Sharqiy Turkistonda ozon aytish ta’qiqlandi

840
0

Nyu-York Taymes gazetasining muxbiri Endryu Yakobs 10 kun mobaynida Sharqiy Turkistonda boshidan kechirgan taassurotlari haqida yozib chiqdi. Yakobsga ko’ra, Sharqiy Turkiston Xitoy bosim ostida qolmoqda. Hibsga olishlar tufali musulmon oilalar parokanda vaziyatga tushib qolgan. Hatto masjidlarda ozon aytib namozga chaqirish ham ta’qiqlab qo’yilgan.

Musulmonlarning mehnat qilishiga qarshi qo’yilgan cheklovlar mintaqadagi qishloq xo’jaligi faoliyatiga katta zarar keltirmoqda. O’n millionlik uyg’ur aholining yashash tarzlari va e’tiqodlariga nisbatan Xitoy hukumati tarafidan misli ko’rilmagan chora-tadbirlar qo’llanishi odamlarning qahr-g’azablariga va tashvishlariga sabab bo’layotgani aytiladi xabarda.

Mintaqani 10 kun davomida ko’zdan kechirgan Yakobsning ta’kidlashicha, Xitoy hukumati qattiq xavfsizlik choralarini qo’llash va Islomga nisbatan cheklovlar qo’yish bilan “terror” hujumlarining oldini olishni da’vo qilmoqda. Og’ir qurollar bilan qurollangan askarlar deyarli har bir joyda o’rnatilgan nazorat nuqtalarida avtomobil bagajlari va haydovchilar hujjatlarini birma-bir tekshirishi odat tusiga aylangan. Ba’zan Uyg’ur millatiga mansub haydovchilar va yo’lovchilardan mobil telefonlarini topshirish talab qilinadi. Shuningdek politsiyachilar telefonlar ichidagi jamoat xavfsizligiga tahdid deb ko’rilgan narsalarni nazorat qilish imkoniga ham ega. Islomiy videolar, shuningdek uyg’urlar uchun Xitoy tashqarisida yashayotgan qarindoshlari bilan muloqot qilishga imkon beradigan skayp va vatsap kabi aloqa dasturlari politsiyaning qidiruv ro’yxatiga kiritilgan.

Xabarga ko’ra, muhandislik talabasi bo’lgan bir uyg’ur yigit o’tgan noyabr oyida Turkiyadagi bir do’sti bilan gaplashganligi uchun nazorat ostiga olingan. 23 yoshli yigit boshidan o’tganlarni hikoya qilar ekan, hukumat nazarida barcha uyg’urlar terrorchiga aylanganiga ishora qiladi.

“Hammamizdan terrorchi deb gumon qilishadi. Bugungi kunda xorijdagi tanishingiz bilan telefon orqali gaplashishingiz uyingizni politsiya bosishi uchun etarlidir”, deydi talaba yigit.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.