AQSh Turkiyadan hursand, ammo rozi emas

387
0

AQSh mudofaa vaziri Eshton Karter Turkiya Injirlik harbiy bazasini Amerika harbiylariga ochib berishi bilan muhim qadam tashlaganligini ta’kidlar ekan, AQSh bundan juda mamnun ekanligini ma’lum qildi. Karterning izohlashicha, Turkiyaning bu qadami AQShning ko’zini quvontirgan bo’lsa-da, biroq buning o’zi etarli emas, AQSh Turkiyadan juda ko’p ishlarni kutmoqda. AQShning istagiga ko’ra, Turkiya faqatgina harbiy bazani ochib berish bilan kifoyalanmay, musulmonlarni havodan qirg’in qilishda ham faol ishtirok etishi lozim.

“Ular havo hujumlariga ham ishtirok etishlari lozim. Shuningdek chegarani nazorat qilish borasida ham jiddiy harakat olib borishlari kerak”, dedi Voshingtonda tashkil qilingan matbuot anjumanida Turkiya haqida so’z yuritgan AQSh mudofaa vaziri.

“Anqara juda ko’p ishlar qilinishi kerakligini aytmoqda. Yetarlicha kech qolindi. Chunki koalitsiya bir yildan beri kurashib kelmoqda, hamda jiddiy kuch sarflashmoqda. Faqat buning o’zi etarli emas. Ko’proq natija ko’rishni istaymiz”, dedi Eshton Karter so’zini davom ettirib.

Alloh subhanahu va Taolo Qur’oni karimda bu kimsalar haqida

وَلَنْ تَرْضَى عَنْكَ الْيَهُودُ وَلَا النَّصَارَى حَتَّى تَتَّبِعَ مِلَّتَهُمْ

“Yahudiy va nasroniylar ularning diniga kirmaguningizcha hargiz sizdan rozi bo’lmaydilar”, deya naqadar rost so’zladi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.