Qaytaruv aqdni botil qilishiga sahobalarning ijmo qilganliklari

467
0

Hizb ut-Tahrir amiri olim, shayx Ato ibn Xalil Abu Roshtaning Feysbuk sahifasidagi ziyoratchilarning bergan savollariga javoblaridan (fiqhiy) (حمدي الحسيني) Hamdiy Husayniyning qaytaruv aqdni botil qilishiga sahobalarning ijmo qilganliklari haqidagi savoliga javob

Savol: Qadrli olim Ato ibn Xalil Abu Roshta hafizahulloh, assalamu alaykum va rohmatulloh.

«Islomiy shaxsiya» kitobining 232 sahifasida bunday deyilgan:

«Sahoba Glar ham aqdlarning fosid va botil bo’lishiga qaytariqni dalil qilishgan. Jumladan, Ibn Umar Alloh Taoloning

وَلَا تَنْكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ

«Mushrika ayollarni nikohingizga olmang» [Baqara 221]

degan kalomini mushrik ayollar nikohining fosid bo’lishiga hujjat qilgan va uni hech kim inkor qilmagan. Shu bilan bu narsa ijmo bo’lib qolgan». Savolim – barokallohu fikum – shuki, dalil ya’ni oyat aniq ko’rsatib turgan bo’lsa-yu, bu ish qanday ijmo bo’lishi mumkin? Vassalamu alaykum va rohmatulloh.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh.

Savolingizga javob yanada aniqroq bo’lishi uchun, siz so’rayotgan matnni to’la keltirmoqchiman. Bu esa «Ish harakat va aqdlardan qaytarish», nomli mavzuda kelgan:

«Savdo-sotiq, nikoh kabi, ahkomlari ifodalangan ish harakat va aqdlardan qaytarish yo aqdning o’ziga qaytadi yoki boshqasiga qaytadi. Agar ish harakatdan ham, aqddan ham boshqasiga qaytsa, xuddi juma kuni azon aytilgan vaqtda savdo-sotiq qilishdan qaytarilgani kabi, u holda, aqdga ham, ish harakatga ham ta’sir qilmaydi, ya’ni ularni botil va fosid qilmaydi. Agar qaytariq ish harakatining o’ziga yoki aqdning o’ziga qaytsa, shubhasiz, u aqdga ham, ish harakatga ham ta’sir qiladi va ularni botil yoki fosid qiladi. Qaytariqning ish harakatiga ta’sir qilib, uni botil yo fosid qilishiga dalil Rosululloh Aning ushbu so’zlaridir:

 «مَنْ عَمِلَ عَمَلاً لَيْسَ عَلَيْهِ أَمْرُنَا فَهُوَ رَدٌّ»

«Kimki biz buyurmagan ishni qilsa, uning ishi rad qilingandir». (Imom Muslim ashlab chiqqan). Undagi «rad qilingandir», so’zidan murod «to’g’ri emas, maqbul emas», degan ma’noni hamda qaytarilgan narsa buyurilmagan ish ekanini va u dindan emasligini anglatadi. Rad qilingani botillik va fosidlikdan boshqa narsani anglatmaydi. Sahoba Glar ham aqdlarning fosid va botil bo’lishiga qaytariqni dalil qilishgan. Jumladan, Ibn Umar Alloh Taoloning

 وَلَا تَنْكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ

«Mushrika ayollarni nikohingizga olmang» [Baqara 221]

degan kalomini mushrik ayollar nikohining fosid bo’lishiga hujjat qilgan va uni hech kim inkor qilmagan, shu bilan bu narsa ijmo bo’lib qolgan. Bunga yana bir dalil, sahobalar sudxo’rlik aqdining fosid ya’ni botil bo’lishiga Alloh Taoloning

 وَذَرُوا مَا بَقِيَ مِنَ الرِّبَا

«Sudxo’rlik sarqitlarini tark qiling» [Baqara 278] degan kalomini hamda Rosululloh Aning

«لاَ تَبِيعُوا الذَّهَبَ بِالذَّهَبِ وَلاَ الْوَرِقَ بِالْوَرِقِ»

«Oltinni oltinga, kumushni kumushga sotmanglar» (imom Muslim rivoyati), degan so’zlarini dalil qilganlar. Bularning barchasi qaytariq ish harakatiga ta’sir qilishiga va uni fosid yoki botilga aylantirishiga dalildir. Biroq qaytariq tark qilishga bo’lgan qat’iy talab bilan haromlikni ifodalasagina ish harakatga ta’sir qiladi. Ammo qaytariq haromlikni emas, makruhlikni ifodalasa ish harakatlarga ham, aqdlarga ham ta’sir qilmaydi. Chunki ta’sir haromni ifodalash jihatidan keladi. Ish harakati va aqdni harom qilish uni botil yoki fosid qilib qo’yadi».

Ushbu matnni o’rganish natijasida shu narsa ayon bo’lyaptiki, bu mavzudagi ijmo sahoba Glarning ijmoi bo’lib, u Alloh Taoloning

وَلَا تَنْكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ

«Mushrika ayollarni nikohingizga olmang» [Baqara 221]

degan kalomidagi qaytariq mushrika nikohi aqdini fosid va botil ekanini ifodalashiga qilingan ijmodir. Ibn Umar G mushrikalar nikohining botil bo’lishiga ushbu oyatni dalil qilib keltirdi. Buni sahobalardan birortasi inkor qilmadi. Bu esa sahobalarning shar’iy nususlardagi aqd va ish harakati bilan bog’liq qaytariq aqdning yoki ish harakatining fasod bo’lganini anglatadi, degan fikrda bo’lganlarini anglatadi. Bu esa oyatning to’g’ridan to’g’ri dalolatidan boshqa narsa. Oyat esa mushrikaga uylanishdan qaytarilganini bevosita ko’rsatib turibdi. Biroq sahobalar bunga qo’shimcha, ushbu oyatdagi qaytariq aqdning fosid ya’ni botilligiga dalolat qilayotganiga ijmo qildilar. Bu esa ijmo o’rnidir. Oyat buni ko’rsatib o’tmagan, balki buni ijmo bayon qilmoqda.

Keling, buni yanada yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun ikki masalani sizga keltirib o’tay:

Birinchi: Bir kishi sizdan mushrikaga uylanish joizmi, deb so’rasa, siz joiz emas, deb javob berasiz. Shunda buning dalili nima, deb so’raydi, siz esa Alloh Taoloning

 وَلَا تَنْكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ

«Mushrika ayollarni nikohingizga olmang» [Baqara 221]

oyati bilan javob berasiz.

Ikkinchi: Bir kishi mushrikaga uylangan bo’lsa va sizdan shunday davom etaveramanmi, yoki nima qilaman, deb so’rasa, oyatning o’zi bilan javob berishingiz kifoya qilmaydi. Siz unga Alloh Subhanahu

وَلَا تَنْكِحُوا الْمُشْرِكَاتِ

«Mushrika ayollarni nikohingizga olmang» [Baqara 221]

deya bundan qaytargan, desangiz, u sizga – bundan keyin hargiz bunga o’xshash ishni qilmasligini aytadi va o’zidagi mavjud mushrika xotini to’g’risida so’raydi… Shuning uchun ham javob mukammal bo’lishi uchun siz – ushbu oyati karimadagi qaytariq aqdni botilligini anglatishiga ijmo qilingan, deyishingiz kerak bo’ladi. Ya’ni unga xotini bilan o’rtalaridagi nikoh aqdi botil bo’lganini, shu sababli aqdni buzishlari lozimligini, chunki ushbu oyatdagi qaytariq aqdning botilligini ifodalashiga ijmo qilinganini aytasiz.

Ko’rib turganingizdek, ushbu oyati karimani zikr qilib, unda qaytariq borligini aytsangiz, so’ng ijmo bo’yicha bundan aqdning botilligi tushunilishini qo’shimcha qilsangizgina javob mukammal bo’ladi. Agar sahobalar ushbu qaytariq aqdning botilligini ifodalaydi, degan ijmoga bormaganlarida edi, siz o’sha kishining mushrika xotiniga nisbatan nima qilish kerakligi to’g’risidagi savoliga javob berolmay qolar edingiz. Ushbu masala sizga ayon bo’ldi, deb o’ylayman.

Birodaringiz Ato ibn Xalil Abu Roshta

17 jumodus-soniy 1437h

26 mart 2016m

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.