Rossiya Yaqin Sharqda o’z taysirini kuchaytirish niyatida

522
0

Rossiya davat dumasida bayzi arab davlatlarini Shanxay hamkorlik tashkilotiga ayzo sifatida qabul qilish haqida takliflar yangradi. Liberal demokratlar partiyasi rahbarining bosh yordamchisi deputat Aleksey Didenko Shanxay hamkorlik tashkilotining bosh kotibi Dimitriy Mezentsevga maktub yo’lladi. Maktubda Didenko Rossiyaning strotegik hamkorlari sanalgan bir qancha arab davlatlarini SHTga doimiy ayzolikka qabul qilishini talab qildi.

Didenko dastlab Misr, Falastin, Iroq, va Suriya davlatlari SHTga ayzo qilinishi lozimligini bildirdi. Rus siyosatchisiga ko’ra, Rossiya YAqin Sharqda etarlicha taysirga ega bo’ldi. Shu bois Arab davlatlarining SHTga ayzo bo’lishi Rossiyaning mintaqadagi taysirini kuchaytiradi.

“Bizning Suriyadagi muvaffaqiyatli harbiy amaliyotlarimiz Rossiyaning mintaqaviy bir kuch emas, balki dunyo siyosatiga taysiri o’tadigan davlat ekanligini ko’rsatmoqda. Endi bu muvaffaqiyatni yana ham kuchaytirish uchun strotegik hamkorlarimiz bo’lgan arab davlatlarini Shanxay hamkorlik tashkilotiga ayzo qilib, ularga bergan dastagimizni kafolatlashmiz lozim”, deydi Didenko o’zining maktubida.

Aleksey Didenkoning taykidlashicha, Falastin birinchi bo’lib SHTga ayzo qilinishi lozim. Chunki Falastin o’zining dolzarb muammosi bilan boshqa arab davlatlaridan ajralib turadi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.