Rossiya elchisi: terrorchilar o’z ta’sirini Markaziy Osiyoga yoymoqchi

423
0

Rossiyaning O’zbekistondagi elchixonasida Rossiyada nishonlanadigan 23 fevral – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o’tkazilgan qabulda Rossiya elchisi Vladimir Tyurdenev o’z nutqida bugungi kunda terrorchilik guruhlari o’z ta’sirini nafaqat Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlariga, balki boshqa hududlar, jumladan Markaziy Osiyoga yoyishga urinmoqda, deb aytdi.

Elchining aytishicha, shu munosabat bilan Rossiya bunga qarshi turish uchun o’z hamkorlari, jumladan Markaziy Osiyo davlatlari bilan tegishli aloqalarni jadallashtirmoqda.

“Biz bu yovuzlik bilan samarali kurashish uchun butun jahon hamjamiyati say’-harakatlari birlashishi lozimligini ta’kidlaymiz, bu jarayonni siyosiylashtirmasdan va dastlabki shartlarsiz keng koalitsiya shakllantirishni taklif qilamiz”,- deb aytdi Tyurdenev.

Tyurdenevning ta’kidlashicha, terrorchilik davlat chegaralari, xalqaro huquq va zamonaviy tamaddun qadriyatlarini tan olmaydi. Buning yorqin isbotlari butun dunyo bo’ylab ular tomonidan uyushtirilayotgan qator portlashlar, asirlarning namoyishkorona qatl etilishi, minglab qurbonlar bo’lmoqda. Terrorchilar barcha dunyo dinlarining bir necha asrlik qadriyatlarini izchillik bilan yo’q qilmoqda. Ularning vahshiyona hujumlari davlatlarning qonuniy manfaatlari, ularda yashovchi xalqlarning huquqlari va erkinliklari, butun insoniyatga xavf solmoqda, deb aytdi Rossiya elchisi.

“Bunday sharoitlarda uzoq sarhadlarda davlatimizning xavfsizligini ta’minlayotgan Rossiya qurolli kuchlarining roli va javobgarligi ancha oshadi. Rossiya xalqaro huquqlarga to’liq amal qilgan holda harakat qilib, Suriyadagi terrorchilar infratuzilmalariga havo va raketa zarbalarini samarali amalga oshirmoqda. U erda Suriyaning qonuniy hukumati iltimosi bilan harakat qilayotgan harbiy-koinot kuchlarimiz eng nostandart vazifalarni bugungi kundagi zamonaviy jangovar armiyalarga xos tarzda qat’iy, professional va mardonavor bajarishga tayyorlar”,- deya ta’kidlab o’tdi Tyurdenev.

Turkiston:

AQSh loyihasining maxsuli bo’lgan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash kufr davlatlarini ISlom va musumonlarga qarshi olib borayotgan kurashida shior bo’lib qoldi. AQSh hukumati dunyoda hamjamiyatini “IShID” tahdidi bilan qo’rqitib kelayotgan bo’lsa, Rossiya bundan Markaziy Osiyo mintaqasidagi davlat rahbarlarini o’z izmida ushlab turishida qurol sifatida foydalanmoqda. So’ngi vaqtlarda RF prezidenti Vladimir Putindan tortib, rus rasmiylari va hatto rus OAVgacha biri qo’yib Markaziy Osiyo respblikalari rahbarlarini “ogohlikka” chaqirishi odat bo’lib qoldi. Kuni kech Putin ham ayni mavzuga to’xtalib o’tgan edi. Markaziy Osiyodagi prezidentlar esa bu vahimadan o’z mustabid rejimlarini mustahkamlashda unumli foydalanib qolishga harakat qilishmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.