2014 yilning iyul oyida “Isroil terrorchi davlatdir”, deya bayonot bergan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on bugungi kunga kelib Isroil davlati va yahudiy jamoalar bilan tobora yaqinlashib borayotgani kuzatilmoqda.
Prezident Erdug’on Turkiyadagi yahudiylar jamoasi vakillarini Mabeyn Prezidentlik saroyida qabul qildi.
Turkiya prezidentligiga oid manbalar tarafidan tarqatilgan xabarlarga ko’ra, bosh ravvin Ishak Haleva, Turkiya yahudiy jamoatinining rahbari Ishak Ibrohimzoda va Turkiya yahudiy jamoatinining faxriy prezidenti Bensiyon Pinto yahudiylar delegatsiyasi tarkibidan o’rin olgan.
Uchrashuvda Turkiya yahudiy jamoatinining diniy rahbari bosh ravvin Isak Haleva so’nggi yillarda yahudiy diniy jamoalarning huquqlari bilan bog’liq tashlangan yuqori darajali ijobiy qadamlar tufayli Prezident Erdug’onga tashakkur izhor qilishini bildirdi. Prezident Erdug’on va yahudiy delegatsiyasi o’rtasida do’stona ruhdagi muhit yuzaga kelgan yig’ilishda Yaqin Sharqda ham tinchlik muhiti hukmron bo’lishiga umid bildirildi.
Eslatib o’tish joizki, 2004 yil yanvar oyida AJC va ADL (AQSh yahudiylar qo’mitasi) tarafidan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’onga “Jasorat” mukofoti berilgan. Yahudiylarning diniy tamoyillariga ko’ra bu mukofot Isroilga oliy darajada xizmat qilgan kishiga beriladi. Tadqiqodchi Salim Kotilning ma’lum qilishicha, Erdug’ondan avval 100 yil ichida 10 nafar Isroillik siyosatchilar bu mukofotni qo’lga kiritishga muvaffaq bo’lishgan. 11 o’rinda “Jasorat” mukofotini qo’lga kiritgan Erdug’on faqat Turkiya bo’yicha emas, balki dunyo bo’yicha mazkur mukofotga ega bo’lgan birinchi musulmondir.