Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati tarafidan 3 mart kuni Istambulda xalqaro “Xalifalik” simpoziumi, 6 mart kuni esa Anqarada “Xalifalik xom hayolmi yoki yaqin kelajakmi?” nomli konferentsiya muvaffaqiyatli o’tkazilishi Otaturk izdoshlarining tinchini buzdi. Xalifalikning ashaddiy dushmanlari bo’lgan otaturkchilar turli bayonotlar orqali Hizb ut-Tahrir uyushmasini IShIDga qiyoslashga urinishdi. Tavhid kalimasi yozilgan bayroqlarni “IShID bayroqlari”, deb dod-voy solishdi.
Buning ortidan Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati “Xalifalikni mudofaa qilish Islomni mudofaa qilishdir” nomli kompaniya boshladi. Hizb ut-Tahrirning faol a’zolaridan biri Sulaymon Uyurli bu haqida shunday deydi:
“Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati boshchiligida Anqarada o’tkazilgan “Xalifalik” xalqaro konferentsiyasi ortidan “otaturk”chi ilmoniylar Xalifalikka va uni talab qilib chiqqan musulmonlarga qarshi jirkanchli hujumlarini boshladi. Xalifalikni talab qilishni qoloqlik va axmoqlik deya baholashdi. Hatto Jumhuriyat xalq partiyasi vakillaridan biri “Xalifalikka chaqirish pastkashlarcha hujumdir”, deya ichidagi gina adovatni to’kib soldi.
Aslini olganda Xalifalik tarixiy tuzum emas, shar’iy hukmdir. Bu haqida hech qanday ixtilof yo’q. “Sahih Muslim”ga sharh yozgan buyuk olim Imom Navaviy “Xalifani saylash barcha musulmonlarga farzligi borasida olimlar ittifoq qilganlar”, deya bu haqiqatni ochiq-oydin tarzda bayon qilgan.
Ha, aziz birodarlar. Xalifalik davlati tiklanishiga hech kim to’siq bo’la olmaydi. IShID esa o’ziga Xalifalik nomini qo’yib olgan qurolli guruhdan boshqa narsa emas. Xalifalik Islomning bir qismidir va uning yagona egasi Ummatdir. Shunday ekan, Islom Ummati sifatida Islomiy Xalifalikni muhofaza qilish xammamizning burchimizdir.
Hizb ut-Tahrir – Turkiya viloyati sifatida “Xalifalikni mudofaa qilish Islomni mudofaa qilishdir” nomli kampaniya boshladik. Bu kampaniya davomida biz faqat Xalifalik Islomning bir qismi ekanligini bayon qilish bilan cheklanmaymiz. Balki Xalifalik qanday bo’lishi kerakligini ham siz bilan baham ko’ramiz.
So’zim oxirida shuni aytib o’tmoqchimanki, Nihoyat Xalifalikning vaqti keldi. Bu erlar Xalifalikning erlaridir. Bu yurtda Xalifalikning izlari bor. Bu tuproqlarda xalifalikning hidi bor va Allohning irodasi bilan Xalifalik yaqin kunda yana takror qaytib keladi”.