«Erdogandir» Turkiya va yahudiylar davlati o’rtasidagi munosabatlar qayta tiklanmoqda

916
0

Falastin bosqinchilari bo’lmish yahudiylar bilan aloqa o’rnatish sari halloslab chopayotgan mana shu Turkiyadir

«Erdogandir» Turkiya va yahudiylar davlati o’rtasidagi munosabatlar qayta tiklanmoqda

Turk prezidentligi rasmiy vakili Ibrohim Kalin – agar Tel-Aviv Turkiya shartlariga vafo qilsa, Anqara bilan Tel-Aviv o’rtasidagi «Isroil» gazi savdosi bilan bog’liq aqloqalar qayta tiklanishi ehtimoli borligini ta’kidladi.

U bu so’zlarni «Isroil» bosh vaziri Benyamin Netanyaxu ikki davlat munosabatlaridagi ehtimoliy yaxshilanishlarga ishora qilganidan so’ng aytdi.

Kalin Turkiya tomonidan «Isroil» bilan munosabatlarni qayta tiklash uchun uchta shart qo’yilganini bildirdi va Tel-Aviv hozirgacha ulardan faqat bittasini bajarganini ta’kidladi. Kalinga ko’ra, bu bitta shart Ozodlik flotiliyasi doirasida G’azo qamalini yorib o’tishga harakat qilgan Turkiyaning «Moviy Marmara» yordam kemasiga qarshi «Isroil» kuchlari tomonidan qilingan hujum uchun uzr so’rash bo’lgan.

Keyin Kalin «Isroil» qolgan ikki shartni hamon bajarmay kelayotganini qo’shimcha qildi. Bu shartlar Marmara kemasiga qilingan hujum uchun tovon to’lash va G’azo qamalini olib tashlashdan iborat.

Netanyaxu 9 dekabr chorshanba kuni o’z hukumati Turkiya bilan unga gaz sotish masalasini muhokama qilayotganini ma’lum qildi.

«Isroil» energetika vaziri Yuval Shtaynitsga ko’ra, Isroil o’zidagi konlardan olinadigan gazni eksport qiladi va barcha alternativlarni, shu jumladan, Turkiyani e’tibordan qochirmaydi («Rossiya Segodnya» sayti).

Roya gazetasining 2015 yil 16 dekabr chorshanba kungi 56-sonidan

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.