Inglizlarning qo’llovi bilan Xalifalik davlatini qulatib, uning o’rniga Turkiya jumhuriyatini barpo qilgan Mustafo Kamol Otaturk vafotining 77 yilligi munosabati bilan Anitkabir mavzaleyida rasmiy marosim tashkil qilindi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdug’on boshchiligida tashkil qilingan marosimda Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovuto’g’li, “JHP” partiyasining etakchisi Kamol Qilichdoro’g’li kabi davlat namoyondalari hamda vazirlar kengashining a’zolari va armiya qo’mondonlari ishtirok etishdi.
Marosimda nutq so’zlagan Erdug’on Otaturkni ko’klarga ko’tarib maqtar ekan, uning omonati bo’lmish Turkiya jumhuriyatini “ajdodlaridan olgan kuch” bilan yana ham kuchli qilish va gullab yashnatish uchun bor kuchini sarflashini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Turkiya demokratiya yo’lida, xususan keyingi 13 yilda juda muhim masofani bosib o’tgan.
Marosim so’ngida Prezident Erdug’on va barcha ishtirokchilar “Misak-ı Milli” qal’asiga o’tishdi. U erda Erdug’on Anitkabir mavzaleyidagi Otaturkka xos xotira daftariga o’z munosabatlarini bildirib, imzo chekdi. (La’nati Otaturkning qabri mana shu Anitkabir mavzaleyida joylashgan).
Erdug’on Otaturkka xos xotira daftariga quyidagi satrlarni yozib qoldirdi:
“Aziz Otaturk! Vafotingizning 77 yilligi munosabati bilan sizni najot jangining bosh qo’mondoni va jumhuriyatimizning asoschisi sifatida yana bir bor hurmat bilan yod etmoqdamiz. Jumhuriyatimiz e’loni 92 yilni ortda qoldirgan bu davrda siz bizga ko’rsatgan zamonaviy madaniyatning eng yuqori pog’onasiga ko’tarilish maqsadida bor kuchimizni sarflashda davom etmoqdamiz. Ichki va tashqi zararkunandalarga qaramay, jumhuriyatimizning 100 yilligi bo’lgan 2023 yil uchun oldimizga qo’ygan maqsadga erishish bilan vasiyatingizni amalga oshiramiz. Shu munosabat bilan siz va quroldoshlaringiz bilan birgalikda barcha shahidlarimizga Allohdan rahmat tilayman, g’oziylarimizga tashakkurlar bildiraman. Turkiya jumhuriyati abadiy davom etadi, ruhingiz shod bo’lsin”.