Kerri: Hali dahshatlisi bu yoqda turibdi

391
0
U.S. Secretary of State John Kerry testifies at a U.S. House Foreign Affairs Committee hearing on Syria on Capitol Hill in Washington, September 4, 2013. The U.S. Senate Foreign Relations Committee struggled on Wednesday to reach agreement on a resolution authorizing military strikes in Syria, but scheduled a vote for later in the day as Obama administration officials pressed for action in Congress. REUTERS/Jason Reed (UNITED STATES - Tags: POLITICS) - RTX137CY

Suriya inqiroziga echim topish uchun tashkil qilingan muzokaralarda muxolifat vakillari Rossiyaning hujumlarini tilga olgan paytda AQSh Davlat kotibi Jon Kerri “Hali bundan battar bo’lishi” haqida bashorat qildi. Bu haqida Nyu-York Tayms gazetasi xabar tarqatdi.

Gazetaning yozishicha, o’tgan hafta Londonda shahzoda Charlz tomonidan donor davlatlar uchun tashkil etilgan qabul marosimida AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriya muxolifati vakillarini ayblagandek gap qilgan. Bunga esa Jeneva-3 muzokralari paytida muxolifat vakillarining uchrashuvga chiqmay qo’ygani sabab bo’lgan. Gazetaga ko’ra, Suriya muxolifati umidsizlikka tushib qolgan.

Qabul marosimida ishtirok etgan bir Suriyalikning ma’lum qilishicha, muxolifat vakillari bir kunda Suriyaning Halab shahriga 230ta potrlovchi bochka tashlanganligini tilga olgan paytda Kerri “180 edi”, deya to’g’irlab qo’ygan.

“Yana ham vahimali bo’ladi. Bu uch oy davom etadi va muxolifatni katta qismini yo’q qiladi”, “Siz mening nima qilishimni istaysiz? Rossiyaga qarshi urush ochaylikmi?”, deya norozi ohangda gapirgan AQSh Davlat kotibi.

Turkiston:

Nyu-York Tayms gazetasi Suriya muxolifatining umidsizlikka tushib qolganligini yozdi, bu to’g’ri. Chunki ulardan xo’jayinlari kutgan samara yuzaga kelmayapti. Ammo haqiqiy umidsizlikka tushgan muxolifat vakillari emas, AQShning o’zidir. Chunki uning Suriya borasida tuzgan barcha rejalari tinimsiz puchga chiqyapti, o’tkazgan uchrashuv va muzokaralaridan hech qanday natija chiqmayapti. Kerrini hafa qilgan narsa mana shu.

Muxolifat vakillari uchrashuvga chiqqani bilan hech narsa o’zgarmasligini Kerri juda yaxshi biladi. Agar muxolifat vakillarining uchrashuvga chiqishi biror narsani o’zgartirganda edi, Kerrining birgina imo-ishorasining o’zi ularning yugurib uchrashuvga chiqishiga etarli edi.

Demak gap muxolifat vakillarining uchrashuvga chiqish yoki chiqmasligida emas, balki Suriya xalkining Shariatdan boshqasiga rozi bo’lmay qo’yganidadir. Shuning uchun Kerri hujumlar yana davom etishi bilan tahdid qilmoqda. Bu tahdid muxolifat vakillariga aytilayotgan bo’lsada, aslida Suriya xalqiga qaratilgan. Chunki Rossiyaning hujumlaridan faqat tinch aholi o’layotganligini barchaga ma’lum. Muxolifat vakillarining esa burni ham qonab qo’ygani yo’q.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.