, bularning 32 tasi qirg’iz-tojik, 5 tasi qirg’iz-o’zbek, 2 tasi qirg’iz-qozoq chegarasi, 1 tasi qirg’iz-xitoy chegarasida sodir bo’lgan. 2013 yil mobaynida qirg’iz-tojik chegarasida 19 ta nizo yuz bergan bo’lsa, 2014 yilning 10 oyi ichida 32 ta nizo qayd etilgan edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.