AQSh O’zbekistonga “IShID”ga qarshi koalitsiyaga qo’shilishni taklif qildi

395
0

“kun.uz” saytining xabar qilishicha, AQSh O’zbekistonga “IShID” guruhiga qarshi tuzilgan xalqaro koalitsiyaga qo’shilishni taklif qildi.

AQSh davlat kotibining Markaziy Osiyo bo’yicha yordamchisi o’rinbosari Deniel Rozenblyum O’zbekistonga tashrifi chog’ida ushbu taklifni bildirdi.

Uning ta’kidlashicha, koalitsiya harbiy sohagagina yo’naltirilmay, balki radikallarni moliyalashtirishga qarshi kurashni, ularning saflariga yanada ko’proq odamlar qo’shilishining oldini olishni ham ko’zda tutadi.

Bundan oldinroq, 27 avgust kuni O’zbekiston TIV binosida Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo’yicha yordamchisi o’rinbosari Daniel Rozenblumni qabul qilgani haqida xabar berilgandi.

O’zbekiston hukumati hozircha bu taklifga biron rasmiy munasabat bildirgani yo’q.

Turkiston:

AQSh O’rta Osiyo respublikalari ustidan Rossiya nufuzini sindirishda O’zbekistondan foydalanishga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. AQShning bu taklifi amaliy jihatdan ko’ra ko’proq ramziy ma’noni anglatib, yana bir bor Rossiyani jig’iga tegish uchun bo’lgan harakatdan boshqa narsa emas. Chunki, xalqaro koalitsiya “IShID”ga qarshi quruqlikda amaliyot olib borayotgani yo’q. Shu sababli ham o’zbek qurolli kuchlari unda ishtirok etolmaydi. O’zbekiston harbiy havo kuchlarini esa Suriya osmonlarida tasavvur qilishni o’zi qiyin.

Undan tashqari, AQSh O’zbekistondagi haydab chiqarilgan harbiy ba’zasini ortga qaytarishga ham urinib ko’radi. O’IX tashkilotining Afg’onistonda turib “ID” rahbarini Xalifa deb tan olib, unga bay’at berishi, Gulnora Karimova atrofidagi jinoiy qilmishlarini, qaytadan Yevropa yurtlarida AQSh yuristlari tomonidan jonlantirishga qaratilgan harakatlar, bularning barchasi, yuqorida aytilganidek, AQShning O’zbekistondagi o’z manfaatlarini kuchaytirishga qaratib, xalqaro siyosatdagi nufuzidan foydalanib yo’naltirib kelayotgan harakatlaridir.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.