Urush jinoyatlari “prokurori” rus hujumlarini oqlab chiqdi

497
0

BMTning urush jinoyatlari bo’yicha sobiq bosh prokurori Karla Del Ponte Suriyada minglab begunoh tinch fuqarolarning qurbon bo’lishiga sabab bo’lgan Rossiya hujumlarini “ijobiy ish” sifatida baholadi. Pontega ko’ra, dunyo ko’z o’ngida maktablarning hujumga tutilishi, o’quvchilarning qirg’in qilinishi, kasalxonalarni bombardimon qilib, bemorlar va shifokorlarning qatl qilinishi, yosh bolalar va ayollarning havodan hujumga tutilishi terrorga qarshi hujum hisoblanar ekan.

“Shaxsan, men Rossiyaning Suriya masalasiga aralashuvini terrorchi tashkilotlarga qarshi kurashda juda yaxshi harakat, deb hisoblayman. Nihoyat bittasi chiqib IShID va Nusra kabi terrorchi tashkilotlarga qarshi hujum qilmoqda”, dedi Karla del Ponte RTS telekanaliga bergan intervyusida.

Tahlilchilarning bildirishicha, Rossiyaning 30 sentyabrdan shu kunga qadar uyushtirgan aksar havo hujumlaridan IShID emas, aksincha tinch aholi jabr ko’rgan. Suriya Inson huquqlari observatotiyasi 2015 yil 30 yanvarda bergan hisobotida keltirishicha, 30 sentyabrdan buyon Rossiyaning hujumlari oqibatida 1400 begunoh tinch aholi o’ldirilgan. Boshqa guruhlar esa Rossiya hujumidan o’lgan tinch fuqarolarining soni ko’rsatilganidan ancha ortiq ekanligini aytishmoqda.

Rossiya havo kuchlari Suriyada hujumlarini yana ham kuchaytirgani aytilmoqda. So’ngi xabarlarga ko’ra 6 kun ichida, ya’ni 10-16 fevral oralig’ida 1593 marta hujum amalga oshirilgan. Bu hujumlar Halab, Homs, Hama, Latakiya, Dayruz-Zur va Der’a shaharlarida amalga oshirilgan.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.