Kerri: Biz Suriyada rejim o’zgarishini emas, faqat Asad ketishini xohlaymiz

349
0

NATOga a’zo davlatlarning tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida so’ng nutq so’zlagan AQSh Davlat kotibi Jon Kerri Suriyaga oid bayonotlar berdi. Bu haqida Nyu-York Tayms gazetasi xabar tarqatdi.

Jon Kerri o’zining bayonotida AQSh hukumati Suriyada “rejim o’zgarishini” aslo xohlamasligini, balki faqat Suriya prezidenti Bashar Asadni o’zgartirish istagida ekanligini bildirdi. Gazetaga ko’ra, Kerri Suriya prezidenti Bashar Asad Suriyani tuzata olishi mumkin emasligini olg’a surar ekan, shu bois prezident Bashar Asadni o’zgartirish istagida ekanliklarini bildirgan.

Biroq Kerrining ta’kidlashicha, Asadning hozir ketishi shart emas. Hatto Asadning mansabdan ketishini kutib o’tirmay, Damashq hukumati bilan muxolifat IShIDga qarshi hamkorlik qilishi ham mumkin. Kerri bu haqida Gretsiyada tashkil qilingan muzokaralar davomida aytib o’tdi.

Asad istefoga ketmay turib, G’arb tomonidan qo’llab-quvvatlangan muxolifat IShIDga qarshi hukumat bilan hamkorlik qilishi yoki qilmasligi haqida berilgan savolga Kerri “Asadning kelajagi aniq bo’lgunga qadar qachon lavozimini tark etishi haqida bir narsa deyish qiyin”, deb javob berdi.

Turkiston:

Demak AQSh Asadni xoxlagan vaqtida olib tashlashi mumkin. Muammo uning o’rnini egallashi mumkin bo’lgan AQSh uchun qulay muxolif quvvat topilmayotganida.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.