Savolga javob

509
0

10480704-n--n--n---noe-n

Misrda sulh va islohotning qanday bo’lishi haqida

Savol:

Mana bir necha oydirki, Misrda qirg’in qilish, qamoqqa olish, ko’chalar va maydonlarda vayron qilish kabi zo’ravonlik to’xtamayapti, oddiy hayot izdan chiqdi, odamlarning ikkiga bo’linib qolgani yaqqol ko’zga namoyon bo’lmoqda… Bu vaziyatda Amerika, Yevropadan o’rtamchilar namoyon bo’ldi va hatto Rossiya ham Misr bilan aloqalarni boshlab yubordi, Xitoyning ham burnini tiqishi ehtimoli bor! Shuningdek, bunday o’rtamchilik va yarashtirish urinishlariga ayrim mahalliy, partiyaviy va nopartiyaviy doiralar, nufuzli shaxslar ham aralashdi… Biroq hech qanday natija bo’lmadi. Uni taniydigan har bir kishi unga ishonadigan va hurmat qiladigan Hizbut Tahrir bunday o’rtamchilikka ham, yarashtirishga ham, yarashishga ham aralashmagani bizning e’tiborimizni tortdi. Biz ushbu Hizb Rosululloh s.a.v.ning ushbu so’zlarini unutgan deb o’ylamaymiz:

«أَلاَ أُخْبِرُكُمْ بِأَفْضَلَ مِنْ دَرَجَةِ الصِّيَامِ وَالصَّلاةِ وَالصَّدَقَةِ؟» قَالُوا: بَلَى، يَا رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: «إِصْلاحُ ذَاتِ الْبَيْنِ، وَفَسَادُ ذَاتِ الْبَيْنِ الْحَالِقَةُ»

«Sizlarga ro’za, namoz va zakot darajasidan ham yaxshi amal haqida xabar beraymi?». Ha, xabar bering, yo Rosululloh, deyishdi. Ul zot bunday dedilar: «Odamlar orasini isloh qilish, zero odamlar orasini buzish dinni yo’q qiladi».

Savol shuki, Hizbning o’rtamchilik yo sulh yoki yarashtirish ishlariga aralashmasligining biror sababi bormi? Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin!

Javob:

Birinchidan: Avvalo, sizga Hizbga ishonganingiz va u haqda yaxshi gumonda bo’lganingiz uchun rahmat, Alloh Subhanahu barchamizni ishlarimizning eng to’g’risiga yo’llasin, Alloh Subhanahu eshituvchi va ijobat qiluvchi zot.

Ha, biz Rosululloh s.a.v.ning Abu Dovud Ummi Dardodan, u Abu Dardodan rivoyat qilgan mazkur hadisini unutganimiz yo’q. Biroq sulh va yarashtirish masalasida shariatdan hukm so’ralmog’i lozim, boshqasidan emas. Shu bois sulh va yarashtirish agar haromni halol qilsa yo halolni harom qilsa, uni qilish joiz emas va bunga bizni Rosululloh s.a.v. o’zining bir necha hadisi shariflarida buyurganlar. Jumladan:

Abu Dovud «Sunan»ida Abu Hurayra r.a.dan rivoyat qiladi: Rosululloh s.a.v. bunday dedilar:

«الصُّلْحُ جَائِزٌ بَيْنَ الْمُسْلِمِينَ»

«Sulh Musulmonlar o’rtasida joizdir». Imom Ahmad quyidagilarni ziyoda qildi:

«إِلاَّ صُلْحًا أَحَلَّ حَرَامًا، أَوْ حَرَّمَ حَلاَلاً»

«Faqat haromni halol yoki halolni harom qiladigani sulh joiz emas». Sulaymon ibn Dovud rivoyatida Rosululloh s.a.v. bunday deganlar:

«الْمُسْلِمُونَ عَلَى شُرُوطِهِمْ»

«Musulmonlar o’z shartlarida turadilar».

Imom Termiziy «Sunan»ida Kasir ibn Abdulloh ibn Amr ibn Avf Muzaniydan, u otasidan, u bobosidan rivoyat qiladi: Rosululloh s.a.v. bunday dedilar:

«الصُّلْحُ جَائِزٌ بَيْنَ المُسْلِمِينَ، إِلاَّ صُلْحًا حَرَّمَ حَلاَلاً، أَوْ أَحَلَّ حَرَامًا، وَالْمُسْلِمُونَ عَلَى شُرُوطِهِمْ، إِلاَّ شَرْطًا حَرَّمَ حَلاَلاً، أَوْ أَحَلَّ حَرَامًا»

«Sulh musulmonlar orasida joiz, faqat haromni halol qiladigan yoki halolni harom qiladigan sulh joiz emas, musulmonlar o’z shartlarida turadilar, faqat halolni harom qiladigan yoki haromni halol qiladigan shart bundan mustasno» (Termiziy bu hadisni hasan sahih, degan).

Shuningdek, Ibn Hibbon ham o’zining «Sahih»ida Abu Hurayradan shunday lafz bilan rivoyat qilgan:

«الصُّلْحُ جَائِزٌ بَيْنَ الْمُسْلِمِينَ إِلاَّ صُلْحًا أَحَلَّ حَرَامًا أَوْ حَرَّمَ حَلاَلاً»

«Sulh musulmonlar orasida joiz, faqat haromni halol qiladigan yoki halolni harom qiladigan sulh joiz emas».

Ikkinchidan: Biz Misrdagi ikkala guruh ishlarini tadabbur qilib ko’rdik va ularning holatlaridan taajjabga tushdik:

Ular Allohning hukmi borasida nizolashishmayapti, ya’ni bir guruh Allohning hukmi bilan hukm yuritib, ikkinchisi u bilan hukm yoritmay nizolashishgani yo’q. Balki ikkala guruh ham na sobiq boshqaruvda, na hozirgi boshqaruvda Allohning hukmi bilan hukm yuritmayapti!

Ular shariat ahkomlaridan iborat dastur borasida nizolashmayapti, balki tuban dastur ustida nizolashishyapti. Zero sobiq rejimning dasturi botil bo’lgan bo’lsa, hozirgi rejimning dasturi botillikda undan ham battardir!

Ular yahud davlatiga nisbatan pozitsiyada va avvalgi boshqaruvda joriy qilingan va hamon davom etayotgan «Kemp-Devid» bitimi ustida ixtilof qilishmayapti. Shuningdek ular yahud davlatiga gaz berish ustida ixtilof qilishmayapti, chunki gaz yahudlarga oldin qanday berilgan bo’lsa, hozir ham shunday berilmoqda!

Ular Suvaysh kanalidan amalda urush holatidagi davlatlar kemalarining o’tishiga nisbatan chora ko’rish borasida ham ixtilof qilishmayapti, balki bu kemalar bugun ham o’tyapti, kecha ham o’tgan.

Shuningdek, ular musulmonlarning haqqi bo’lgan neft, gaz, konlar… kabi omma mulklarining musulmonlarga tarqatilishi ustida ham tortishishmayapti, aksincha, bu mulklar bugun ham, kecha ham Kanona kitlari qorinlarini shishirmoqda.

Keyin, ular Amerika bilan aloqa qilish masalasida ham talashishmayapti, aksincha, bu aloqa uzilmay, hanuz davom etmoqda va bu aloqa rishtalari bugun ham, kecha ham ulargacha cho’zilib borgan.

Uchinchidan: biz tushunib turibmiz, modomiki, bu ikki guruhning biri armiyani dushman erida jang olib borishga undash o’rniga, Misr zaminida jang olib borar ekan, ikkinchi guruh esa Misr ko’chalarini odil Xalifalik nizomi sadolari yangraydigan ko’chalarga aylantirish o’rniga, botil tuban boshqaruvga erishish uchun kurash maydoniga aylantirar ekan, Allohning er yuzidagi Kanonasi bo’lgan Misr ahli ko’ksiga hargiz shamol tegmaydi…

Ikkala guruh modomiki, Islomni bir chetga surib qo’ygan ilmoniy respublika va fuqarolik davlatiga hamda hukmronlikni xalq Robbisiga berish o’rniga, uni xalqqa topshirib qo’ygan demokratiyaga chaqirar ekan, Misr ahli na yaxshilikka, na tinchlikka, na xavfsizlikka erisholmaydi.

Bu ikki guruh Alloh tarafidan biror hujjat kelmagan dasturni olib, O’z ahkomlarini Ummat manfaati va ezguligi uchun nozil qilgan olamlar Robbisi Allohning dasturini tark qilishar ekan, Misr ahli na yaxshilikka, na tinchlikka, na xavfsizlikka erisholmaydi.

«Yaratgan zot(ning O’zi) bilmaydimi, axir, U mehribon va (har narsadan) xabardor zotku?!» [Mulk 14]

Shuningdek, «Kemp-Devid» bitimi bekor qilinib, tarix axlatxonasiga uloqtirilishi o’rniga, Falastin bosqinchisi «Isroil» bilan kechagi va bugungi malay rejimlar o’rtasida amal qilinishda davom etaverar ekan, Misr ahli na yaxshilikka, na tinchlikka, na xavfsizlikka erisholmaydi.

Gaz Falastin bosqinchilari bo’lgan yahud davlatidan uzib qo’yilib, ular o’zlari bosib olgan insonlar qonini so’rib yotolmaydigan qilinish o’rniga, ayni gaz shu bosqinchi davlat tomon katta bosim bilan oqizilaverar ekan, Misr ahli na yaxshilikka, na tinchlikka, na xavfsizlikka erisholmaydi.

Omma mulklari o’z haqdorlariga, jumladan Misrning buyuk ahliga qaytarilish o’rniga, nohaq yo’llar bilan rejim mulozimlari cho’ntaklariga oqib ketaverar ekan, Misr ahli na yaxshilikka, na tinchlikka, na xavfsizlikka erisholmaydi.

Amerika bilan aloqalar uzilishi o’rniga, amalda davom etib, Amerika rishtasi Vashingtondan Qohiragacha tortib tashlangan ekan, Misr ahli hargiz yaxshilikka erisholmaydi.

Va nihoyat, Misr ahli yaxshilikka qachonki Allohning er yuzidagi Kanonasi Xalifalik tayanchlaridan mustahkam bir tayanchga aylanib, Xalifalik o’zining ilk tarixiga: Misr Rum hukmronligidan ozod bo’lgan, so’ng salibchilarni Falastin zaminidan quvib solgan, musulmonlar yurtlarini mo’g’ul-tatarlardan ozod qilgan tarixiga qaytgan taqdirda etishadi… O’shanda u o’zining avvalgi siyratini Allohning izni ila, kamoliga etkazib, Falastinni yahudlar davlatidan ozod etadi va yahud davlatidan nom-nishon ham qoldirmaydi…

To’rtinchidan: Biz bu ikki guruhga nazar soldik va ko’rdik: ular echimni Sharqu G’arbdan qidirishyapti, u er-bu erdagi o’rtamchilar yordamida yurt ichkarisiyu tashqarisidan axtarishyapti, biroq hech bir hidoyatga erishisholmayapti, chunki echim berish ularning qo’llaridan kelmaydi va ular harakat qilayotgan echim ham biror yaxshi natija bermaydi:

Tashqi o’rtamchilarni na Misr, na uning ahli qiziqtirmaydi. Shunday ekan, aqli raso, fikrli, ongli kishi Amerikadan yaxshi echim kutadimi, holbuki u, Muborak, Mursiy va inqilobchilar boshqaruvi ortida turgan bo’lsa?! Muborak, Mursiy va inqilobchilar davridagi qirg’inlarning ortida turgan shu Amerikadir, uni nobud bo’lganlar soni ham, vayronalar hajmi ham zarracha qiziqtirmaydi! Uning bor-yo’q g’ami Misrda o’z nufuzini mustahkamash va davom ettirishdir… Uning o’tmishigina emas, balki Iroq va Afg’onistondagi hoziri ham bunga guvohlik berib turibdi. Ahvoli shunday bo’la turib, u Misr va uning ahli uchun biror to’g’ri, sog’lom echim berishi mumkinmi? Obama va vakili Kerri Misr va uning ahliga biror yaxshilikni istashadimi? Shubhasiz, ularning bu holatlari butunlay yo’q bo’lishga mahkum bo’lib, Islom va musulmonlarga hech qanday yaxshilikni istashmaydi.

Ongli, fikrli inson Yevropadan biror yaxshi echim kutadimi? Holbuki 1924 yil Xalifalikning ag’darilishi ortida Britaniya va uning malaylari turgan edi. U Xalifalik va unga harakat qilayotganlarning ashaddiy dushmanidir. Mash’um Belfor kelishuvi ortida turgan ham, yahudiylarning Falastinni bosib olib, ahlini quvib chiqarishini Amerika, Frantsiya va Rossiya bilan birga qo’llab-quvvatlagan ham, Isro va Me’roj, rabot zamini bo’lgan Falastinda yahud davlatini paydo qilgan ham mana shu Britaniya edi. Frantsiya esa, yahud davlatini birinchilardan bo’lib qo’llab-quvvatlaganidan tashqari, musulmonlarni qirg’in qilishda qora tarix egasidir. Bu qirg’inlarni u nafaqat o’tmishda Jazoirda sodir etdi, balki Malida oqizgan qonlari hali ham qurigani yo’q… Rossiya esa Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan mintaqamizda Amerika bilan kelishgan holda va uning uchun qadam tashlamoqda. Buning ustiga, uning Shom tog’utini qo’llab-quvvatlash pozitsiyasi ham hammaga aniq. Shuningdek Kavkaz, xususan Chechenistonda musulmonlarni qirg’in qilishi, Qozonda masjidlarni buzishi, Tataristonda masjidlar imomlarini qamoqqa tashlab, hatto ayrimlarini o’ldirishi, Islom da’vatchilarini qamoqqa olishi ham hammaning ko’z o’ngida bo’ldi… Endi shu davlatdan yaxshilik kutib bo’ladimi?! Sharqiy Turkistonni bosib olgan, u erdagi musulmonlarga hujumlar qilgan Xitoy, hatto o’rtamchilik qilgan taqdirda ham, undan biror yaxshilik kutib bo’ladimi?!

Bu xorijiy o’rtamchilarning barchasi bizga zahri qotildan boshqa narsa olib kelmaydi, chunki ularni Kanona ahlining qoni emas, uni so’rish va o’z manfaatlarini shu qonlarning ustiga qurish qiziqtiradi, ularning boshidagi Amerika esa Misrni o’zining mintaqadagi asosiy markaziga aylantirishga tayyorlayapti… Shulardan keyin ham, tirik oqil inson tikandan gul kutadimi?! Yevropa Eshtoni yoki Obama Kerrisi yoki mazkur davlatlarning birortasidan yaxshilik, hatto uning biror zarrasini kutish mumkinmi?!

«Qanday qilib, axir, ular agar sizdan g’olib bo’lishsa, sizlar xususingizda na ahdga va na burchga boqishadi, og’izlarida sizlarni rozi qilishadi-yu, qalblari or qiladi, ularning ko’pchiligi itoatsizdir» [Tavba 8]

Ichkaridagi o’rtamchilar esa quruqqa chopib yurishibdi, ikkala guruh taklif etayotgan respublika, fuqarolik va demokratik nizomlarni muhofaza qilish echimini xohlashyapti. Holbuki, demokratik nizom qonunchilikni bashariyat Robbisi o’rniga, bashariyatga beradi, xo’jayinlikni xalq Robbisi o’rniga, xalqqa topshiradi, shaxs, din, mulk va fikr erkinliklari shuncha kulfatlar olib kelishiga qaramay, ularni tizginsiz qo’yib yuboradi! O’rtamchilar shunday qilishyapti, bir guruhni bir narsadan voz kechishga, ikkinchi guruhni boshqa narsadan voz kechishga chaqirishyapti va hamma baloyu baxtsizliklar sababchisi bo’lgan sobiq nizomga rozi bo’lishyapti! Alamlisi shuki, shu o’rtamchilarning ayrimlari Allohning:

«Namozni barpo qiling» [Yunus 97]

degan kalomini tushunib, namoz o’qishadi va namozdan voz kechishni istashmaydi, ammo Allohning:

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling» [Moida 49]

degan boshqa kalomini tushunishadi-yu, undan voz kechishadi, jazo-hadlarini tatbiq etishni aytishdan «xijolat» chekishadi, mabodo tomonlarning biri Xalifalik nizomini talab qilsa, qo’rqib ketishadi, chunki ular Amerika, Yevropa, Rossiya va Xitoy g’azabidan qo’rqishadi. Haqiqatdan, bu ajablanarli ish!

Beshinchidan: Shunday qilib, hozirgi tashqaridagi va ichkaridagi o’rtamchilar Kanona va uning ahli muammolari uchun birorta ham to’g’ri echim berisholmaydi. Alhol, echim bitta, u ham bo’lsa, barcha qalblari va tanlari bilan Xalifalik nizomida Allohning shariatini hakam qilish tomon yuzlanishidir. Chunki bu nizomni Alloh Robbul olamin O’zining Kitobida va Rosuli s.a.v.ning Sunnatlarida, sahobalar r.a. ijmosida sahih, mustaqim dalillar bilan farz qilgan: Bu dalillardan Alloh Taoloning Kitobida kelgani, O’zining Rosuli s.a.v.ga xitoban aytgan quyidagi so’zlaridir:

«Odamlar o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling va sizga kelgan haqdan yuz o’girib, ularning havoyi nafslariga ergashmang!» [Moida 48]

«Ular o’rtasida Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qiling, ularning havoyi nafslariga ergashmang va Alloh Sizga nozil qilgan hukmlarning ayrimlaridan sizni burib-fitnaga solib qo’yishlaridan ehtiyot bo’ling» [Moida 49]

Va boshqa oyatlar… Allohning O’z Rosuli s.a.v.ga Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqarish to’g’risidagi xitobi Rosululloh ning Ummatiga qilingan xitob bo’lib, undan ul zotdan so’ng Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqaradigan hokimni barpo qilishlari lozimligi tushuniladi. Xitobdagi bu buyruq qat’iylikni ifodalaydi, chunki xitob mavzusi farz, bu esa usul ilmi bo’yicha qat’iylikka qarinadir, Rosululloh s.a.v.dan keyin Alloh nozil qilgan narsa bilan boshqaradigan shaxs esa xalifadir. Shu jihatdan boshqaruv nizomi Xalifalik nizomidir.

Sunnatdan dalilga kelsak, Nofe’dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar menga bunday dedi: men Rosululloh s.a.v.ning shunday deganini eshitdim:

«مَنْ خَلَعَ يَدًا مِنْ طَاعَةٍ لَقِيَ اللَّهَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ لا حُجَّةَ لَهُ وَمَنْ مَاتَ وَلَيْسَ فِي عُنُقِهِ بَيْعَةٌ مَاتَ مِيتَةً جَاهِلِيَّةً»

«Kimki itoatdan bosh tortsa qiyomat kuni Allohga hujjati yo’q holda yo’liqadi. Kimki bo’ynida bay’at yo’q holda o’lsa johiliyat o’limi bilan o’libdi» (Imom Muslim rivoyati). Nabiy s.a.v. har bir musulmonga bo’ynida bay’at bo’lishini farz qildilar va bo’ynida bay’at yo’q holda vafot etgan kimsani johiliyat o’limida o’libdi, deb sifatladilar, bu uning gunohining naqadar og’irligiga dalolat qiladi. Bay’at Rosululloh s.a.v.dan so’ng faqat xalifaga beriladi, undan boshqaga berilmaydi. Imom Muslim A’rajdan, u Abu Hurayradan, u Nabiy s.a.v.dan rivoyat qiladi:

»إِنَّمَا الإِمَامُ جُنَّةٌ يُقَاتَلُ مِنْ وَرَائِهِ وَيُتَّقَي بِهِ«

«Albatta imom qalqondir. Uning ortida turib jang qilinadi va u bilan himoyalaniladi». Imom Muslim Abu Hozimdan rivoyat qiladi: Men Abu Hurayra bilan besh yil birga bo’ldim va undan Nabiy ning bunday deganlarini eshitdim:

«كَانَتْ بَنُو إِسْرَائِيلَ تَسُوسُهُمُ الأنْبِيَاءُ, كُلَّمَا هَلَكَ نَبِيٌّ خَلَفَهُ نَبِيٌّ, وَإِنَّهُ لا نَبِيَّ بَعْدِي, وَسَتَكُونُ خُلَفَاءُ فَتَكْثُرُ. قَالُوا: فَمَا تَأْمُرُنَا؟ قَالَ: فُوا بِبَيْعَةِ الأوَّلِ فَالأوَّلِ, وَأَعْطُوهُمْ حَقَّهُمْ فَإِنَّ اللَّهَ سَائِلُهُمْ عَمَّا اسْتَرْعَاهُمْ»

«Bani Isroilga payg’ambarlar siyosat yurgizardi. Qachon bir payg’ambar halok bo’lsa, ortidan boshqa bir payg’ambar kelardi. Mendan keyin esa payg’ambar yo’q. Xalifalar bo’ladi va ular ko’payib ketadi. Shunda: bizga nimani buyurasiz? – deyishgan edi, aytdilarki: birinchisining, faqatgina birinchisining bay’atiga vafo qilinglar va ularning haqlarini beringlar, zero Alloh ulardan fuqaroni qanday boshqarganlari haqida so’raydi». Ushbu hadislarda xalifani qalqon, ya’ni himoya qiluvchi deb, musulmonlarga siyosat yurgizadiganlarni xalifalar, deb sifatlandi, bu esa ularni barpo qilishga bo’lgan talabdir.

Sahobalar r.a. ijmosidan dalil esa, ularning Rosululloh s.a.v. vafotlari ortidan bir xalifa tiklashga qilgan ijmolaridir. O’shanda mayyitni tezlik bilan dafn qilish farz bo’lsa-da, Rosululloh s.a.v.ni tayyorlash va dafn qilish bilan shug’ulanishlari kerak bo’lgan bir qism sahobalar xalifa saylash bilan mashg’ul bo’ldilar va qolgan sahobalar ularga sukut qilib, buni inkor etishga va o’zlari dafn qilib qo’yishga qodir bo’lishlariga qaramay, dafnni ikki kecha kechikishiga sherik bo’ldilar. Bu esa sahobalarning xalifani tiklashga qilgan ijmolarini ta’kidlaydi. Rosululloh s.a.v. dushanba kuni tongda vafot etdilar, seshanba tuni va kunduzigacha dafnsiz qoldilar, keyin Abu Bakrga bay’at berildi va shundan keyin ul zot seshanbadan chorshanbaga o’tar kechasi dafn qilindilar, ya’ni dafn ikki kechaga kechikdi va dafndan oldin Abu Bakrga bay’at berildi. Demak bu mayyitni dafn qilishni qo’yib xalifa saylash bilan band bo’lishga nisbatan ijmo bo’ldi va bu xalifa saylash farzining naqadar ulug’ligiga dalolat qiladi.

Shunday qilib, musulmonlar Islom bilan hukm yuritadigan hokim – xalifa yo’q bo’lgan vaqtda uni paydo qilish uchun bor kuchlarini sarflamoqlari shart. Chunki Robbul olamin buyurgan jazo-hadlarni shu xalifa ijro etadi, jazo-hadlar esa buyuk farz bo’lib, unda Ummatning ishi isloh bo’ladi va to’g’rilanadi. Ibn Moja o’zining «Sunan»ida Abu Hurayradan rivoyat qiladi: Rosululloh s.a.v. bunday dedilar:

«حَدٌّ يُعْمَلُ بِهِ فِي الْأَرْضِ، خَيْرٌ لِأَهْلِ الْأَرْضِ مِنْ أَنْ يُمْطَرُوا أَرْبَعِينَ صَبَاحًا»

«Yer yuzida amal qilinadigan bitta jazo-had er ahli uchun qirq kun yomg’ir yog’ishidan ko’ra yaxshiroq».

Misr va musulmonlar yurtlar muammolari uchun echim mana shu. Bu bilan yaxshilik o’rnashadi va bu yaxshilik butun olamga tatiydi.

Oltinchidan: Biz Misr hodisalarini kuzatib, ko’rgan qonlar va vayronalardan iztirob chekardik, bizni bundan ham ko’proq hafa qilgan narsa bu erdagi barcha doiralarning echimni hamma yoqdan izlab, Islomdan izlamayotganlari bo’ldi, holbuki, shu doiralar unga e’tiqod qilganlar, namoz o’qiydilar, ro’za tutadilar va Alloh Subhanahuga ibodat qiladilar!

Biz bu doiralarning hammasi Xalifalik nizomini qabul qilishlaridan boshqa biror echimni ko’rmayapmiz. Ular Xalifalik nizomidan va unga faoliyat qilayotganlardan doim o’zlarini olib qochib kelishgan, shu bois agar biz ikki guruh o’rtasini yarashtirish uchun Xalifalik nizomini taqdim qiladigan bo’lsak, bu gapni havoga uchirish yoki suvga yozish bilan barobar bo’larmikin, deb hadiksiradik. Shuning uchun kuzatib turishni, uzoqroq bo’lishni afzal ko’rdik. Shoyad, Alloh shundan so’ng biror ish sodir etsa, ajab emas.

Bizning aralashishga nisbatan pozitsiyamiz shu. Biz ikkala guruh bilan aloqa qilishimizga qaramay, ikkalasi ham Xalifalik va uning ahliga yuzlanmadi, o’zlari aytganday «G’arbni provokatsiya qilib qo’yish»dan qo’rqib, Xalifalik so’zini tilga olishdan yurak-bag’irlari zirillamoqda. Ularning ahvoli shu bo’lgach, qanday qilib o’rtamchilikka yo o’rtalarini yarashtirishga aralashib bo’ladi?!

Biz ikkala tomon o’rtasini yarashtirishga tayyormiz, biroq ikkalasini ham Xalifalik nizomiga jamlash bilan yarashtiramiz. Agar shuni ularda sezsak va Allohning shariatini hakam qilishga roziliklarini, Xalifalik e’lon qilishga va uning «La ilaha illallohu Muhammadur Rosululloh» bayrog’ini baland ko’tarishga tayyor ekanliklarini bilsak, u holda, buning uchun harakatimizni hargiz ayamaymiz. Ikkala guruhni ham bitta nizom, to’g’ri yo’lni tutuvchi Xalifalik davlati nizomiga birlashtirishga tayyor turibmiz. Biz bu masalani o’z o’rnida hal qilishga, ya’ni Xalifalik barpo etib, uning barqarorligi, xavfsizligi va omonligini ta’minlashga, Misrni yangidan – o’z Robbisi bilan kuchli, dini bilan aziz bo’lgan – Allohning O’z eridagi Kanonasi qilib qaytarishga qodirmiz, insha Alloh. Zero, bunday Kanona Alloh dushmanlarining belini sindiradi, Islomga, musulmonlarga, ahli zimmaga yomonlikni istagan har bir kimsani yo’q qiladi.

Biz nima deyayotganimizni yaxshi bilamiz, yaxshi anglaymiz va kim Hizbut Tahrirni, uning moziysiyu hozirini bilsa, bunga iqror bo’ladi, shundan keyin Allohning O’zi g’olib…

Yarashish va yarashtirish mana shu, biz shunday tartibda qadam tashlaymiz. Zora ikkala tomon qiyinchilik va mushkulliklarga duch kelganlaridan so’ng, Ummat muammolarining to’g’ri echimi Xalifalik nizomi ekanini, O’z bandalarini bu dunyo va oxiratda nima isloh etishini yaxshi biluvchi, dono Robbul olaminning nizomini tushunib etsalar, ajab emas. Zora, ikkala tomonning bunga rozi bo’lishlari ushbu Ummatning ulug’ tarixining qaytishiga, ya’ni Alloh Taoloning:

«Siz insonlar uchun chiqarilgan eng yaxshi Ummat bo’ldingiz, ma’rufga buyurasiz, munkardan qaytarasiz va Allohga imon keltirasiz» [Oli Imron 110]

degan tarixi qayta vujudga kelishiga sabab bo’lsa, Xalifalik qayta barpo bo’lib, Islom va musulmonlar aziz bo’lsalar, kufr va kofirlar xor bo’lishsa, dunyoning hamma tomoniga ezgulik yoyilsa ajab emas. Bu Allohga aslo qiyin emas.

So’zimizni tugatar ekanmiz, biz mana shu tomonlarning bizga bergan sifatlarini yaxshi anglab turibmiz. Ulardan biri bizni «tush ko’rayotgan odamlar», desa, ikkinchisi «ularni dinlari aldab qo’ydi kimsalar», dedi, uchinchisi «ular Amerika va G’arb hukmronlik qilayotgan olamdan boshqa olamda yashashadi», desa, to’rtinchisi «Xalifalik bo’lgan va tugagan, aslo qaytmaydi», dedi…

Lekin, shu bilan bir vaqtda, biz Alloh Subhanahuning ushbu kalomini ham idrok etmoqdamiz:

«Alloh sizlardan imon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarga xuddi ilgari o’tgan zotlarni xalifa qilganidek ularni ham er yuzida xalifa qilishni va ular uchun O’zi rozi bo’lgan dinini g’olib qilishni hamda ularning (ahvolini) xavfu-xatarlaridan so’ng tinchlik-xotirjamlikka aylantirib qo’yishni va’da qildi. Ular Menga ibodat qiladilar va Menga biron narsani sherik qilmaydilar. Kim mana shu (va’da)dan keyin kufroni (ne’mat) qilsa, bas ular itoatsiz kimsalardir» [Nur 55]

Imom Ahmad va Abu Dovud Tiyolisiy Huzayfa ibn Yamondan rivoyat qiladi, Rosululloh s.a.v. bunday marhamat qildilar:

«إِنَّكُمْ فِي النُّبُوَّةِ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةٌ عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا عَاضًّا فَيَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ يَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ مُلْكًا جَبْرِيَّةً فَتَكُونُ مَا شَاءَ اللَّهُ أَنْ تَكُونَ ثُمَّ يَرْفَعُهَا إِذَا شَاءَ أَنْ يَرْفَعَهَا ثُمَّ تَكُونُ خِلَافَةً عَلَى مِنْهَاجِ النُّبُوَّةِ ثُمَّ سَكَتَ».

«Payg’ambarlik sizning orangizda Alloh xohlaganicha turadi, so’ng uni O’zi xohlagan paytda ko’taradi, so’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi va u Alloh xohlaganicha turadi, so’ng uni O’zi xohlagan paytda ko’taradi, raiyyatiga zulm va adolatsizliklar etadigan podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlaganicha turadi, so’ng uni O’zi xohlagan paytda ko’taradi, so’ng zolim va zo’ravon podshohlik bo’ladi va u Alloh xohlaganicha turadi, so’ng uni O’zi xohlagan paytda ko’taradi, so’ng payg’ambarlik minhoji asosida Xalifalik bo’ladi». So’ng Rosululloh s.a.v. sukutga cho’mdilar.

Har bir esli, xushli, oqil va tafakkurli inson anavilarning gaplari asossiz botil bo’lib, aqli raso kishilar nazdida qadrsiz ekanini, Alloh Subhanahu va Rosuli s.a.v.ning so’zlari albatta bo’ladigan haq ekanini yaxshi biladi.

«Haqdan keyin nima bor, faqat zalolat bor, xolos, bas, qay tarafga burilib ketmoqdasiz?!» [Yunus 32]

Xullas kalom, biz vaziyatni kuzatamiz va ikkala guruhdan imkon topganimiz bilan bog’lanamiz, shoyad, shundan keyin Alloh biror ishni paydo qilsa, ajab emas.

«Alloh taqvodor bo’lgan va go’zal amallar qiluvchi zotlar bilan birgadir» [Nahl 128]

«Biz er yuzida xorlangan kishilarga marhamat qilishni, ularni peshvo zotlarga aylantirishni va ularni vorislar qilishni istaymiz» [Qasas 5]

«Alloh O’z ishida g’olibdir lekin odamlarning ko’plari (buni) bilmaydilar» [Yusuf 21]

11 muharram 1434h

14 noyabr 2013m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.