Qirg’iziston shahidlari safi kengayib boryapti

485
0

Har bir qiladigan ishi va bosadigan qadamini Rossiyaning qosh-qovog’i va xohish-istagiga qo’ra amalga oshiradigan Qirg’iziston hukumati ham rus hukumati ortidan borib hech qanday dalil isbotsiz 2003 yili Hizb ut-Tahrir jamoasi faoliyatini mamlakat hududida taqiqlab qo’ydi. Qirg’izistonda hukumatlar, prezidentlar birin-ketin almashayotgan bo’lsada ularning Islom va musulmonlarga qarshi xususan, Islom dinini o’z tuzumiga ega mabda sifatida ko’tarib chiqayotgan Hizb ut-Tahrir yigit-qizlariga qarshi olib borayotgan jirkanch kurashini kundan-kunga kuchaytirsa kuchaytiryaptiki, aslo susaytirgani yo’q. Chunki, Hizb yigitlari ko’tarib chiqayotgan fikr va g’oya hukumat halovatini olib qo’ydi, shu sababli ham rasmiy hukumat Hizb yigit-qizlarini turli xil bo’hton va tuhmatlar bilan qamoqqa tashlagani etmaganidek, zolim zindonlarida birodarlarimizni o’z g’oya va fikrlaridan qaytarish maqsadida turli qiynoqlarni ham qo’llab kelmoqda.

Shunday qiynoqlar ortidan 1969 yil 15 noyabrda Jalolobod viloyati Bozorqo’rg’on tumani Shomoldisoy qishlog’ida tug’ilgan birodarimiz Qulmirzaev Qodirali Ramazonovich o’tgan yili –Allohning izni bilan –shahidlik martabasiga erishgan edi. Oradan bir yil o’tib rasmiy hukumat o’zining qonsiraganini yana bir bor ko’rsatishi oqibatida 18 sentyabr kuni Bishkek qamoqxonalarining birida 1974 yil 8 yanvarda Shomoldisoyda tug’ilgan birodarimiz Jusupbekov Murotbek Toychubaevich ham shahidlar karvoniga qo’shildi.

Birodarimiz Jusupbekov Murotbek Hizb ut-Tahrir jamoasining faol a’zolaridan biri edi. Kuchli iroda, tebranmas iymonga ega bo’lgan birodarimizning Alloh hukmlarini oliy qilish uchun Hizb safida tinimsiz harakat qilishi hukumat nazaridan chetda qolmadi. Qirg’iziston hukumati uning faoliyatiga chek qo’yish maqsadida ketma-ket qamoqqa tashlay boshladi. Birodarimizni dastlabki qamoqqa olinishi 2003 yilda Akaev hukumati tomonidan amalga oshirilgan va 4 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Birodarimizni birinchi marotaba qamoqqa olinishida rozilikni Alloh xuzuridan emas, balki Uning maxluqi xuzuridan izlagan Bachebaev Kenesh zo’r jonbozlik ko’rsatgan edi.

Qamoqdan chiqqanidan so’ng ham o’z axdida qat’iy turib faoliyatini to’xtovsiz davom ettirgani uchun 2009 yilda Bakiev hukumati tomonidan qayta qamoqqa tashlandi. 2014 yilda esa Atambaev hukumati ham uni yana qayta qamoqqa oldi. Bu safar rasmiy hukumat uning da’vat faoliyatiga uzil-kesil chek qo’yishga qaror qildi va birodarimiz ularning zulmlari ortidan – Allohning izni bilan – shahidlik martabasiga erishdi. Garchi biz uning vafotidan qalblarimiz iztirobga to’la bo’lsada Allohning rozi qiluvchi so’zdan o’zga so’zni so’zlamaymiz:

“Albatta, barchamiz Allohnikimiz va albatta, barchamiz Unga qaytguvchidirmiz” [Baqara 156]

O’z navbatida birodarimizning oila a’zolariga, xususan Murodning 5 farzandi va ularning tarbiyasi zimmasida qolib borayotgan singlimiz Nargiza Moldalievaga chuqur ta’ziyamizni izhor etamiz.

Rasmiy hukumatga esa shuni eslatib o’tamizki, ularning zulm va adolatsizliklari Hizb ut-Tahrir yigit-qizlarini o’z e’tiqod va g’oyalaridan aslo qaytara olmaydi, insha Alloh. Rasmiy hukumat agar Hizb a’zolariga qarshi kurashyapmiz deb o’ylashayotgan bo’lsa qattiq adashishadi, ular Islom va musulmonlarga qarshi, xossatan Alloh va Rosuliga qarshi kurashishmoqda. Chunki din Allohniki bo’lib, Alloh esa O’z ishida doimo g’olibdir.

“Albatta Alloh va Rosuli chizgan chiziqdan chiqqan kimsalar – ana o’shalar eng xor kimsalar qatoridadirlar. Alloh (Lavhul-Mahfuzga): “Shak-shubhasiz Men O’z rosullarim bilan birga g’olib bo’lurman”, deb yozib qo’ygandir, albatta Alloh kuchli, qudratlidir” [Mujodala 20-21]

Hizb ut-Tahrirning Qirg’izistondagi matbuot bo’limi

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.