Qodir Malikovga tan jarohati etkazildi

457
0

Turkiston:

26 noyabr kuni “Din, huquq va siyosat” tahliliy markazi direktori Qodir Malikovga bir necha noma’lum shaxslar tomonidan tan jarohati etkazildi.

Qodir Malikov va uning yaqinlari bergan bayonotlarga ko’ra, zo’rovonlar uni jismonan yo’q qilishmoqchi bo’lishgan. Hujum qilganlar bir necha yillardan buyon Malikovni o’ldirish uchun qulay payt poylab kelishayotgan diniy radikal guruh vakillari emish.

Yuqoridagi kabi musulmonlarga qarshi uyushtirilib kelinayotgan namoyishkorona va oshkora suiqasd va qatl qilish amaliyotlari ikki tomonlama ziyon olib keladi.

Birinchisi: – shar’iy hukmga muvofiq kelmagan amallarning barchasi botil. Hatto ulardan butun insoniyatga ulkan manfaatlar kelayotgan taqdirda ham jamiyatni islomiylashish tabiatiga katta zarar etkazadi va Islomni jamiyatdan uzoqlatilishiga hissa qo’shilgan bo’ladi. Bu kabi zo’rovonlik islomiy qozining hukmisiz amalga oshirish mumkin bo’lmagan noshar’iy harakat bo’lib, Islomni da’vo qilish maqsadida amalga oshirilgan bo’lishi mumkin emas.

Ikkinchisi: – nosog’lom kufr manfaatini himoya qiluvchi kuchlar bu kabi tajovuzlardan Islomni jamiyatdan surib chiqarish uchun musulmonlarga qarshi asosan bo’htonni vosita qilib olib ashaddiy kurash kampaniyalari olib borishyapti. Agar yuqoridagi tajovuz islomiy kuchlar tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa kufr maqsadlari amalga oshishi uchun salmoqli hissa qo’shilgan bo’ladi. Hozirgi Qirg’izistondagi holatni e’tiborga olib aytadigan bo’lsak, tashqi kufr kuchlari Qirg’iziston ichida juda katta provokatsiya qilish maqsadida kampaniya olib bormoqda. Bular ikki yo’nalish bo’ylab harakatlanishadi. Biri, matbuot hujumi uyushtirib jamoatchilikda Islom va musulmonlarga qarshi nafratlanish, qo’rquv yoki hech bo’lmaganda loqaydlik paydo qilishni qasd qilishgan. Ikkinchi yo’nalishdagilar bevosita qatllar va qo’poruvchilik amaliyotlari uyushtirib, Islom va musulmonlarga nisbatan jamiyatda vahima va qo’rquv paydo qilishadi.

Birinchi toifadagi kufr xizmatchilari qirg’iz matbuotini butkul manapoliya qilib borayotganini ko’rib turipmiz. Ular kufr matbuoti tarqatayotgan bir tomonlama ma’lumotlarga tayanib musulmonlarni yomonotliq qilishni o’zlarining asosiy vazifalari qilib olishdi.

Ikkinchi toifa vakillari esa juda maxfiy ish olib borishadi. Ularning maqsadlari moddiy amaliyotlar bo’lib, Qirg’iziston fuqarolarini qo’rquvda ushlab turish maqsadida qo’poruvchilik ishlarini uyushtirishadi yoki hukumat bilan musulmon fuqarolar o’rtasiga rahna soladigan qotilliklar uyushtirishadi. Bunga 20 nayabr kuni otib o’ldirilgan militsiya kichik leytinanti Abduvaliev Aktilekning misol qilish mumkin.

Qodir Malikovga nisbatan sodir etilgan zo’rovonlik ishlari ham yuqoridagi matbuot hujumi kampaniyasi va rus terrorchi guruhlarining olib borayotgan ish-harakatlarining mahsuli deyish mumkin. Malikovning narkoz holatidan chiqishi bilan birinchi navbatda hayoliga islomiy radikallar kelishining o’ziyoq o’sha kufrning fitnakash to’dalarining matbuot provokatsiyalari orqali ichimizga solib borayotgan vahimalarining oqibatidan o’zga narsa emas. Ular bizni har bir qotillik yoki zo’rovonlik sodir etilishida hech ikkilanmay musulmonlardan gumonsiraydigan va musulmonlar sha’niga har-xil yomon gaplar aytaveradigan qilib qo’yishdi.

Kufrning matbuot hujumi va ishlarimizga bevosita aralashishi bilan islomiy urf odatlar, qadriyat va odob axloqni jamiyatdan surib chiqarish uchun olib borishayotgan uyushgan harakatlari qirg’iz millatining qadimiy mintalitetini buzib yuboryapti. Qirg’iz millati 30-yillardagi sovet Rossiyasi tomonidan surgun qilingan islomiy oilalarni juda yaxshi kutib olgan edilar. Bu millat vakillari islomiy shaxslarga qarshi pichoq ko’tarish u yoqda tursin, hatto ulamolardan maslahatlashmay turib biror ish qilmas edilar.

Qodir Malikov va boshqa ulamo va diniy arboblar ustidan hukm chiqarish va shar’iy qozining hukmisiz uni ijro etish Islomdan emas. Buni faqat dinni niqob qilib olgan nosog’lom kuchlar amalga oshirishi mumkin.

Ulamolarning xato qilishlari, ularni noshar’iy pozitsiyalari va chalg’ituvchi fatvolari Ummatni parokanda qilib yuboradigan oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunga qaramay ularga qarshi moddiy jazo faqat shar’iy bo’lishi kerak. Bu Hizb ut-Tahrirning Payg’ambarimiz sallollahu alayhi va sallam sunnatlariga tayanib qabul qilgan tariqati asoslaridan biri hisoblanadi.

Abdurazzoq

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.