Injirlikdan havoga ko’tarilgan harbiy samalyotlar tinch fuqarolarni nishonga oldi

1483
0

Turkiya hukumati AQShning Suriyada amalga oshiradigan hujumlari uchun Injirlik havo bazasidan foydalanishga rasman izn berishi ortidan AQShga oid harbiy samalyotlar bazaga joylashtirila boshladi. Bir necha kun avval AQShning 6 dona F-16 rusumli qiruvchi samalyotlari Injirlik havo bazasiga kelib qo’ndi. Ularning ortidan yana ikki dona C-5 va KC-135 qiruvchi samalyotlar ham Injirlikka joylashtirildi. O’tgan haftadan e’tiboran 300 harbiy mutaxassis olib kelina boshladi. Rejaga ko’ra, ortda qolgan 24 dona harbiy samalyotlar ham yakin kunlarda Injirlikda bo’ladi.

AQSh boshchiligida turli davlatlardan tashqil topgan koalitsiyaga yaqinda Turkiya ham rasman qo’shildi. AQSh va Turkiya rasmiylari mintaqadagi “terrorist”larga qarshi zarba berish uchun shunday qadam tashlayotganliklarini da’vo qilishmoqda.

Ammo kuni kecha aynan mana shu Injirlik harbiy bazasidan havoga ko’tarilgan AQShning qiruvchi samalyotlari tinch fuqarolarni qirg’in qildi. Suriyaning Idlib shahriga qarashli Atme hududida tinch fuqarolar kolitsiya hujumlarining qurboniga aylandi. Mahalliy manbalarning bildirishicha, havo hujumi oqibatida tinch aholidan kamida 16 kishi halok bo’lgan. Og’ir jarohat olganlar ham bor. Halok bo’lganlarning soni yana ortishi mumkin.

Atme mintaqasi Turkiya hududlaridan 2km uzoqlikda joylashgan. Turkiyaga chegaradosh mintaqa bo’lganligi uchun Suriyadan uy-joylarini tashlab chiqqan minglagan qochqinlar aynan shu erga joylashganlar. 70 mingga yaqin qochqinlar jon saqlayotgan Atmeda AQSh hujumi ortidan xavotirlar ancha kuchaygani aytilmoqda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.