Putinning qarori

402
0

Putin Rossiya mudofaa ministri Shayguga 15 mart kundan boshlab, Rossiya harbiy kuchlarini Suriyadagi barcha hujumlarini to’xtatishga va mintaqadan olib chiqib ketishga buyruq berdi

Putinning bu qarori juda ko’p muxlislarimizni saytimizga shu masalaga oydinlik kiritib berishimizni so’rab, savollar bilan murojaat qilishlariga sabab bo’ldi.

Suriyani va Asadni saqlab qolish muammosi aslida Rossiyaning muammosi emas. To’g’rirog’i bu Rossiyaning hozirdagi xalqaro olamdagi vazni bilan amalga oshira oladigan ishi emas. Bu AQShning salohiyatidagi ish. Bu haqda Putin 2014 yilning oxirlarida olamiy matbuot anjumanida bergan savollarga javobida aytib o’tgan edi. U “Asad bizdan ko’ra AQSh bilan yaqinroq hamkorlikda ekanini hamma biladi” degan edi.

Rossiya havo harbiy kuchlari vositasida Suriyaga hujumlar uyushtirilishi ham, AQSh bilan hamkorlik qilish doirasi asosida olib borilgani sir bo’lgan emas. U AQSh uchun Suriyadagi barcha jangari quvvatlarni jilovlab olishida bir muncha xizmat qilib berdi. Asad va IGISh singari jilovda turgan jamo’alarni esa, birorta ham manfaatlariga zarar etkazgani yo’q.

Endi Rossiya bor imkoniyatlarini ishlatib bo’ldi. U Suriyani harbiy askarlar bilan bosib ola olmaydi. Bu ishni islomiy o’lkalar amalga oshirishlari lozim deb bilishadi.

AQSh Suriyani bir necha bo’laklarga bo’lib yuborishga harakat boshlamoqchi. Shu kunlarda Anqarada 34 kishini o’limi bilan yakun topgan portlash amaliyoti ham, AQShning shu bo’lib yuborish loihasiga bog’liq bo’lsa ajab emas. Chunki AQSh Suriyani bo’la boshlaganida, Kurdlar ham o’zlari uchun yangi mamlakat qurib olishga harakat qilishlari aniq. Bu esa, Turkiya uchun hayotiy muhim masala bo’lib, ular bu ishga qarshi barcha qo’llaridan kelgan qarshilik choralarini ko’rishga tayyor turishadi. Kurdlarni bosib olishlari uchun bir necha qo’poruv amaliyotlari uyushtirilishi kerak bo’ladi. AQShning bu amaliyotdan ikki kun avval xabardor bo’lishi, bu ishlar u bilan hamkorlikda uyushtirilganiga dalolat qiladi.

Putin Suriyadagi Ruslarning Humaymim va Tartusdagi harbiy bazalarini avvalgi tartibda o’z joylarida kolaverishini aytib o’tdi. U bazalarni himoyasi uchun harbiy qo’shimcha quvvatlar dislokatsiya qilish haqida buyruqlar berdi. Demak, ruslar Asadni hozirgi o’z ta’siri ostida ushlab turgan mintaqasini himoya qilish vazifasidan bo’shaganlari yo’q. Chunki AQSh Asadning o’rniga o’zi uchun yangi malay topa olmasa, Asadning rejimi uchun o’sha mintaqaning bir qismini qoldiradi. Ruslar esa, o’z harbiy bazasini o’sha joyida saqlab qolishlari uchun Asadni yoki uni ishini davom ettirishi mumkin bo’lgan ilmoniy quvvatni saqlab qolish uchun bor kuchini sarflashga tayyor turishadi. Faqat operatsiya etakchisi AQSh bo’lib, Putin uning bu yirik loihasida kichik bir bog’langan ko’ppak vazifasida qolaveradi.

Putin rejimining o’zi ham bu ishlardan rozi emas, majburdir. U hozirgi holatida AQSh bilan raqobatlasha olmaydi. Buni anglash uchun Rus armiyasi AQShning Suriyadagi manfaatlarini himoyasi uchun shuncha xarajatlar qilib, mehnat ko’rsatishiga qaramay hamda Rossiyadan iqtisodiy qamal sanktsiyalar olib tashlanmaganiga qaramay, Putin uning chizgan chizig’idan chiqa olmaganiga e’tibor berish kerak. Putin AQShning bu ishlaridan norozi bo’lgani bilan, undan yuz o’gira olmaydi. Ya’ni boriga shukr qilishga majbur bo’ladi. Chunki Rossiyaning jamg’arma fondidagi rezerv mablag’lar deyarli tugab borayapti. Putin esa, o’z rejimini saqlab qolishi uchun Rossiyada harbiy holat vujudga keltiruvchi sharoitlar paydo qilishi kerak. Bu holatni vujudga keltirish uchun esa, xalqaro hamjamiyat tarafidan keladigan matbuot va boshqa hujumlar jilovini tortib tura oladigan quvvatning hamkorligi kerak bo’ladi. Bu quvvat hozirda AQShdir.

AQSh Rossiyani parchalab, yo’q qilib yuborishi mumkinchiligiga ega bo’lganida ham, uni aytaylik Shimoliy Koreya yoki O’zbekiston rejimlari singari, o’ziga tobe’ holatda bir kancha muddat ushlab turib, undan Eron, Isroil kabi boshqa mintaqalarni qo’rquvda ushlab turish maqsadida foydalanib olishga harakat qiladi. Buning uchun Putin ichki va tashqi siyosatidagi o’z tizginining asosiy qismini AQShga berishga majbur bo’ladi. U o’zining G’arbga qarshi siyosatini faqat nazariy loihalarga va fikr yoki gap bilan ifodalashga cheklaydi.

Putin o’z rejimi bilan Rossiyani hor holatda bo’lsa ham ushlab turishi uchun AQShga mutloq tobe bo’lishga rozi bo’lishdan o’zga chorasi yo’q. Bu yashiringan format ichida bo’lib, Eron islomiy respublikasi, Saudiya islomiy Qirolligi, Shimoliy Koreya mamlakati singari ko’rinishda bo’ladi. Rossiya xuddi Suriyada o’z holicha harakatlanayotgandek ko’ringan holatida, AQSh uchun fidoiylardek harakat qilib berdi. AQSh esa o’zini, uning olib borayotgan barcha vahshiyliklariga qarshi, lekin chorasiz bo’layotgandek ko’rsatib, matbuotda chiqishlar bilan, Rossiyani butun dunyo oldida, boshqarib bo’lmaydigan harbiy mashina qilib ko’rsatishga harakat qildi.

Endi esa, AQSh Rossiyani faqat o’zi boshqara oladigan yagona quvvat ekanini anglatib qo’yishga harakat qilayapti. Bu ochiq o’yin bo’lib, G’arb olami va Xitoy ham Rossiyaning ishlari bo’yicha AQSh bilan kelishish kerak deb fikrlay boshlashadi. Putin shu horlikka qancha vaqt rozi bo’lib turib bera oladi, bu aniq emas. Shunisi aniqki, AQSh Rossiyani iqtisodiy tang holatga ushlab tushishda davom etaveradi. Bu uni Putinning rejimini to’la jilovlab olishidagi asosiy quroli hisoblanadi. Putin AQShdan ko’ra o’z xalqidan ko’proq xavotirda. Chunki Rossiyani shu iqtisodiy bo’hron holatiga tushib kolishida faqat Putin va uning ochko’z rejimi aybdordir.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Rossiya o’z ixtiyori bilan Suriyadan chiqib ketgani yo’q. U hali to’la chiqib ketgani yo’q. Faqat AQSh bosh bo’lgan umum kufr manfaatlariga muvofiq harakatlanishda davom etayapti. U Asadning mintaqasini himoyachisi vazifasida turipti. AQShning amaliyotlari chippakka chiqsa, yana maydonga kirib kelishi ham mumkin. Yoki u Asadni o’z mintaqasini saqlab turishiga yordam berib uni himoya qilib bersa, tashqaridagi islomiy kuchlar bir birlari bilan mintaqa talashib urush olib borishadi. Bu ham kufr loihalarining bir qismi hisoblanadi.

Abdurazzoq:

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.