Qimorxonalarga qayta ruxsat berish taklif qilinmoqda

468
0

Qirg’iziston hukumati boshidan kechirayotgan iqtisodiy qiyinchiliklarni engib o’tish va davlat byudjetidagi kamomadni yopish chorasi sifatida yana qaytadan qimroxonalarga ruxsat berish taklifi ilgari surilmoqda. Bunday taklif iqtisodiyot vazirligi tomonidan bildirildi va tegishli qonun loyihasi 18 dekabrdan boshlab jamoatchilik muhokamasiga taqdim qilindi. Vazirlikning iddaosicha, qonun loyihasi davlatning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishni maqsadida qabul qilingan. Jamoatchilik muhokamasiga chiqarilgan qonun loyihasida qimorxonalarni Issiqko’l, Chuy viloyatlarida va mamlakat janubida ochish taklif qilingan.

Iqtisodiyot vazirligi kiritgan taklif bosh vazir Temir Sariev tomonidan ham qo’llab-quvvatlandi. 21 dekabr kuni bo’lib o’tgan byudjet va moliya bo’yicha parlament qo’mitasining kengaytirilgan yig’ilishida Temir Sariev hukumat “Manas” aeroportida turistlar uchun qimorxona ochish masalasini ko’rib chiqayotgani haqida ma’lum qildi.

Bosh vazir tomonidan ilgari surilgan bu tashabbusga deputat To’ro’bay Zulpiqorov qarshi chiqdi. Zulpiqorov hukumat rahbarini ikki tadbirkor manfaatlarini xalq manfaatlaridan ustun qo’ymaslikka chaqirdi.

“V chaqiriq deputatlari qimorxonalar xalq sog’ligiga, moliyaviy va ruhiy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatib kelgani uchun qimorxonalarni yopishgan edi. Bugun hukumat rahbari ularni qaytadan ochishni ko’zlayotgani uyat, Temir Argenovich siz qarshi chiqishingiz kerak. Biz qimorxonalarni yopganimizdan so’ng ayrim ishbilarmonlar parlamentga millionlagan pullarni taklif qilishdi, biroq kira olishmadi. Bugun ular hukumatga borishipti. Agarda qimorxonalar ochiladigan bo’lsa bu parlament, bu hukumat tarixda eng yomon parlament va hukumat bo’lib qoladi. Ikki ishbilarmon manfaatlari xalqning manfaatlaridan ustun bo’lib qoldimi? Xalq qarshi bo’lgani uchun parlament kreslo sotib olishdan bosh tortdi. Hukumat byudjetni to’ldirishni maqsad qilgani bilan, kazino (qimorxona)larni ishlatish – jinoyat”, – dedi Zulpiqorov.

Rasmiy hisobotlarga ko’ra, 2015 yilgi davlat byudjetidagi kamomad 25 milliard somni tashkil etadi va keyingi yil uchun ham byudjet kamomadi 27,4 milliard som miqdorida bo’lishi kutilmoqda.

Turkiston:

Temir Sariev boshchiligida Qirg’iziston hukumati o’zini axloqiy va ruhiy o’ta qoloq ekanliklarini ko’rsatishda davom etishayapti. Ular Qirg’iziston fuqorolarini ruhiy va axloqiy qiymatlarining yuksalish garovi bo’lgan islomiy da’vat ishlariga va islomiy qadriyatlarimiz bo’lmish hijob, saqol singari bir qator axloqiy ko’rinishlarimizga qarshi juda xunuk suratda chora tadbirlar ko’rib kelishayapti.

Ma’naviy tubanlik va axloqiy buzuqchiliklarning garovi bo’lgan yuqoridagi qimorxona yoki boshqa G’arb dunyoqarashidan kirib kelayotgan buzuqchiliklarga esa, yanada keng yo’l ochib berish uchun harakat qilishayapti. Qimor o’ynash musulmonlar uchun shar’an harom ish. Lekin Sariev aytayotgan, musulmon bo’lmagan shaxslarga qimorxona qilib xizmat ko’rsatish ham harom va pastkashlik hisoblanadi.

Qimordan qanchalagan odamlar xonavayron bo’ladi. Oilalar buzilib, odamlar uysiz ko’chalarda sarson bo’lishadi. Bu statistik tasdiqlanga faktlardan bilish mumkin bo’lgan haqiqatlardir. Islomiy da’vat sababli esa, aksincha, juda ko’p musulmonlar o’sha qimoxonalar singari buzuqixonalardan qaytarilib, oilalar osoishtaligi saqlanib, jamiyatda etimlar kemayadi.

Bularni hamma bilib turganidek, hukumat ham yaxshi biladi. Lekin ular jamiyatimizga va fuqorolarimizga qanday oqibatlar olib kelishidan qat’iy nazar, moddiy manfaatlari uchun bu iflos loihani ilgari surishdan uyalishmayapti.

Qimorxonalarning qorruptsiya va iqtisodiy jinoyatchilarga bo’lgan ahamiyati juda katta. U erlarda korupchiyalashgan davlat xodimlarining haromdan qo’lga kiritgan pullari yuviladi. So’ng ular poradan yoki boshqa noqonuniy yo’llar bilan qo’lga kiritgan pullarini, qimordan yutib oldim deb qimorxonalardan hujjat qilib olib, be’malol dang’illagan uylar sola boshlashadi. Butun dunyoda qimorxonalarning asosiy daromadi, shunga o’xshash iflos ishlarni bajarib berish bilan yuksalib boradi. Ular hatto ma’lum bir tomondan kelishilgan holda atayin pul yutib olib, ikkinchi tomonga atayin yutqazib berish bilan, Narimbaev singari poraxo’rlarga pora olish jarayonlarini deyarli xavfsiz qilib beradi. Qimorxona davlat xizmatchilari uchun korruptsiya ishlarini rivojlantirishlarida o’ta muhim tarmoq hisoblanadi. Bu nafaqat Qirg’izistonda balki AQShning Las – Vegas shahridagi olamiy qimorxonalarida ham xuddi shunday iflos pul yuvish va pora berish va olish jaroyonlarini engillatish amaliyoti bajariladi.

Qirg’iziston hukumati jamiyatimizda ma’naviy buzuq holatni hayotimizda rivojlantirish bilan o’zini G’arb olamiga demokratlashayotgan qilib ko’rsatayotib, o’z xalqi oldida ma’naviy tuban hukumat degan tamg’ani olib borayapti. Ular shunga rozidek qo’rqmay be’malol, uyalmay ish olib borishayapti. Qirg’iziston xalqi ma’nan yuqoriga sari ko’tarilib borayapti. Ma’naviyati esa, demokratiya asoslariga tayangan buzuqchilik asosida emas, islomiy mafkura talab qiladigan pokizalik tomon yuksalib borayapti.

Sariev boshqaruv ishini nozik tushuna olmayapti. Aks holda yuqoridagi qimorxona loihasini xalq oldiga ko’tarib chiqishga botina olmagan bo’lar edi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.