“Ozodlik” radiosining xabar qilishicha, 20 avgust kuni kechki 6.30larda o’z uyidan avval Qorasuv militsiyasiga, so’ngra O’sh shahar militsiyasiga olib ketilib, tungi soat 11largacha so’roq qilingan Abdulloh militsionerlar tomonidan kaltaklanganini aytmoqda.
Qorasuvlik Abdulloh Nurmatov xonadoniga 20 avgust kuni 18.30larda o’zlarini militsiya hodimlari deb tanishtirgan 4 kishi kelgan va Abdullohga “sen bir videoga tushib qolibsan, borib ko’rib kelamiz, senmi yoki yo’q”, deb olib ketishadi. Abdullohning yaqinlariga militsionerlar guvoh sifatida olib ketilayotganini aytishadi. Bu borada Ozodlikka 21 avgust kuni Abdulloh Nurmatovning o’zi aytib berdi.
Unga ko’ra, Qorasuv militsiyasida “video tushirilgan kompyuterni O’shga olib ketishibdi, o’sha erga boramiz” deb, Abdullohni O’sh shahar Ichki ishlar boshqarmasiga olib borishgan.
O’sh militsiyasida undan “Odnoklassniki” tarmog’idagi profilining parolini berishni so’rashadi. Abdullohning iddao qilishicha, advokat ishtirokisiz parolni bermasligini aytganidan so’ng uni militsiya xodimlari kaltaklagan. Abdullohga ko’ra, u shundan so’ng advokat ishtirokisiz profili parolini bergan:
– O’zlari turli suratlarni chiqarib olishib, “men shularga “klass” bosganman, do’stlarimga tarqatganman deb”, yozasan deb yozdirishdi. Men yozib berdim. Keyin o’zlarini telefonida Suriyaga telefon qilib berishdi. “Sen hozir: Assalomu alaykum! Jihodlar bo’layaptimi birodarlar, deb gapirasan”, deyishdi. Men gapirmadim. Undan keyin, meni kompyuter oldiga o’tqizib, men mana bu suratlarga “klass” bosganman, do’stlarimga tarqatganman”, dedirib videoga olishdi, – deydi Abdulloh Nurmatov.
Turkiston:
Qirg’iziston hukumati musulmon yoshlar o’rtasida radikal oqimlarga qo’shilib ketayotganlar ko’payib borayotganidan tashvish bildirib kelayotgan bo’lsada, bu muammoni xal etish chorasi sifatida Islom va musulmonlarga qarshi olib borayotgan kurishini tobora kuchaytirib bormoqda. Kuch organlari esa bu kurashni o’zlari uchun daromad manbaiga aylantirib olishdi.
Abdulloh Nurmatov bilan tushgan vaziyat kuch organlari tomonidan birinchi marta sodir bo’layotgani yo’q. Bundan oldin ham Qirg’iziston kuch organlari asosan o’zbek millatiga mansub yoshlarni turli xil ayblovlar bilan qo’lga olib, ularning qo’l telefonlaridan “taqiqlangan videoyozuvlar topilgani”ni bahona qilib, qiynoq va qo’rqitishlar orqali yoshlardan tushintirish xatlari yozdirib olib ularning yaqinlaridan 10 ming dollargacha pul undirishgani haqida xabarlar etib kelgan edi.
Bunday adolatsizlik va chorasizlikdan ilojsiz qolgan yoshlar esa najotni asosan Yaqin Sharq o’lkalarida davom etayotgan qurolli mojarolarda ko’rishmoqda. 2010 yilda sodir bo’lgan O’sh voqealari va bu voqealar ortidan shundoq ham nohaqliklar qurboni bo’lgan yoshlarning aksari “qaynoq nuqtalarga” borib qo’llariga qurol olishga majbur bo’lishgan edi. Bunday nohaqliklar sodir bo’lmasidan oldin qo’shni Afg’oniston va boshqa islomiy yurtlarda davom etayotgan qurolli harakatlarga –O’zbekiston yoshlaridan farqli ravishda – Qirg’iziston yoshlari jiddiy rag’bat bildirishmagan va bunday harakatlar safiga borib qo’shilishga intilmagan edi. Biroq hukumat sukuti ostida kuch organlari tomonidan sodir etilayotgan zo’ravonliklar bugungi yoshlarni dunyo qarashlarini keskin o’zgartirib yubordi.
Yuqorida aytganimizdek, rasmiy hukumat yoshlarni radikallashib, qurolli guruhlar safiga qo’shilib ketayotganidan tashvish bildirayotgan bo’lsada, aynan soxta “islomiy davlat” xataridan ogohlantirib kelgan “As-Sarahsiy” masjidi imomi Rashod qori Kamolovni hech bir aybsiz qamoqda ushlab kelmoqda. Aynan Rashod qori Kamolov Qirg’iziston diniy ulamolari ichida birinchilardan bo’lib musulmonlarni, xususan yoshlarni “islomiy davlat” fitnasidan ogohlantirgan va ularni bu harakat safiga qo’shilib qolishdan qaytargan edi. Rashod qori, Qirg’iziston fuqorolarining Suriyaga chiqib ketishayotganlarining asosiy sabablaridan biri, organ xodimlarining xossatan yosh yigit qizlarga nisbatan olib borishayotgan zo’rovonlik xatti xarakatlaridan deb rasman e’lon qilgan edi. Kamolov, Xukumatning bir necha rasmiy majlislaridan nutq so’zlab, o’ning oldiga bir qancha musulmon odamlar, organ xodimlari tomonidan ularga nisbatan qattiq zulm qilishayotganidan shikoyat qilib kelishganlarini aytgan. Ular 8 mingdan 10 ming dollorgacha pul talab qilishayotganidan shikoyat qilishgan emishlar. Men ularni bu gaplaridan keyin, qanday qilib tashqariga chiqib ketishlaridan qaytarib qolishga axlim etmay qoldi degan edi Roshod kamolov. Bu bayonotlar, aslida xech kimga sir bo’lmagan, lekin xamma xam uni gapirishga jur’t qila olmaydigan xaqiqatlardan biri edi.
Rasmiy hukumat esa hozirga qadar do’st kimu dushman kimligini farqlay olmay kelmoqda. Xukumat bu muammoni xal etishni yana kuch organlariga topshirib qo’ydi. Ular esa, muammoni battar chigallashtirib yuborishdi. Kuch organlari o’ta kuchli mafiyalashib, Roshod qori singari bir qator, fuqorolarga zulm qilish ortidan shaxsiy daromad orttirishlariga to’siq bo’lib turgan shaxslarni qamab yoki yurtdan quvib solishayapti.