Tojikiston islomiy liboslarni haqoratlash va taqvoli muslimalarni jinoyatchiga chiqarishni ko’zlagan milliy siyosatni boshladi
Joriy yil 19 avgustda «Osiyo Plyus» elektron sayti Tojikiston poytaxti Dushanbeda parlament a’zolari, diniy peshvolar, ichki ishlar xodimlari, tadbirkorlar, hokimlar va boshqa taniqli shaxslar ishtirokida yig’in bo’lib o’tgani, yig’inda muhim masalalar, jumladan, islomiy ekstremizmning kuchayib borayotgani masalasi mubohasa qilingani to’g’risida maqola chop etdi. Maqolada Dushanbe shahri hokimi Muhammadsaid Ubaydullaev yig’in ishtirokchilaridan diniy ekstremizm va terrorizm ko’rinishlariga qarshi kurashda yordam so’ragani, bu kurashga shaharning barcha fuqarolarini chaqirgani aytiladi. Ubaydullaev ayni chaqirig’ida hukumat mas’ullariga muslima ayollarning hijob, niqob singari tojik millatiga «yot» bo’lgan va islomiy libos sifatida tanilgan kiyimlarning chetdan olib kelinishiga, sotilishiga chek qo’yish to’g’risida ochiqdan-ochiq ko’rsatma berdi.
Alloh Taoloning amrini bu darajada yomon ko’rish, Qur’oni Karim qadriyatlariga va Muhammad A sunnatlariga bunchalar e’tiroz bildirish, mudom aksilislomiy tuyg’ular hisoblanadi. Bu Imomali Rahmonovning 2015 yil fevral «Onalar kuni»da qilgan ma’ruzasidagi quyidagi so’zlarida aks etgan: «Qadim asrlarda ayollarimiz chiroyli ko’ylaklar kiyishgan, qizlarimiz bir kun ham bunaqangi qora kiyimlar kiyishmagan, bizning an’anamizga ko’ra, qora kiyim olqishlovga sazovar emas». Tojik hukumatida manmanlik va korruptsiya darajasi g’oyat yuqorilab ketdi, shu darajadaki, u g’oyat iflos kufr qonunlarini tiqishtirishga ham tayyor hukumatga aylandi. Ayniqsa, rasmiy televidenieda go’yo ko’chada hijob kiyib olib, muayyan turdagi mijozlarni jalb qilish uchun tanasini sotayotgan ayollar to’g’risida ko’rsatuv namoyish qilindi! Astag’firulloh!!
La havla va la quvvata illa billah!! Nahotki, bu buzuq rejim iflos ishlarga mutlaqo aloqasi yo’q pokiza muslima ayollarimizni shunday ochiqdan-ochiq sharmandali axloqsiz ishlarga taqqoslashga jur’at qilsa!?
Biz Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar bo’limi a’zolari tojik rejimining muslima ayollar libosi bilan bog’liq masalada chiqarayotgan bunday jirkanchli qarorlarini, muslimalar libosini axloqsiz ishlarga bog’lashini va bu libosga terrorchilik tamg’asini bosishini… keskin qoralaymiz. Bu g’ayriinsoniy va g’ayriislomiy buzuq ilmoniy liberal qadriyatlarni tatbiq qilishdan, mustahkamlashdan boshqa narsa emas. Tojik hukumati insonlarga tatbiq etayotgan bu qadriyatlar aslida hamma rasvolikning, yovuzlikning o’chog’idir, jamiyatda beqarorlik kelib chiqishining sababchisidir. Aynan shu qadriyatlar korruptsiyachi rahbarlarni keltirib chiqardi va yurtda fasod, buzg’unchilik tarqatdi, jumladan Islomga qarshi dushmanlik paydo qildi.
Bundan tashqari, G’arbning bunday yot, liberal ilmoniy qadriyatlarini muslima ayollarga tatbiq etish jamoat joylarida avratlarni ochib yurishni oddiy holga aylantirib qo’yadi.
Biz Tojikistondagi musulmonlarni islomiy libosni chetdan olib kelish va kiyishga qo’yilgan bunday taqiqni rad etishga da’vat qilamiz. O’z navbatida, Tojikistondagi muslima opa-singillarimiz bilan bir safda turgan holda, tojik hukumatining ayollar va ularning haq-huquqlari hisobiga o’z iqtisodiy manfaatlarini amalga oshirayotgan mustamlakachi G’arb hukumatlari minadigan tayyor ulovga aylanib qolganini fosh etamiz.
Shuningdek, barcha muslima ayollarga Payg’ambarlik minhoji asosidagi roshid Xalifalikni barpo etish farz ekanini eslatamiz. Zero, yolg’iz Xalifalikkina siz muslimalar liboslaringizni himoya qiladi va sizni mukammal islomiy turmush kechirishingizga muvaffaq qiladi.
يُرِيدُونَ لِيُطْفِؤُوا نُورَ اللَّهِ بِأَفْوَاهِهِمْ وَاللَّهُ مُتِمُّ نُورِهِ وَلَوْ كَرِهَ الْكَافِرُونَ
«Ular Allohning nurini og’izlari bilan o’chirmoqchi bo’lishadi, Alloh esa, garchi kofirlar istamasalar-da, O’z nurini to’la yoyguvchidir» [Saf 8]
Hizb ut-Tahrirning markaziy matbuot bo’limi ayollar qismi
Uyali telefon: 00961 71 72 40 43
Faks: 00961 130 75 94
Elektron pochta: media@hizb-ut-tahrir.info