Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan
Ahmad Nadhifning qazo va qadar haqidagi savoliga javob
Savol:
Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, «Taysir fi usuli tafsir» kitobining (arabcha matndagi) 44 sahifasida quyidagilar kelgan: «… Yoki naqliy bo’ladi, ya’ni Alloh Subhanahu tomonidan ekanligi qat’iyligi U Zotning Kitobi Karimida naql qilinishi orqali bo’ladi yoki Rosululloh A tomonidan ekanligi qat’iyligi Payg’ambar Adan rivoyat qilingan mutavotir hadisda naql qilinishi orqali bo’ladi. Masalan, g’ayb narsalarga, farishtalarga, oldin nozil qilingan kitoblarga, o’tgan payg’ambarlarga, oxirat kuniga, qadarning yaxshisi va yomoniga imon keltirish kabi. Alloh Taolo Niso surasining 136 oyatida aytadi:
﴿يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا آمِنُوا بِاللَّهِ وَرَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِي نَزَّلَ عَلَى رَسُولِهِ وَالْكِتَابِ الَّذِي أَنْزَلَ مِنْ قَبْلُ وَمَنْ يَكْفُرْ بِاللَّهِ وَمَلَائِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ فَقَدْ ضَلَّ ضَلَالًا بَعِيدًا﴾
«Ey mo’minlar, Allohga, uning payg’ambariga va shu payg’ambariga nozil qilgan Kitobiga hamda ilgari nozil bo’lgan Kitoblariga imoningiz komil bo’lsin. Kimki Allohga, farishtalarga, kitoblariga, payg’ambarlariga va oxirat kuniga ishonmasa, demak, u juda qattiq adashibdi» [Niso 136]
Payg’ambar A esa Jibril alayhis salomning imon haqidagi savoliga javob berar ekanlar bunday dedilar:
«أَنْ تُؤْمِنَ بِاللهِ وَمَلاَئِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَاليَوْمِ الآخِرِ وَالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَشَرِّهِ مِنْ اللهِ تَعَالَى»
«Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg’ambarlariga, oxirat kuniga, qadarning yaxshisi ham, yomoni ham Alloh Taolodan deb imon keltirishingdir»». Menda bir savol bor, aniq tushuntirib berishingizni sizdan iltimos qilaman. Agar mazkur hadis mutavotir bo’lsa, hatto qadarga bo’lgan imon uning asosiga qurilsa, u holda nega mazkur hadis Islomiy shaxsiya kitobining 1 jildida, islomiy aqida haqidagi bahsda kelmagan? Aksincha kitob muallifi rohimahullohu Taolo qazo va qadarga bo’lgan imon aqliy dalil ustiga qurilishini aytgan.
Alloh sizni eng yaxshi mukofot bilan mukofotlasin, Vassalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh.
Javob:
Va alaykum assalam va rohmatullohi va barokatuh,
Javob berishdan oldin men e’tiboringizni ikki ishga qarataman, bu ikki ish sizga tushunarsiz bo’lgan ko’rinadi, bu ikki ish: oyatlar va hadislarda kelgan «qadar» so’zi va «qazo va qadar» istilohi (iborasi)dir. Ikkalasi bitta mavzu emas, ikki mavzudir. Shuning uchun nizom kitobida yoki shaxsiya kitobida siz o’qigan «qazo va qadar» mavzusi siz savol bergan hadisda kelgan «qadar»dan farq qiladi.
Endi sizning savolingizga quyidagi javobni beraman:
1 – Muslim rivoyatida kelgan Nabiy Aning Jibril alayhis salomning imon haqidagi savoliga javoban:
«أَنْ تُؤْمِنَ بِاللهِ وَمَلاَئِكَتِهِ وَكُتُبِهِ وَرُسُلِهِ وَاليَوْمِ الآخِرِ وَالْقَدَرِ خَيْرِهِ وَشَرِّهِ»
«Allohga, Uning maloikalariga, kitoblariga, rosullariga, oxirat kuniga imon keltirishing va qadarning yaxshisiga ham, yomoniga ham imon keltirishing» degan hadisiga kelsak u mutavotir hadis emas, balki sahih ohod xabardir, shu bilan birga uni siz savolingizda aytgan «Taysir fi usuli tafsir» kitobidagi o’rinda dalil qilib keltirilganligi u sahih dalil keltirishdir. Chunki bu erda imon keltirish talab qilingan narsaga dalil qilib keltirildi, imon keltirish talab qilingan mavzuga dalil qilib keltirilmadi. Zero, Islomga imon keltirish talabi oyat bilan va Rosululloh Adan rivoyat qilingan hadis bilan va hatto Rosululloh A yuborgan maktub bilan ham bo’ladi. Rosul A o’zi podshohlarga yuborgan elchilar bilan birga maktublarni o’sha podshohlarni Islomga da’vat qilib yuborgan edilar…
2 – Lekin qadar aqidadan ekanligiga, shuning uchun uni inkor qilgan kimsa kofir ekanligiga hujjat qoim qilish paytida va u (qadar) Alloh ilmi ekanligini hamda har bir narsa azaldan Lavhul Mahfuzda yozib qo’yilganligini isbot qilish paytida qat’iy dalillarga suyaniladi. Shuning uchun bu paytda qadar azaldagi taqdir ma’nosida ekanligi to’g’risidagi qat’iy oyatlar zikr qilinadi, ya’ni eru samodagi qanday narsa bo’lmasin hammasini Alloh azaldan bilishi, ularni azaldan taqdir qilib qo’yganligi va azaldan Lavhul Mahfuzda yozilganligi haqidagi qat’iy oyatlar zikr qilinadi… Bu qat’iy oyatlardan ba’zilari ushbulardir: Alloh Taolo dedi:
﴿إِلَّا امْرَأَتَهُ قَدَّرْنَا إِنَّهَا لَمِنَ الْغَابِرِينَ﴾
«Faqat uning xotiniga (najot yo’qdir). (Chunki) Biz (ya’ni, Alloh) uning (azob-uqubatda) qolguvchilardan bo’lishini taqdir qilib qo’yganmiz» [Hijr 60]
Bu oyatdagi قدّر kalimasining ma’nosi azaldagi taqdirdir. Alloh Taolo dedi:
﴿وَمَنْ يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا﴾
«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, (Allohning) O’zi unga etarlidir. Albatta Alloh O’zi (xohlagan) ishiga etguvchidir. Darhaqiqat Alloh barcha narsa uchun qadar qilib qo’ygandir» [Taloq 3]
Bu oyatdagi har bir narsa uchun qadar bor degan so’zning ma’nosi har bir narsa uchun bir taqdir va belgilab qo’yilgan vaqt bor, demakdir, bunda azaldagi taqdir ko’zda tutiladi. Alloh Subhanahu va Taolo yana dedi:
﴿قُلْ لَنْ يُصِيبَنَا إِلَّا مَا كَتَبَ اللَّهُ لَنَا هُوَ مَوْلَانَا وَعَلَى اللَّهِ فَلْيَتَوَكَّلِ الْمُؤْمِنُونَ﴾
«Ayting: Bizga faqat Alloh biz uchun yozib qo’ygan narsagina etur. U bizning hojamizdir. Bas, imonli kishilar faqat Allohgagina suyansinlar!» [Tavba 51]
Bu oyatning ma’nosi «bizga faqat Alloh azalda yozib qo’ygan va bizga taqdir qilib qo’ygan narsagina etadi, biz Allohga tavakkul qiluvchilarmiz» demakdir. Alloh Taolo dedi:
﴿وَمَا مِنْ دَابَّةٍ فِي الْأَرْضِ وَلَا طَائِرٍ يَطِيرُ بِجَنَاحَيْهِ إِلَّا أُمَمٌ أَمْثَالُكُمْ مَا فَرَّطْنَا فِي الْكِتَابِ مِنْ شَيْءٍ﴾
«Yerda sudralib yurgan har bir jonivor, osmonda qanot qoqayotgan har bir qush xuddi sizlar kabi (Bizning qo’l ostimizdagi) jamoalardir. Kitobda (ya’ni taqdiri azal kitobida) biron narsani qo’ymay (yozganmiz)» [An’om 38] Bu oyatning ma’nosi «ular ham sizlarga o’xshash ummatlardir, sizlarning rizqlaringiz, ajallaringiz va amallaringiz yozib qo’yilganidek ularning rizqlari, ajallari va amallari ham yozib qo’yilgan, Lavhul Mahfuzda biron narsani qoldirmasdan va biron narsadan g’ofil bo’lmasdan (hammasini yozib qo’ydik)» demakdir. Lavhul Mahfuz Kitob deb ataldi, ya’ni har bir narsa Lavhul Mahfuzda yozib qo’yilgan. Bu esa Alloh ilmidan kinoyadir, ya’ni qanday narsa bo’lmasin hammasini Alloh biladi. Alloh Taolo yana dedi:
﴿عَالِمِ الْغَيْبِ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِي السَّمَاوَاتِ وَلَا فِي الْأَرْضِ وَلَا أَصْغَرُ مِنْ ذَلِكَ وَلَا أَكْبَرُ إِلَّا فِي كِتَابٍ مُبِينٍ﴾
«G’aybni bilguvchi Parvardigordir. Osmonlar va erdagi bir zarra misolichalik, undan ham kichik (yoki) katta biron narsa (Undan)dan mahfiy bo’lmas — albatta ochiq Kitobda (ya’ni, Allohning azaliy yozmishi — Lavhul-mahfuzda u) mavjud bo’lur» [Saba’ 3]
Ya’ni Lavhul mahfuzda hammasi yozib qo’yilgan. U shu oyatning o’zini dalil qilish bilan Alloh ilmidan kinoyadir.
3 – Shuni ham aytish kerakki, bu ma’nodagi qadar, ya’ni azaldagi taqdir yoki Lavhul Mahfuzda yozib qo’yilishlik yoki falon ishning bo’lishini Alloh Subhanahuning bilishi amal hosil bo’lishida Alloh ilmiga suyanib qolish, amal qilish vositalarini olmaslik yoki sabablar va musabbabotlarga kirishmaslik ma’nosini anglatmaydi. Chunki Alloh ilmi hech kimsaga kashf bo’lmaganki (ochilmaganki), biron kimsa bir ish bo’lishini yoki bo’lmasligini bilsa. Shuning uchun biron narsaning bo’lishini yoki bo’lmasligini oldindan bilish mumkin emas, faqat uni qilish vositalariga kirishib uni amalga oshirilganidan keyingina bilish mumkin. Ana shundan keyin amal bo’lishi yoki bo’lmasligi jihatidan bo’lgan voqelik ochilib ma’lum bo’ladi. Shuning uchun biron kimsaning Alloh ilmiga suyanib amalni tark qilishi to’g’ri bo’lmaydi, bu sahobalarga mushkul-tushunarsiz bo’lgan paytda Rosul A ularni suyanib qolmaslik to’g’risida ogohlantirib ularni amal qilishga buyurganlar. Buxoriy Ali karammallohu vajhahudan ushbuni chiqardi:
«فَقَالَ رَجُلٌ مِنْ الْقَوْمِ: أَلاَ نَتَّكِلُ يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: لاَ، اعْمَلُوا فَكُلٌّ مُيَسَّرٌ، ثُمَّ قَرَأَ: فَأَمَّا مَنْ أَعْطَى وَاتَّقَى الآيَةَ»
«Shunda qavmdan bir kishi: (Alloh ilmiga) suyanmaymizmi yo Rosululloh? – dedi. Payg’ambarimiz: yo’q, amal qilinglar, har bir kishi muyassar qilingandir, dedilar so’ngra: «فَأَمَّا مَنْ أَعْطَى وَاتَّقَى», degan oyatni qiroat qildilar». Bu hadis qadarga bo’lgan imon suyanib qolishni anglatmasligini ochiq aytib turibdi. Chunki qadar va yozib qo’yilganlik, ya’ni Alloh ilmi xalqdan hech kimga ochilmaydi, shunday ekan qaysi narsaga suyaniladi?
Shuning uchun Rosululloh A o’zidan: suyanmaymizmi? – deb so’ragan kishiga: yo’q, deb javob berdilar, ya’ni uni Alloh ilmiga suyanishdan qaytardilar va bu bilangina kifoyalanmay balki unga: amal qilinglar, deb ham aytdilar, ya’ni uni amal qilishga buyurdilar. Shuning uchun demak qadarga bo’lgan imon amal qilmaslikni anglatmaydi.
Qadar haqidagi savolingizga javob aniq bo’lgan bo’lsa kerak, deb umid qilaman.
Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta
7 shavvol 1436h
23 iyul 2015m