AQSh davlat kotibi yordamchisi Qozog’istonga keladi

489
0

AQSh davlat kotibi yordamchisi Tomas Kantrimen 27-28 avgust kunlari Qozog’iston va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan Kamto’yintirilgan uran bankining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Qozog’istonga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda AQSh davlat departamenti.

Marosimda ishtirok etishdan tashqari, Kantrimen tashrif doirasida Qozog’iston tashqi ishlar vaziri Yerlan Idrisov va energetika vaziri Vladimir Shkolnikov bilan yadro qurolining tarqalmasligi masalasini muhokama qilish uchun uchrashadi.

Shuningdek, Kantrimenning Qozog’iston xalqaro ilmiy-texnik markaziga ham tashrif buyurishi xabar qilingan.

Bundan avval davlat departamenti vakilining Meksika (24-25 avgust), keyin esa 31 avgust-1 sentyabr kunlari Sloveniyada bo’lishi rejalashtirilgan.

Qozog’iston va Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikda Kamto’yintirilgan uran bankini tashkil etish to’g’risidagi kelishuv 2015 yil avgust oyi oxirida imzolanishi iyun oyida e’lon qilingan edi. 11 iyunda MAGATE boshqaruv kengashi ushbu xabarni rasman tasdiqladi.

Manba: kun.uz

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.