Tojikistonning tashqi qarzi 2,2 milliard dollarga etdi

416
0

PIB-Mexico-660Tojikiston Moliya vazirining birinchi o’rinbosari Jamoliddin Nuralievning ma’lum qilishicha, 2014 yil birinchi yarim yilligi yakunlariga ko’ra, Tojikistonning tashqi qarzi 2,2 milliard dollarni yoki respublika YaIMning 21,9 foizini tashkil etdi.

Uning so’zlariga ko’ra, yil boshidan beri asosiy qarzni to’lashga 51,3 mln. dollar, foizlarni to’lashga esa 15,7 mln. dollar ajratilgan.

2014 yilning 1 iyul holatiga ichki qarz miqdori 2,3 mlrd. somoniy (460 mln. dollar)ni tashkl etdi, bu YaIMning 4,7 foiziga tengdir.

2013 yil yakunlariga ko’ra, Tojikistonning tashqi qarzi 2 mlrd. 161,5 mln. dollarni tashkil etar edi. Tojikistonning tashqi qarzi boshqa qo’ni respublikalar tashqi qarzi kabi oy sayin oshib bormoqda.

O’zidagi mavjud tabiiy zahiralardan unumli foydalanishni yo’lga qo’yish o’rniga chetdan foizli qarz olishga odatlangan va bu orqali oddiy xalq zimmasiga ulkan qarz yukini ilayotgan rasmiy amaldorlar uchun o’zi egallab turgan mansabdan foydalanib imkon qadar ko’proq boylik yig’ishdan boshqa tashvish yo’q.

Olinayotgan bu qarzlar esa qarzdor respublikani rivoji uchun xizmat qilmaydi, chunki mustamlakachi kofirlar ajratiladigan qarzlarni faqtagina ta’lim-tarbiya, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi, madaniyat va obodonlashtirish kabi sohalarga sarflanishini shart qilib qo’yishadi. Bu sohalar huddi o’pqon kabi bo’lib unga sarflangan mablag’lar hech qachon foyda keltirmaydi. Aksincha qarz ustiga yangi qarzlar yukini ilib, oddiy xalq turmish tarzini yanada tubanlashishiga xizmat qiladi.

Tojikiston prezidenti huzuridagi statistika agentligi qashshoqlikda yashaydigan aholi borasidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.

Agentlik direktori Gulnora Hasanovaning aytishicha, Tojikistonda qashshoqlik darajasi 35,6 foizni tashkil etadi.

Jahon banki mutaxassislari 2012 yilning iyunidan 2013 yilning iyunigacha Tojikistonda tadqiqot olib borgan. Uch mingta oilani qamrab olgan tadqiqot shuni ko’rsatdiki, kambag’al oilalar oyiga atigi 29 dollar evaziga kun kechiradi.

Respublika aholisining 14 foizi esa o’ta qashshoqlikda yashaydi, ularning bir oylik xarajati 20,8 dollardan oshmaydi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.