Rus ofitserlarining e’tirofi

437
0

Suriyada AQShning rejalari muvaffaqiyatsizlikka yuz tutgach, bu ishga Rossiyani jalb qilishga majbur bo’ldi. Shundan so’ng rus qo’shinlari IShIDni bahona qilib, rasmiy turda Asad qo’shini safida turib, IShIDni emas, tinch aholi va Asadni sarosimaga solib qo’ygan mujohidlarni havodan hujumga tuta boshladi. Oradan qisqa vaqt o’tmay, ancha talofatlar ko’rdi.

Rossiyaning bu harakatlari ko’pgina siyosatchilar tarafidan, jumladan rus siyosatchilari tarafidan ham katta xato sifatida baholanmoqda. Rus ofitserlari Suriyadagi jangga kirgan Rossiya armiyasi “ikkinchi Afg’oniston” botqog’iga botib qolishidan xavotirda ekanliklarini izhor qilishdi.

Shu kunlarda Rossiya matbuotida tarqalgan xabarlarda aytilishicha, Suriyada urush olib borayotgan rus ofitserlari harbiy samalyotlar yordamida bomba hujumlarini amalga oshirish bilan biror natijaga erishib bo’lmasligini bildirishmoqda. Ulardan ba’zilari esa Rossiyaning Suriya tuproqlaridan ortga chekinishi eng ma’qul echim ekanligini aytishmoqda.

Harbiy mutaxassislar Asad armiyasining muvaffaqiyat qozonishi uchun Bashar Asadning nazorati ostida bo’lgan har bir nuqtaga qurol aslahalar va xos harbiy guruhlar joylashtirilishi lozimligini takidlashmoqda. Ammo ularga ko’ra, mavjud sharoitda buning aslo iloji yo’q. Biroq shunday bo’lsa-da hodisa oqimiga qaraganda, Putin boshchiligidagi hukumat Suriyadan chekinish niyatida emas.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.