Rossiyaning sobiq moliya vaziri Aleksey Kudrinning so’zlariga ko’ra, mamlakat boshdan kechirayotgan iqtisodiy inqrozning cho’qqisidan oshib o’tgani yo’q, chunki hukumat inqirozga qarshi etarlicha chora-tadbirlar qabul qilmadi.
“Ma’lum vaqt oldin ko’plab ekspertlar, shu jumladan men ham, inqirozning cho’qqisini bosib o’tdik deb hisoblagan edik. Ammo bugun ayrim qo’shimcha salbiy oqibatlarni ko’rib turibmiz, buni biz noyabr oyida ko’rdik. Bu esa vaziyat xali ham beqoror ekanligini anglatadi. Bunga neft narxini keskin pastlab ketishi kabi jiddiy muammo qo’shimcha bo’ldi. Agar neft narxi keyingi olti oy yoki bir yil mobaynida shunday saqlanib qolsa, bizni iqtisodiy pasayishlar kutib turipti. Shu bois biz iqtisodiy inqiroz cho’qqisini bosib o’tdik deb ayta olmaymiz”, – dedi Kudrin “Interfaks” ga bergan intervyusida.
Kudrinning so’zlariga ko’ra, kelayotgan yil jiddiy qiyinchiliklar olib keladi. “Davlat harajatlari kamayadi, bu muqarrar, chunki daromad ham oz bo’ladi. Keyingi yilda inflyatsiya darajasi kutilgan 6,4 foizga nisbatan 1,5 foiz yuqori bo’ladi”, – deya ta’kidlab o’tdi.
Bundan tashqari Kudrin, yaqin vaqtlar ichida Rossiya “kreditlarni yuqori stavkalari, qator sohalarda – ishlab chiqarishda bo’lgani kabi, ish bilan ta’minlash va daromad bo’yicha ham xatarlarga” duch kelishi mumkinligini istisno qilmadi.
“Hozir ham vaziyat juda yaxshi emas, ammo ayrim banklar va ayrim tarmoqlarni hisobga olmaganda hozircha barqaror deb aytishimiz mumkin. Lekin yomonlashishi ham mumkin”, – dedi sobiq vazir.