Gulnoraning maqsadi nima?

326
0

920960_3

Kuni kecha yosh jurnalistlarning an’anaviy “Kelajak ovozi” media lagerida uyushtirilgan matbuot anjumanida Gulnora Karimova O’zbekistonda otasi yuritayotgan siyosatga to’g’ri kelmaydigan so’zlarni gapirdi.

3 soat davomida rus tilida gapirgan prezidentning qizi O’zbekistonda halol biznes yuritish qiyinligini tan olarkan, “bizda tadbirkorlar, xususan, eksport uchun ishlayotgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar, qonunosti hujjatlar, yo’riqnomalar tadbirkorlarni, qo’pol qilib aytganda, “sog’ish”ga mo’ljallangan” deya ta’kidladi.

kun.uz nashri tarqatgan xabarga ko’ra, Karimova xonim davlat xizmatchilariga ishonsizlik bildirib, hukumat tizimining eng ishonchli tayanchi bo’lgan davlat amaldorlarini ham keskin tanqid ostiga olgan.

Prezidentning qizi Gulnora orqasida otasi Karimov turgan tadbirkorlarni qo’rqoqlikda aybladi. “Tadbirkorlarimiz xorijiy mashinalar ruliga o’tirishga qo’rqishadi, ko’pincha… Ha, bu endi umuman boshqa masala, sabablari ham boshqa. Agar “inomarkalar” rulida davlat xizmatchilari emas, ko’proq jasur tadbirkorlar bo’lganida edi. Ular nimagadir mas’ul ekanliklari, javobgar ekanliklarini yashirishmaydi”, dedi u tadbirkorlarning qo’rquv ostida faoliyat yuritishiga sha’ma qilib.

Eslatib o’tish joizki, o’tgan kunlarda prezident Islom Karimov tadbirkorlarni olg’a harakat qilishga targ’ib qilib, orqalarida o’zi turganligini ta’kidlagan edi.

Shuningdek, Gulnora Karimova otasi dangasalar”, deb nomlagan xorijdagi o’zbek mehnat muhojirlar haqida gapirib, ularni ko’rish o’zi uchun “og’riq”li ekanini bildirdi.

“Men uchun bu – og’riqli. Chunki chet elda, qaysidir muasassadan chiqayotganingda, o’z vatandoshlaringizni ko’rib: “U bu erda emas, u erda (O’zbekistonda) ham ishlasa bo’lar edi-ku”, degan xayolga borasan”, dedi Karimova.

O’zbek yoshlarining 90 foizi O’zbekistonda ishlay olishiga ishonishini qo’shimcha qilgan prezident qizi “har bir o’zbekistonlik o’z vatanida mehnat qilishga haqli”, degan fikrni bildirdi.

Turkiston:

Bu Gulnoraning navbatdagi siyosiy populistik chiqishi. Lekin oxirgi chiqishlari ilgarigilaridan ancha o’zgacha tus olib borayotgani qiziq. O’zgachaligi, e’tibor bergan bo’lsangiz u rejim ostida qiynalayotgan iqtisodiy xolatni o’nglash va shu rejim zulmi ostida o’nikish oqsayotganini ochiq ayta boshladi. Xozircha u otasiga qarshi ochiq chiqishlar yasagani yo’q. Lekin shu ketishda otasining siyosatiga qarshi chiqishi xam mumkin. Chunki Karimovning avtoritar va diktatorlik boshqaruv uslubi, o’zgartirishlarga muxtoj xolatga keldi. Bu kabi rejimlarning Yaqin Sharqdagi kabi inqilobiy to’palonlar kutayotgan bo’lish mumkunchiligi yuqori ekanligi, Karimovlar oilasini tashvishlantirmay qo’ymaydi. Shuning uchun Karimov taxtda turgan vaqtida, qizini siyosiy doiraga tan oldirib olishi lozim. Xatto o’ziga qarshi chiqarib, o’zi qurgan ba’zi qonun qoidalarni buzdirib bo’lsa xam.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.