Sankt-Peterburg gezetasi: Hizb ut-Tahrir muftiyga suiqasd qilishga uringanlikda ayblanmoqda
2016 yil 18 fevral kuni Sankt-Peterburgning «fantanika.ru» elektron gazetasi sahifasida katta-katta harflar bilan «Hizb ut-Tahrir masjid jomeida muftiy Jafar Ponchaevga suiqasd qilishga tayyorlangan» nomli maqola chop etildi. Maqolada aytilishicha, «Suriyaga borganlarni tergov qilish va hibsga olish ishlari jarayonida 2012 yil hodisasining haqiqati ochilgan, Rossiya shimoliy g’arbiy mintaqalari bo’yicha muftiysi Hizb ut-Tahrirni Sankt-Peterburg shahrida ekstremistik fikrlarni tarqatishni to’xtatishga chaqirganidan so’ng Hizb ut-Tahrir unga suiqasd qilishni rejalashtirgan. Biz umumiy tergov doirasida bu reja amalga oshirilmay qolganidan xabar topdik. Keyinchalik muftiy 2012 yil dekabr oyida vafot etgan».
Birinchidan: Kattayu kichik insonlarga yaxshi ma’lumki, Hizb ut-Tahrir buyuk Islomga da’vat qiladi. Ushbu Islom esa musulmon musulmonni o’ldirishini harom qiladi va buni gunohi kabira deb hisoblaydi. Alloh Taolo bunday dedi:
وَمَن يَقْتُلْ مُؤْمِنًا مُّتَعَمِّدًا فَجَزَآؤُهُ جَهَنَّمُ خَالِدًا فِيهَا وَغَضِبَ اللَّهُ عَلَيْهِ وَلَعَنَهُ وَأَعَدَّ لَهُ عَذَابًا عَظِيمًا
«Kim qasddan bir mo’minni o’ldirsa, uning jazosi jahannam bo’lib, o’sha joyda abadiy qolajak, u Allohning g’azabi va la’natiga duchor bo’lgan, (Alloh unga) ulkan azobni tayyorlab qo’ygan» [Niso 93]
Hizbga qo’yilgan musulmonlar hayotiga suiqasd qilishga urinish ayblovi g’irt tuhmatdan boshqa narsa emas. Ilgari 2003 yilda Rossiya DUMAsi tomonidan Hizbni zo’ravonlik amaliyotlari bilan shug’ullanuvchi terroristik tashkilot, deya qaror chiqarilgan edi. Bu mutlaqo adolatsiz qaror bo’lib, Rossiyada sodir bo’lgan biror jinoyatni Hizb ut-Tahrirga yopishtirish maqsadida qabul qilingan.
Ikkinchidan: Maqolada keltirilgan narsa ham qip-qizil tuhmat. Chunki Hizb ut-Tahrir a’zolariga bunday ayblovni xavfsizlik xizmatining o’zi ham qo’ygan emas. «fantanika.ru» elektron gazetasi esa 2014 yilda musulmonlar qamoqqa olinganidan keyin bunday xabar tarqatgandi: «Jinoyat ishi 2013 yilning noyabr oyida jinoyat kodeskining 282.1 «ekstremistik partiyalarni tashkil qilish» moddasiga binoan ochilgan edi. Keyin bahorda 205.5 «terroristik tashkilotlarni tuzish» moddasiga muvofiq qayta ko’rib chiqildi».
Bulardan gazetadagi xabar qanchalar darajada uydirma ekanligi hamda Hizb ut-Tahrir a’zolarini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish hukmlarini oqlash maqsadida yozilgani yaqqol ko’rinib turibdi. Chunki Rossiyada Hizb va uning a’zolariga qarshi bunday stalincha repressiv hukmlardan jamiyatda nolish yuzaga kelgani namoyon bo’ldi. Gazetadagi xabarning tuhmatligini shu gazetaning o’zi ham fosh etib turibdi. Gap shundaki, ayni gazeta ilgari rus xavfsizlik kuchlarining Sankt-Peterburgdagi jomiga qatnovchi halol, yaxshi, qonunga amal qiladigan insonlarni adolatsiz ravishda jazolayotganini, ular Pskovdan Roman Ivanov va Dmitriy Mixaylov, Sankt-Peterburgdan Sergey Yablokov kabi Rossiya fuqarolari ekanligini xabar qilgandi.
Demak, umuman Hizb ut-Tahrirni, xossatan, uning hibsga olingan yigitlarini yomonotliq qilishga bo’lgan har qanday urinish qasddan uyushtirilgan, repressiv harakterga ega urinishdir.
Hizb ut-Tahrirning Rossiyadagi matbuot bo’limi
Rasmiy sayt: www.hizb-russia.info
Elektron pochta: mediaoffice.htr@gmail.com