“IShID” bahonasida Islom diniga qarshi kurash

426
0

AQSh rejasi asnosida paydo bo’lgan “Islomiy davlat”ga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan Amerika boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning asosiy maqsadi shar’iy asosidagi Xalifalik davlatini vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslik ekanligi aniq bo’lib bormoqda. 30 sentyabrdan boshlab “ID”ga qarshi harbiy harakatlarni boshlagan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ham buni tasdiqlab o’tdi.

Sergey Lavrovning aytishicha, qo’shma harakatlardan asosiy maqsad Xalifalik davlatini vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslik.

Shu maqsadda Rossiya BMT xavfsizlik kengashida Suriya bo’yicha maxsus loyiha ishlab ham chiqdi. Lavrovning so’zlariga ko’ra, loyihadan maqsad “ID”ga qarshi kurashayotgan barcha kuchlar faoliyatini muvofiqlashtirishdan iborat.

Lavrov Rossiya AQSh, Saudiya Arabistoni, Eron, Misr, BAA, Qatar davlatlari bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini aytib, Yevropa ittifoqi va Xitoy ham hamkorlik qilishga tarafdor ekanligini ma’lum qildi.

Sergey Lavrovning aytishicha, “ID”ga qarshi kurashda Iroq, Suriya qurolli kuchlari, kurd jangarilari va Suriya qurolli muxolifati harakatlarini birlashtirish zarur.

Lavrovning ma’lum qilishicha, qo’shma harakatlardan maqsad “Xalifalik davlatini vujudga kelishiga yo’l qo’ymaslik”dan iborat.

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ham “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning Suriyada harbiy harakatlarni boshlashidan asosiy maqsadini bayon qildi.

“Biz Rossiya xalqini terrorchilik xavfidan himoya qilmoqdamiz, chunki bu ishni mamlakat ichida qilgandan ko’ra chet elda qilgan ma’qulroq”, – dedi Medvedev.

Uning eslatib o’tishicha, Rossiya “oxirgi 20 yilda terrorchilikka qarshi kurashning og’ir tajribasiga ega bo’lgan”.

Turkiston:

Rossiya hukumati, dunyoni chalg’itmoqchi bo’layapti. Xalifalik, tariqatga muvofiq, jihodiy harakatlar bilan vujudga kelmaydi.

Shomdagi jihodiy harakatlar, mudofaa jihodi bo’lib, islomiy yurtga tashqaridan bostirib kirib kelayotgan harbiy quvvatga qarshi yoki ichkaridagi zolim hukumat Musulmonlarning ustilariga harbiy yurish qilsa, ularga qarshi olib boriladi. Bu jihod Xalifa bilan ham, u yo’q bo’lganida ham olib borilaveradi. Ya’ni mudofaa jihodi Xalifalikni tiklash ta’riqati (sunnatga asoslangan yo’li) emas. Bu alohida shar’an vojib bo’lgan amal bo’lib, kufr quvvatlari bostirib kirishi bilan bu jihodni hayotda tatbiq qilish uchun illati topilgan bo’ladi. Ya’ni bu jihodni muayyan mintaqadagi Musulmonlar uchun farz qilgan holatiga kelib qolishi, muayyan mintaqaga kufr asosidagi harbiy uyushmaning bostirib kirishi natijasida, ularni o’z vatanlari oila va fuqorolarni himoya qilishdagi shar’iy majburiyatlari oqibatida paydo bo’ladi.

Kufr olami, jihodiy harakatlarni o’zlari atayin avjiga chiqarishayapti desak ham bo’ladi. Chunki ular bosqinchiliklarini to’xtatishmas ekanlar, Musulmonlar iymonlaridan kelib chiqib, bu zulmlarga qarshi jihod bilan chiqishga majbur bo’laverishadi.

Lekin Lavrov aytayotgan Xalifalik davlati vositasidagi Islomni hayotimizga qaytishi uchun uni Mabda’ (sistema) sifatida qabul qiladigan ummatni tayyor bo’lishi zarur. Bu ummat mujohidlar bo’ladimi, armiya askarlarimi, fizik yoki fiqh olimimi yoki boshqa sohalardagi Musulmonlarmi farqi yo’q, barchasi bir tomonlama fikrlaydigan, islomiy mafkura asosida yashashimizni talab qila boshlashlari lozim bo’ladi. Ya’ni ummat, Islom asosida uyg’onib, jamiyatning har bir sohasida islomiylashishni talab qila boshlaydi. Bu holatni vujudga kelishi yakuniga etishi, kufr olamining ustimizdagi zumlarining nihoyasiga etganini anglatadi.

Lavrov va boshqa kufr asoschilari, bizni Islom davlati mana shu ID tashkiloti kabi jihodiy harakatlar orqali hayotimizga kirib keladi deb chalg’itmoqchi bo’lishayapti. Bu kabi jihodiy harakatlarni bizlarning ko’z o’ngimizda qirib yuborib, Musulmonlarni ruhan tushkunlikka tushurib qo’yishmoqchi bo’lishadi. Lekin biz Musulmonlar yaxshi anglab etishimiz kerakki, Islomni hayotga qaytishi alohida shar’iy hukm bo’lib, faqat Payg’ambarimiz SAV sunnatlariga muvofiq amalga oshadi. Shuning uchun biz Musulmonlar kufr etakchilarining gaplaridan ta’sirlanmay, butun dunyoda islomiy fikriy va siyosiy kurashlar vositasida sunnatga muvofiq ish olib borishda davom etaverishimiz vojib.

Kufr olami Musulmonlarni, o’zlariga qarshi kurash faqat Suriyada harbiy qarshiliklar asosida jadal olib borilayapti deb ishontirmoqchi bo’lishayapti. Lekin unday emas, kufr hozirda butun dunyoni bosib oldi.Suriyada esa, Musulmonlarga qarshi ochiq moddiy harbiy qatag’on olib borayapti.

Islomni hayotimizga Xalifalik davlati vositasida olib kelish uchun harakatlar nafaqat Suriyada balki dunyoning yarmidan ko’p qismida Hizb ut Tahrir va uni qo’llab kelayotgan Musulmonlar tomonidan olib borilayapti. Kufr olami bu haqiqatni hatto salbiy ko’rinishda e’lon qilishdan ham o’zlariga qarashlik matbuotlarni man qiladi. Negaki kufr sistemasi Islom mafkurasiga qarshi kurashda mag’lub bo’lgan. Shuning uchun bugungi kufr sistemasi o’zining barcha harakatlarini, shu mag’lubiyatini oshkor qilib yuborishdan va yana bu mafkuraviy kurashga qayta kirib qolishdan ehtiyot bo’lish asosida olib boradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.