7-8 dekabr kunlari Bishkek shahrida “Markaziy Osiyodagi diniy radikallashuv: voqelik va afsona” deb nomlangan ikki kunlik konferentsiya bo’lib o’tmoqda. “Urush va tinchlik muammolarini yoritish instituti” (IWPR ) tomonidan uyushtirilgan konferentsiyada Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikiston va O’zbekistonda faoliyat yuritayotgan din ulamolari, mutaxassislar va tegishli davlat muassasalari vakillari ishtirok etishmoqda.
Konferentsiya mobaynida Markaziy Osiyodagi diniy vaziyat, radkallashuvni oldini olish masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek ekstremizm mavzusini yoritib borayotgan jurnalistlarga amaliy o’quv mashg’ulotlari uyushtiriladi. Konferentsiya yakunida ishtirokchilarning fikr-muloxazalari asosida maxsus tavsiyanoma tayyorlanadi va tegishli organlarga taqdim qilinadi.
Konferentsiya Norvegiya hukumati va Yevropa kengashi tomonidan moliyalashtirilgan.
Turkiston:
Musulmonlarning hayotiy masalalari Norvegiya, Yevropa kengashi yoki Rossiya kabi kufr davlatlari tomonidan uyushtirilayotgan majlislarda ko’rib chiqilishi to’g’rimi?!
Kufr sistemasi Islomni “radikal va mo”tadi” deb Musulmonlarni ikkiga bo’lish loihasini ishlab chiqdi. Lekin, ularning bu loihalarini hayotga tatbiq qilish va dunyo musulmonlarini bu safsataga ishontirish ularning qo’llaridan kelmaydi. Buni ularga ushbu konferentsiyada yig’ilgan olimlar singari diniy arboblarimiz ijro qilib berishlari kerak. Ular Musulmonlarning yarmini shu safsataga ishontira olsalar, kufr o’sha Musulmonlarni vositasida qolgan ikkinchi yarmidagi Musulmonlarga qarshi front tayorlay boshlaydi.
Aslida bu jumboqning echimi 2×2=4 singari o’ta sodda va aniq. Kufrga suyanib, uning kufr quvvatidan foydalanib, Islom va Musulmonlarga qanday manfaat olib kelish mumkin?! Shu manfaat islomiy bo’lishi mumkinmi?! YeI yoki Rossiya Islom manfaati uchun Musulmonlarga yordam berish maqsadida biror ish harakat qilib berishi mumkin deb o’ylaysizlarmi? Bu yig’inda nima haqida gap bo’lganini muhokamasi ikkinchi masala. Muammo shu kabi yig’inlardan Musulmonlar o’zlari uchun biror manfaat qidirishayotganlarida. Yo’q ular bizlarni chalg’itishmoqda.
“Terrorizm”, “ekstremizm” bular avvaldan o’ylab topilgan terminlar edi. Bu terminlarni, yuqoridagi kabi konferentsiyalar vositasida, odamlar fikrlarida vahimali obraz qilib olishga harakat qilishadi. So’ng o’zlari har xil qo’poruv amaliyotlari uyushtirishlar bilan odamlarda vahima va o’zlariga qaram bo’lishga undovchi holat paydo qilib olishadi. (Qo’poruv amaliyotlari biror bir islomiy nom ostidagi tashkilot vositasida amalga oshirildimi yoki bevosita o’zlari uyushtirishdimi farqi yo’q. Muhimi ularning ixtiyorlari va homiyliklari asosida amalga oshiriladi.) Butun bir Mamlakat vahimaga tushib, kufr olamidan yordam so’rab, ularni o’zlari ustiga harbiy bazalari bilan osongina kirib olishlariga imkon beradi.
Shularning hammasi yuqoridagi oxiratini shu dunyo manfaatlariga almashtirib yuborishga tayyor turgan diniy arboblar vositasida olib boriladi. Hatto bu buzuq va qo’rqoq diniy arboblar jamoalari bo’lmaganda edi, hokimiyat vakillari o’z faoliyatlarida Musulmonlarga qarshi zulm olib borishda o’ta qiyin ahvolga tushib qolishgan bo’lishar edi. Kufr olami esa, bizlarni mustamlaka qilib, yurtlarimizdan so’rib chiqib ketishayotgan manfaatlaridan harbiy texnikalar yasab, begunoh Musulmonlarni qira olishmagan bo’lishar edi.
Ular vahima qilishayotgan terroristlar xavflimi yoki bu xoin dindorlarmi. Chunki dunyoda sodir etilayotgan barcha jinoyatlar siyosatchilarning va olimu-ulamolarning – hech bo’lmaganda sukut qilib turish orqali – o’z roziligini izhor etishlari bilan sodir etiladi. Zulmlarga tili bilan, qo’li bilan bevosita yordam berish esa, Olloh saqlasin ikkala dunyoda ham juda yomon oqibatlarga olib boradi.
Ular o’zlarining o’shbu harakatlarini oqlash uchun, har xil bahonalar aytishlari mumkin. Hatto ular oqlanish uchun kufr “terrorist” yoki “ekstremist” tamg’asini bosib bergan Musulmonlarning faoliyatlaridagi shari’y xatolarini ochib berishgan bo’lishadi. Lekin ular bu ijtihodiy harakatlarini faqat kufrning manfaati va bosimi asosida olib borishmoqda. Yo’qsa yuqoridagi kabi konferensiyalar kim tomonidan uyushtirilayotganining o’zi unda kimlarning manfaati himoya qilinishi mumkinligini ochiq ko’rsatib turibdi.
Hizb ut-Tahrir – Qirg’iziston viloyati nomidan, olimu ulamolarimizni va diniy arbob deb tanilgan Musulmonlarni kufrning nayranglaridan ehtiyot bo’lishga chaqiramiz. Kufr olami Qirg’izistonda ham muhitni yanada buzib yuborish uchun o’zlarining kufr saqofatlarini tarqatish bilan bir qatorda, Islomni ham o’zlariga mos qilib buzub tarqatishga qattiq harakat boshlashdi. Ular sizlarni vosita qilib bu iflos loihalarini amalga oshirishdan o’zga choralari yo’q. Ular sizlardan najosatda ishlatiladigan bir matoh singari foydalanib qolishlariga yo’l bermang. Bir oz sabr qiling. Insha Olloh, Ollohning nusrati yaqin.