Rossiya kanallariga maxsus maqom beriladi

543
0

Madaniyat, axborot va turizm vaziri o’rinbosari Aynura Temirbekovaning ma’lum qilishicha, Qirg’izistonda Rossiyaning ikkita telekanaliga maxsus maqom berish bo’yicha qirg’iz-rus kelishuvi fevral oyiga qadar jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilinadi. Uning aytishicha, “Birinchi kanal” (ORT) va “Rossiya RTR” kanallariga maxsus maqom berishni Moskva taklif qilgan.

“Rosssiya mazkur ikki kanal kontenteridan yiliga 3 milliard dollar foyda ko’rar ekan. Qirg’izistonga bepul berishyapti. Boshqa davlatlarning barchasi sotib oladi. Shu sababli ularga maxsus maqom berishimiz kerak”, – dedi Temirbekova.

Turkiston:

Rossiya Qirg’izistonni siyosiy va iqtisodiy jihatdan o’ziga to’la qaram qilib olgani etmaganidek, o’zining buzuq siyosati yolg’on xabarlari bilan Qirg’iziston xalqi miyasini zaharlash orqali o’ziga so’zsiz bo’yinsunadigan manqurtlarga aylantirish yo’lida qadam tashlay boshladi.

Ma’lumki, har bir davlat o’zi ko’tarib chiqayotgan g’oya va olib borayotgan siyosatga nisbatan xalqda ijobiy fikr hosil qilishda yoki aksincha o’ziga dushman deb bilgan g’oya va davlatlarga qarshi nafrat paydo qilishda o’ziga tobe etakchi telekanal va matbuotlardan foydalanadi.

Buning eng yorqin misoli sifatida “Medialogiya” kompaniyasi olib borgan hisob-kitoblarni keltirish mumkin.

Kompaniyaning hisoblab chiqishicha, 2013 yilgi Ukraina voqealaridan buyon birinchi marta Rossiya matbuoti va boshqa axborot kanallari orqali Kiev asosiy “dushman” sifatidan “mahrum” bo’lgan va 2015 yil oxirida uning o’rnini Turkiya egallagan.

Yil boshida Ukraina dushman sifatida OAVda 2.5 ming marta, bloglarda 1.3 ming marta tilga olindi; yil oxiriga kelib bu ko’rsatkichlar 1.5 ming va bir necha yuzga tushib ketdi. Shuningdek, Ukraina hukumatini “noqonuniy” deb, ukrainaliklarni esa “banderachilar”, “fashistlar” deb atash holatlari oydan oyga kamayib borgan.

Lekin 2015 yilning oxirgi choragida “dushmanlar” ro’yxati keskin o’zgardi: birinchi o’rinlarga dastlab “IShID”, so’ng Turkiya chiqib oldi.

Rossiya 30 sentyabrda Suriyada harbiy operatsiya boshlashi bilan “IShID” ko’proq asosiy dushman sifatida tilga olina boshladi. “Dushman” so’zi “IShID”ga nisbatan operatsiyaning dastlabki ikki haftasida 40 martacha qo’llangan. Shu bilan bir paytning o’zida AQSh endilikda Rossiya matbuotida “IShID”ning homiysi va ittifoqchisi deb atala boshlangan.

24 noyabrda Turkiya harbiy kuchlari Rossiya harbiy havo kuchlariga qarashli Su-24 samolyotini urib tushirishi bilan dushmanlik reytingida birinchi pog’onani Anqara zabt etdi. Har haftada “Turkiya” va “terrorchilik” so’zlari o’rtacha 150 marta yonma-yon kelgan. Ko’rsatilgan sanadan so’ng Rossiya televideniesi “IShID homiysi” shablonini endi Turkiyaga nisbatan qo’llay boshlagan.

Endi Rossiya telekanallari Qirg’izistonda maxsus maqomga ega bo’lib, hech qanday to’siqlarsiz o’z ko’rsatuvlarini namoyish etish huquqiga ega bo’lgach, Putin olib borayotgan siyosat Qirg’iziston xalqiga “go’zal suratlar” bilan namoyish etiladi, uning dushmanlari esa Qirg’iziston xalqining ham dushmaniga aylanadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.