Ratni Suriya masalasini hal qilish uchun yo’lga chiqdi

414
0

AQShning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili Maykl Ratni Suriya inqirozini hal qilish uchun Rossiyaga qarab yo’l oldi. Ratni 2 sentyabrgacha davom etadigan safarida aynan shu masala bo’yicha Rossiyadan so’ng Saudiya arabistoniga, undan so’ng esa BMTga mezbonlik qilayotgan Jenevaga boradi. U Jenevada BMTning Suriya masalasi bo’yicha xos vakili Steffan De Mistura bilan uchrashadi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Mariya Zaxarova Moskvaga kelgan AQSh vakili rus hamkasbi Mixail Bagdanov bilan uchrashib, Suriya masalasi bo’yicha muhokama olib borishini bildirdi. AQSh tashqi ishlar vazirligining so’zchisi Jon Kirbi ham Suriya masalasi bo’yicha bir nechta variantlar ko’rib chiqilishini bildirdi.

“To’g’ri, Suriya masalasini hal qilishda qarashlarimiz o’zgacha. Biroq umid qilamizki, siyosiy echimga erishish uchun Rossiya bilan hamkorlik qilish imkoniyati mavjud. Biz bunga ishonamiz”, dedi Jon Kirbi.

Ratni yangi mansabini egallagandan buyon Suriya masalasi bo’yicha birinchi marta safar qilmoqda. U qanchalik muvaffaqiyatga erishish yoki erishmasligi hozircha ma’lum emas. Shu vaqtgacha Suriya masalasini AQSh va G’arb foydasiga hal qilish uchun bir qancha mutaxassislarning ko’rsatgan jonbozliklari puchga chiqdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.