Saudiya Arabistoni zindonlarida qamalib yotgan 359 nafar Islomiy ulamolar va da’vatchilarning nomlari forum saytlarida e’lon qilindi. Saytda keltirilishicha, Saudiya zindonlarida mahbuslikdan aziyat chekayotgan ulamolar va da’vatchilarning soni ruyxatda keltirilgan nomlar bilan cheklanmaydi. Qamoqxonalarda ulardan tashqari nomlari aniqlanmagan bir qancha ulamolar mavjud.
Uzoq muddatlardan buyon zindonlarda saqlanib kelayotgan ulamolar va da’vatchilar jihod hukmini qo’llab quvvatlaganligi va Saudiya hukumatining siyosatiga qarshi chiqqanligi sababli Saudiya rejimining qahriga uchragan. Saytda e’lon qilingan ulamolar ro’yxati boshida Sulaymon al-Ulvanning nomi o’rin olgan.
Shayx Sulaymon xalqaro maydonda tanilgan, xususan hadis sohasida e’tiborga molik ulamolardan biridir. Zabardast ulamo ibn Hajar Asqaloniydan so’nggi buyuk muhaddislardan sanalgan Sulaymon al-Ulvan Saudiya hokimlarining siyosatiga qarshi chiqqanligi uchun 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.
Saudiya rejimi Shayx Ulvanga ikki narsani e’lon qilishi evaziga qamoqdan ozod etilishini va’da qilgan edi. Birinchisi Saudiya hokimlarini shar’iy musulmon hokimlar deb e’lon qilish. Ikkinchisi Saudiya konstitutsiyasini qirol tarafidan qo’yilgan qonunlar emasligini va shariatga mos kelishini e’lon qilish. Sulaymon al-Ulvan “Boshimni tanamdan judo qilsangiz ham men bu gaplarni aytmayman”, deya Saudiya hokimlarining talablarini rad etib keladi.
Saudiya zindonlarida yotgan yana bir olimning ismi Nosir al-Fahddir. Al-Fahd hofizi Qur’on va diniy sohada etuk olim bo’lishi bilan birga kitob ut-tis’a (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Tirmiziy, Nasafiy va ibn Moja rivoyat qilgan hadis kitoblaridan tashkil topgan to’qqiz kitobni) to’liq yod olgan muhaddis olimdir. Shuningdek bu olim Imom Ahmad bin Hanbalning “Musnad”i, Dorimiyning “Sunan”i va Imom Molikiyning “Muvatto”sini ham yod olgan. Akademik sohada uning qalamiga mansub 65 dona kitobi mavjud.
Nosir al-Fahd 2001 yilning oktyabr oyida AQSh boshchiligida Afg’onistonga qarshi boshlangan hujumlar haqida “Musulmonlarning zarariga AQShga yordam berganlarning kofirligi”, nomli kitob yozdi. U o’zining mazkur kitobida Saudiya rejimini qattiq tanqid ostiga olib, “Musulmonlarga qarshi olib borilayotgan bu salb yurishida Musulmonlarning zarariga kofirlarning safida turib jang qilgan har qanday kimsa kofirdir”, deb yozganligi uchun Saudiyaning bosimlarida duchor bo’ldi.