Isroil askari 18 yoshli muslima qizni otib o’ldirdi

467
0

18 yoshli Huday Muslemun tong saharlab Falastinning al-Halil shahrida joylashgan nazorat postiga yaqinlashar ekan, Isroil askarlarining qarshiligiga duch keldi. Isroilning qo’rqoq askarlaridan biri sovuqqonlik bilan yosh qizga o’q uzdi. Avtomat o’qidan jarohat olgan qiz hushini yo’qotib erga yiqildi.

Isroil askarlari qurolsiz qizga nomardlarcha o’q uzgani etmaganday, tez yordam mashinalari kelib yarador qizni shifoxonaga olib ketishiga ham izn berishmadi. Huday yarim soat chamasi yarador holda qarovsiz qoldi. Shundan so’ng shifoxonaga etkazilib, reanimatsiya bo’limiga yotqizilgan muslima qiz Avtomat o’qidan olgan jarohati tufayli olamdan o’tdi.

Isroilning qo’rqoq askarlari falastinlik yosh muslima qizni o’zlariga pichoq bilan hujum qilganlikda ayblashmoqda. Biroq hodisa yuz bergan chog’ida olingan tasvirlar Isroil askarlarining da’vosi g’irt yolg’ondan boshqa narsa emasligini qo’rsatmoqda.

Guvohlarning Nyu-York tayms gazetasiga aytishicha, falastinlik qiz so’mkasini Isroil nazoratchisiga ko’rsatmoqchi bo’lgan paytda Isroil askari tarafidan otib tashlangan.

Bechora qiz yarim soat ingranib tuproqqa belanib yotar ekan, “Ey Mo”tasim! qaerdasan”, deyishga ham tili bormadi. Chunki Mu’tasimning o’rnini ellikdan ortiq malay hokimlar egallab olgan. Bu hokimlarning qaysi biri mazluma qizning faryodiga qo’loq solib, hech bo’lmaganda Isroilga tik boqib “daf bo’l bu erdan” deyishga jur’at qila olishi mumkin? Turkiya prezidenti Erdug’onmi?! Vaholangki u Suriyaning musulmon aholisini qirg’in qilish uchun AQSh bilan hamkorlik qilib, unga Injirlik havo bazasini ochib berdi. U erdan havoga ko’tarilgan AQShning qiruvchi samalyotlari IShID bahonasida shariat qonunlarini talab qilayotgan xolis musulmonlarni qirg’in qilmoqda. Yoki Saudiya qiroli Salmonmi?! Vaholangki u musulmonlarning mablag’iga kelgan qurollarni kufrga qarshi emas, balki Yamandagi musulmonlarni qirg’in qilish uchun ishga solayotganiga butun dunyo guvoh bo’lib turipti. Qolgan malay hokimlar ham xuddi shunday. AQSh yoki G’arb davlatlari chizib bergan chiziqdan bir qarich ham chetga chiqa olishmaydi. Yoki Abu Bakr Bag’dodiymi?! Vaholangki u shu vaqtgacha yahud vujudiga qarata bitta o’q otish uyoqda tursin, Isroilning jinoyatlarini biror marta tilda bo’lsa ham tanqid qilgan emas.

Xullas ishonch bilan aytish mukinki, Mu’tasim kabi musulmonlarning haqiqiy yagona Xalifasi bo’lmas ekan, bu zulmlar davom etaveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.