Xitoy sanoat korxonalarining bir qismini Qirg’izistonga ko’chirish taklif qilinmoqda

502
0

Hukumat matbuot xizmatining xabar berishicha, Qirg’iziston bosh vaziri Temir Sariev 12 yanvar kuni Xitoyning Qirg’izistondagi elchisi TSi Dayuy bilan uchrashdi.

“Mening Xitoyga qilgan rasmiy safarim chog’ida muhokama qilingan muhim masalalar orasida ikkitomonlama hamkorlikning eng istiqbolli yo’nalishlaridan bo’lgan uch yo’nalishni ta’kidlab o’tishni istar edim. Xususan, Xitoy-Qirg’iziston temir yo’lini barpo etish, ikkinchisi, Issiqko’l ko’li atrofida xalqa yo’l qurilishida Xitoy sarmoyasini jalb etish va uchinchisi, ortiqcha sanoat korxonalarini Xitoydan Qirg’izistonga ko’chirish ustida so’z ketmoqda”, -dedi Temir Sariev.

Bosh vazirning qayd etishicha, o’zining Xitoyga qilgan rasmiy safaridan so’ng Qirg’iziston iqtisodiyot vazirligiga qisqa vaqt ichida Qirg’iziston uchun zarur bo’lgan sanoat karxonalar ro’yxatini Xitoy hukumatiga yuborish vazifasi topshirilgan.

O’z navbatida Xitoyning Qirg’izistondagi elchisi TSi Dayuy Xitoy tomoni zarur bo’lgan barcha choralarni ko’rish va belgilangan rejalarni amalga oshirishda yordam berishini ta’kidlab o’tdi.

“Men bugunoq XXR bosh vazirini o’tkazilgan muzokaralar to’g’risida xabardor qilaman. Qirg’iz tomoni taklif etayotgan loyihalarni amalga oshirishda Xitoy Qirg’iziston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor. Umuman olganda biz, ikki davlat manfaatlariga javob beruvchi turli sohalarda hamkorlikni faol kengaytirish niyatidamiz”, – dedi TSi Dayuy.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.