Rossiyaning Suriyada olib borayotgan bosqinchilik urushiga KHSHTga ayzo davlatlar ham jalb qilinishi mumkin

481
0
Conscripts watch the wrestling match.

Rossiya ommaviy ahborot vositalari (OAV) habar qilishicha, Kollektiv havfsizlik shartnomasi tashkiloti (KHSHT) bosh kotibi o’rinbosari Valeriy Semerikov KHSHT tinchlikparvar kuchlari “tinchlikni saqlash bo’yicha” olib borilayotgan harbiy amaliyotlarga qo’shilishlari mumkinligini aygan.

 “Joinfo.ua” saytining Rossiya OAVlariga tayangan holda habar qilishicha, KHSHT bosh kotibi o’rinbosari Valeriy Semerikov, KHSHT tinchlikparvar kuchlari nafaqat tashkilotga ayzo davlatlarda, balki BMT qarori asosida boshqa davlatlar hududlarida ham “tinchlikni saqlash bo’yicha” olib borilayotgan amaliyotlarga qo’shilishlari mumkinligini maylum qilgan.

 “Qaror qabul qilingan taqdirda tinchlikparvar kuchlarimiz KHSHT Kollektiv havfsizlik kengashi mandati bo’yicha harbiy topshiriqlarni bajarishga tayyor bo’lgani kabi, BMT mandati bo’yicha ham topshiriqlarni bajarishga tayyor”, – dedi Semerikov KHSHT va Halqaro qizil hoch qo’mitasining muvofiqlashtirish  kengashi yig’ilishidan so’ng jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuv chog’ida.

 Uning qayd etishicha, KHSHT tinchlikparvar kuchlari tayyorgarligi jangovar o’quv mashg’ulotlari vaqtida bir necha bor sinovdan o’tgan.

 Semerikovning so’zlariga ko’ra, Haqlaro qizil hoch qo’mitasi vakillari tinchlikparvar kuchlarning huquqiy sohada tayyorlashda ishtirok etishmoqda.

 “Ammo tinchlikparvar kuchlarimizni tayyorlashdagi asosiy ishlarni BMT tinchlikni saqlash departamenti bilan yaqin hamkorlikda olib bormoqdamiz”, – dedi Semerikov.

 Turkiston: 

Putin, Rossiya uchun ichki urushlarni oldini olish uchun, dushmanni tashqarida tor mor qilish manfaatlidir, degan maynodagi fikriy yo’nalishni ilgari surmoqda. U Qozog’istondagi MDHning navbatdagi yig’inida, Suriyada Rossiya olib borayotgan terroristlarni yo’q qilish amaliyotlari, MDH tashkilotiga ayzo davlatlar manfaatini ham himoya qilayotganiga ishora qildi. U Rossiya va qolgan MDH davlatlaridan taqriban besh mingdan etti ming atrofida fuqorolari Suriyada ID tashkilotida urush olib borishayotganini aytib o’tdi.

YUqoridagi shaymalarning barchasi, Rossiya Suriyada botqoqqa botayotib, QHSHT tashkilotini o’zi bilan tortib ketishi mumkinligiga shayma edi. CHunki QHSHT kelishimiga muvofiq, biror mamlakat ichki havfsizligiga tashqi kuchlar tajovuz qilsa, QHSHT tashkilotining harbiy aralashish majburiyati bor. Rossiya Suriyadagi urushni o’zining ichki milliy havfsizligi darajasidagi muhim urush qilib ko’rsatishga harakat olib borayapti. U bu urushni nafaqat o’zining balki butun QHSHT yoki MDH tashkilotlariga ayzo davlatlarning ichki muammolari qilib ko’rsatish uchun jon berib harakat olib borayapti.

SHundan kelib chiqib Rossiya bu tashkilotlarni IDga qarshi olib borayotgan urushiga, o’zlarining ichki havfsizliklari deb baho berishga chaqirayapti. O’z navbatida ularni, bu urushda ishtirok etib, o’z dushmanlarini tashqi mamlakatda yo’q qilish uchun otlanishga chaqirayapti.

Atambaev avvalgilardan bo’lib, Putinni qo’llab bayonot berib yubordi. Bu shoshma shosharlik bilan belgilangan pozitsiya Qirg’iziston uchun yahshi emas. Bu pozitsiyani mustahkamlash va asosli ekanini tasdiqlash uchun 12 oktyabr voqeyasi uyushtirildi. Bir hatolik, uni berkitish uchun ortidan ko’plagan boshqa hatolik va yolg’onchiliklarni olib keladi. Endi bu yolg’on ustiga qurilib borayotgan hatolar insonlar o’limi bilan davom etayotgan bo’lsachi?! Bu hato pozitsiya endi Suriyada ham o’z farzandlarimizni qurbon bo’lishiga ham sabab bo’lishi mumkin bo’lib turipti!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.