Roshod qori Kamolov O’sh viloyat sudi tomonidan 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi

836
0

Tahriryatimizga kelgan xabarga ko’ra, 25 noyabr kuni O’sh viloyat sudi Roshod qori Kamolovni 10 yilga ozodlikdan mahrum etish to’g’risida hukm chiqardi. 2015 yilning 7 oktyabr kuni bo’lib o’tgan Qorasuv tuman sudi Roshod qorini 5 yilga manzil koloniyasida jazo o’tashi to’g’risida hukm chiqargan edi. Biroq, davlat qorolovchisi (prokuror) Roshodga nisbatan sud engil hukm chiqardi deb hisoblab, yuqori sud organlariga shikoyat xati (apellyatsiya) kiritganligi sababli uni ishi O’sh viloyat sudiga o’tkazilgan edi. Roshod qorining ustida qaryib bir yildan buyon borayotgan yuridik ish-harakatlar aslida siyosiylashib boshlangan edi.

Roshod Kamolovning oxirgi sudidan so’ng “Ozodlik” radiosiga bergan bayonotida, 2014 yili Qirg’iziston kuch organlari tomonidan qo’lga olinib, sud hukmi bilan 18 yilga ozodlikdan mahrum etilgan Aziz ismli O’zbekiston fuqarosi jazo muddatini bir yilini ham o’tamay turib qo’yib yuborilgan ekani haqida aytdi. Aziz ismli ushbu shaxs 2014 yili Roshod qori Kamolovni o’ldirish uchun yuborilganini bo’yniga olgan va yana bir nechata og’ir jinoyatlar sodir etishda ayblanib qamoqqa olingan edi.

Kamolovning ustida borayotgan siyosiy ishlar O’zbek rejimi tomonidan boshqarilayapti. Bu rejim avvaliga Qirg’iziston hamkorlikda ish yuritgan bo’lsa, keyinchalik bilvosita boshqarishga o’tdi. Hozirga kelib esa ishlar kelishilgan holatda ham olib borilayotgani yo’q. O’zbekiston rejimi Qirg’iz tergovchilari uchun hatto biror dalil bo’lishga yaroqli ashyolar keltirib bera olmadi. Qirg’iz hukumati esa o’zbek maxsus xizmatlari taqdim etgan sun’iy matariallarni sudda hatto og’zaki keltirib o’tishni ham lozim topishmadi. Shundan so’ng O’zbekiston hukumati televideniya va internet tarmoqlari orqali Roshod Kamolovni qoralovchi, hech qanday dalillarga tayanmagan hujjatli filmlar tarqata boshladi. Bu Qirg’iz hukumatiga bosim berish uslubi edi.

Qirg’iz hukumati Roshod Kamolovni o’zbek ayg’oqchilaridan himoya qila olmasligidan xavotirlana boshladi. Chunki davlat strukturasi shu qadar zaif va korruptsiyalashganki, hatto Qirg’iziziston hukumati ichidagi uyushgan mafiya qamoqxonada organ ofitserini o’ldirib chiqib ketsada, hukumat hech qanday chora topolmayapti. Qirg’iz hukumati O’zbek maxsus kuchlaridan qo’rqdi va osongina ularning yo’liga yurib Roshod qorini 10 yilga ozodlikdan mahrum etib yubordi.

Albatta, Qirg’iziston kuch organlari Roshod qorini qamoqqa olinishi ortidan musulmonlar tomonidan norozilik aktsiyalari uyushtirilishini ham kutishgan edi. Hatto Roshod qorini qamoqqa olishga bo’yicha reja tuzilayotganida musulmonlarning keng norozilik harakatlari kutilishining hisobga ham olishgan edi. Ular bu norozilik aktsiyalaridan o’z maqsadlarida foydalanishni ko’zlashgan, Roshod qorini himoya qilishga urinayotgan bir necha shaharlarda keng qamrovli tozalash ishlarini olib borish uchun katta kuch tayorlab qo’yishgan edi. Bu ham O’zbek kuchlarining maslahati bilan chizilgan loyihaning bir qismi edi.

Allohga beadad hamdu sanolar bo’lsinki, musulmonlar ular kutgan xatoga yo’l qo’yishmadi. Qirg’iziston maxsus xizmatlari O’zbekistonning vahimalariga ishonib hatto bir necha qo’poruvchilik amaliyotlarini ham kutishgan edi. Lekin O’zbek fitnakashlarining birorta bashoratlari o’ngidan kelmadi. Ularga ortiqcha baho berib, Qirg’iz hukumatini ham shu iflos yo’lga tortib kelgan organ xodimlari esa yuzlari qora bo’ldi va professional darajalarining juda ham past ekani ochilib qoldi.

Roshod qori Kamolov Ummatni toza islomiy fikrlar bilan tarbiyalashga qattiq harakat qilib kelayotgan edi. U o’zining himoyasi uchun alohida guruh tuzgan emas. Qori hatto o’z mavizalarida ham o’zining shaxsini namoyish etadigan biror harakat olib borgan emas edi. Unga dushmanlik qilayotgan guruh shuni hisobga olmadi.

Ichki ishlar vazirligi xodimlarining bu amaliyoti barbod bo’lgach, ish MXDQ tomonidan davom etdirildi. Ular Roshod qorining fikriy, islomiy muhitini sindirish uchun qattiq harakat olib borishdi. Lekin fikrni kuch bilan hech kim, hech qachon enga olgan emas. Ular faqat fikrni kuch bilan vaqtincha daf qilib turishga rozi bo’lishdi.

Roshod qorini esa faqat shaxsini qamoqqa olishgan bo’lsada, undan so’ng nima qilishlarini bilmay rosa boshlarini qotirishdi. Shu bilan bir qatorda ularga tushunarli bo’lishi uchun Nelson Mandello, Maxatma Gandi, Lenin kabi “dohiylar”ni misol qilib keltirish mumkin. Ular ham sizlar kabi xato qilib borayotgan zolimlarning qamoqxonalarida obro’-e’tibor topgan edilar.

Roshod qori uchun esa bu bir sinov, uning hayoti yoki faoliyati tugadi degani emas. Aksincha bu hayotining davom etishi va faoliyatining cho’qqiga qarab ko’tarilishi uchun Alloh tomonidan berilgan ulkan imkoniyatdir. Alloh birodarimizga va u kabi mazlum birodarlarimizga sabr ato etsin. Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barakatuh.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.