Yashirin tahdid

467
0

Qirg’iziston organ xodimlari ayollarni himoyasi uchun o’zini qamoqqa topshirish aktsiyasida avvalgilardan bo’lib ishtirok etgan yigitlarga yashirin tahdid qilib ko’rishgan

Qirg’izistonda 19 fevral kuni boshlangan muslima ayollarni himoya qilish aktsiyasi, avval O’sh viloyatining Qorasuv shahrida bo’lib o’tdi. Aktsiya ishtirokchilarining bir nechta a’zolari, o’zlarini aktsiyada qatnashishdagi maqsadlari haqida bayon qilishgan vidio murojaatlarini, ijtimoiy tarmoqlar orqali dunyoga tarqatib yuborishdi.

Qirg’iziston hukumati fuqorolarini qo’rqitishdagi asosiy vositasi hisoblangan qamoqqa olish orqali jazolash uslubi yo’qqa chiqib borayotganidan vahimaga tusha boshladi. Ba’zi organ xodimlari esa, avval qo’llarini bog’lagan hollarida, “bizlarni qamoqqa olinglar, biz sizlar ekstremist deb hisoblagan Hizb azolarimiz”, deb militsiya mahkamasi ichiga kirib borishganlarida qamoqqa olishmadi. Lekin bir muncha vaqt o’tishi bilan u birodarlarimizning ba’zilariga yaqin kunlarda qamoqqa olishlari mumkin ekanligini aytib, ulardan pul talab qilishga harakat qilishgan. Ba’zilari hatto bu aktsiya uyushtiruvchilari va ishtirokchilarini O’zbek millatchi harakatlariga bog’lash uchun ijtimoiy tarmoqlar vositasida xabarlar tarqatishmoqda. Bu kabi chalg’itish va zulmlar davom ettirilishi bu aktsiyada boshqa millat vakillarini ham chiqishlari bilan o’z intihosini topadi insha Olloh.

Qirg’iziston hukumati Rossiya va G’arb kufr mamlakatlari bosimi ostida o’z fuqorolariga zulm qilayotgani aniq. Lekin ularning bu zaifliklari ularni oqlay oladigan omil hisoblanmaydi. Aksincha bu xiyonat, xorlik, xudbinlik va iymonsizlik hisoblanadi. Chunki muslimalarni himoyasi uchun boshlangan aktsiyaning sababchilari bo’lgan 20 ta ayolning deyarli birortasi Hizb ut-Tahrir a’zolaridan emasligi aniqlangan. Ularning ichida shahar faollari, deputat va boshqa hukumat ishchilarining yaqinlari ham bo’lgan. Demak mazlumalar ichida, o’sha o’rgan xodimlarining yaqinlari bo’lishi ham mumkin. Bugun bo’lmasa boshqa kuni….

Qirg’iz hukumati, endi Hizb ut-Tahrirga qarshi qanday kurashish kerakligi haqida bosh qotirayapti. Negaki, Hizb yigitlari ummat manfaatlarini va uning oriyat nomuslarini himoya qilish uchun barcha narsaga tayyor ekanliklarini faqat so’zda emas, amallari bilan yana bir bora ko’rsatib qo’ydi. Hukumat musulmonlarga qarshi kufrona zulmlarini to’xtatmas ekan, Hizb ham ularga qarshi islomiy shar’iy siyosiy yurishlarida davom etib boraveradi.

Lekin Qirg’iz hukumatiga shuni eslatib o’tamiz; Rossiya Suriya va Ukrainada urushni vaqtincha bo’lsa ham to’xtatdi. U endi bizlarning diyorlarimizga ko’z tika boshladi. E’tibor bergan bo’lsalaring, Rossiya rasmiylari Qirg’iziston haqida “bizni Qirg’iziston bilan aloqalarimiz juda yaxshi” degan bayonotlar tarqatib, ilgarigi imzolangan hujjatlar asosida bojxonalarimizni egallay boshlashdi. “Qirg’izistonda ID tashkiloti a’zolari ko’payip borayapti” degan vahimalar ko’tarishib, harbiy bostirib kirishlari uchun sharoit paydo qilishga harakat olib borishayapti.

Yuqoridagi Qirg’iz organ xodimlarining musulmonlarni o’zlariga qarshi provokatsiya qilish maqsadida olib borgan barcha harakatlari Rossiyaning o’z maqsadini ro’yobga chiqarish uchun qilgan bosimlari ostida amalga oshirib kelinmoqda. Shuning uchun biz qirg’iziston musulmonlari davlatga yoki hukumatga qarshi emas, kufr tuzumiga, uning iflos va mustamlakachi sistemasiga qarshi kurashishimiz lozim. Qirg’iziston davlati ikki marotaba hukumatni ag’darib yubordi, nima o’zgardi, battar yomonlashib borayapti. Chunki tuzum va kufr sistemasi o’zgarmadi.

Lekin o’sha kufr sistemasini vosita qilib, musulmonlarga qarshi harakatlanayotgan har qanday mamlakat yoki hukumat bo’lsin, unga qarshi siyosiy kurash olib borish vojibdir. Mana shu ham kufr sistemasiga qarshi olib borilayotgan kurash hisoblanadi. Chunki muammo shaxslarda emas, balki ularni boshqarayotgan kufr asosidagi mafkuraga suyangan mavjud olamiy global kapitalistik sistemadadir.

Rossiyaning yoki AQShning bu siyosiy nayranglarini tiniq anglab eta olmayotgan Qirg’iz hukumati, Qirg’izistonni yuqoridagi kufr mamlakatlari uchun yangi urush maydoniga aylantirib berish sari harakatlanishda davom etib borishayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.