Ukraina harbiy dastak talab qilmoqda

425
0

86456Ukraina prezidenti Aleksandr Turchinov Kanada davlatini Ukrainaning strotegik hamkori degan e’tiborda Kanada bosh vaziri Stiven Xarperdan harbiy dastak talab qildi.

Ommaviy axborot vositalari tarqatgan xabarga ko’ra Aleksandr Turchinov Ukraina poytaxti Kievda Stiven Xarperdan harbiy yordam so’ragan.

“Davlatimiz nafaqat ma’naviy yordam, balki, strotegik hamkorlarimiz tarafidan hamda erlarimiz yaxlitligini va hokimiyatimizni kafolatlagan davlatlar tarafidan ko’rsatiladigan harbiy texnikaviy dastakka ham muxtojdir”, degan Turchinov Xarper bilan uchrashuvi chog’ida.

Ayni paytda Oq uy Rossiyani darhol Ukrainaning yangi hukumati bilan muzokara boshlashga chaqirmoqda. AQSh milliy xavfsizlik majlisi nomidan gapiruvchi shaxs Laura Lukas Magnussonga ko’ra, Ukraina harbiylariga etayotgan insoniy talofat uchun Rossiya armiyasi javobgardir.

Britaniya tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg esa Rossiyani buzg’unchilikda ayblar ekan, Britaniya va uning ittifoqdoshlari Rossiyaga qo’llaniladigan doimiy embargo haqida o’ylab ko’rishlari lozimligini ta’kidladi. Unga ko’ra, bu aloqalar oxirgi 20 yil ichida qabul qilingan qarorlardan farq qilishi lozim.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.