Mudofaa vazirligi terrorizmga qarshi kurash uchun qisqa shartnomalar tuzishni taklif qilmoqda

582
0

Joriy yilning 30 sentyabridan boshlab Suriyada havo hujumlarini boshlagan rus hukumati quruqlikdagi harbiy harakatlarni ham kengaytirish payiga tushib qoldi. Bu urushga askarlarni jalb qilish maqsadida Rossiya hukumati Lugansk va Donetskda jang qilgan o’z fuqarolariga uylariga qaytish uchun avvalo Mudofaa vazirligi bilan Suriyaga borish bo’yicha shartnoma tuzish talabini qo’ygan edi.

Keyinchalik rus hukumati o’z jinoyatlariga KXShTga a’zo davlatlarini ham sherik qilish maqsadini oshkor qildi.

KXShT bosh kotibi o’rinbosari Valeriy Semerikov, KXShT tinchlikparvar kuchlari nafaqat tashkilotga a’zo davlatlarda, balki BMT qarori asosida boshqa davlatlar hududlarida ham “tinchlikni saqlash bo’yicha” olib borilayotgan amaliyotlarga qo’shilishlari mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Bugunga kelib esa Rossiya mudofaa vazirligi terrorizm (Islom)ga qarshi urushda ishtirok etishga xohish bildirgan harbiy xizmatchilar uchun sharnoma muddatini qisqartish taklifini ilgari surdi.

“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi qonunga kiritilgan o’zgartirishlar jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Qonun loyihasiga kiritilgan yangi o’zgartirishlarga muvofiq harbiy xizmat o’tashni xohlovchilar olti oydan bir yilgacha shartnoma tuzishlari mumkin bo’ladi.

Yangi qonun loyihasi chaquruv bo’yicha xizmat o’tayotgan harbiy xizmatchilar va zaxirada turgan fuqarolarga favqulodda yoki harbiy holatda, nizolar vaqtida hamda Rossiya tashqarisidagi xalqaro terrorizm faoliyatiga chek qo’yish bo’yicha topshiriqlarni bajarish uchun Mudofaa vazirligi bilan olti oydan bir yilgacha sharnoma tuzish imkoniyatini beradi. .

Ayni vaqtda amalda bo’lgan qonunga asosan harbiy xizmatni o’tash to’g’risidagi birinchi shartnoma ikki, uch yoki besh yilga tuziladi.

Jamoatchilik muxokamasi 16 noyabrga qadar davom etadi. Qonun loyihasi esa 2016 yilning avgust oyidan kuchga kirishi kutilmoqda.

Turkiston:

Putin Rossiyani batamom halokatga olib keladigan yo’nalish bo’ylab harakatlantirishda davom etayapti. Nafaqat Rossiyani, QXShT (ODKB) va MDH (SNG) kabi tashkilotlarga a’zo davlatlarni ham bu urushga tortish uchun astoydil da’vat va bosim berish ishlarini olib bormoqda.

Qirg’izistonda ham Rossiya tomonidan qo’yilgan bu taklif ustida qizg’in bahslar borayapti. Ko’kchikeev singari bir qator siyosatshunoslar bu taklifni qo’llab tahlillar aytishsa, boshqa bir qator siyosatchilar yoki jamoatchilik ishchilari bu urushdan chetda turishimiz lozim deyishadi. Hukumat, fuqorolarni bu ishga munosabatini kuzatib turipti.

Rossiya Temir Sarievni bosh vazir lavozimida ushlab qolish niyatida. Sariev, yarim yil mobaynida bosh vazir lavozimida Rossiyaning bir qator manfaatlarini amalda ijro etish uchun jonbozlik ko’rsatdi. U AQSh bilan 1993 yoilda tuzilgan shartnomani denonsatsiya qilish ya’ni bir tomonlama undan chiqish haqidagi loihani amalga oshirdi. 12 oktyabr kuni № 50 qamoqxonada sodir bo’lgan amaliyotni uyushtirish ishlari ham uning qo’l ostidagi strukturalar tomonidan amalga oshirildi. Parlamentda tuzilib borayotgan yangi qoalitsiya fraktsiyalari Sarievni nomzodini yana bosh vazirlikka ko’rsatishayapti. Demak Rossiya Qirg’izistondagi ta’sirini kuchaytirish uchun qattiq harakat olib borayapti.

Lekin Rossiyaning hozirgi holatida, 2016 yilning yarmiga borib iqtisodiy inqirozga uchrashi muqarrar ekanligini rasmiy moliya ministrlari ham tan ola boshlashdi. Putin, kutilayotgan iqtisodiy inqirozni siyosiy bo’hronga aylanib ketishini oldini olish maqsadida Rossiyani urush girdobiga tortayapti. U Rossiyani kutayotgan barcha noxushliklar uchun urushni sababchi qilib ko’rsatib qo’ymoqchi. Putinni, Rossiyani kutayotgan holatlar unchalik qiziqtirmaydi. Qirg’iziston kabi tashqi davlatning ahvoli esa, mutloq qiziqtirmaydi.

Qirg’iz hukumati esa, o’z siyosatini, faqat Rossiyani qisman AQShni rozi qilish asosiga shakllantirib borishayapti. Ular mamlakat manfaatlarini deyarli hisobga olishmaydi. Faqat fuqorolarini qo’zg’alib ketishlaridan ehtiyot bo’lgan chegarada, yirik davlatlar manfaatlarini himoya qilish kerak degan fikriy yo’nalish asosida ish olib borishadi. Chunki dunyo siyosati va sistemasi, Qirg’iziston kabi davlatchalarning etakchilarini hokimiyatda davomli turishlarini, etakchi mustamlakachi davlatlar ixtiyoriga bog’lab berdi.

Qirg’izistonni bu urushda Rossiyaga ko’makdosh bo’lishi o’ta xavfli. Bu urush Rossiyani etakchi davlatlar qatoridan pastga tushirsa yoki oshib borsa uni bir necha bo’laklarga parchalab yuborsa, Qirg’izistonni undan o’n hissa yomon ahvolga olib keladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.