Yaqin tarixdan ma’lumki, 1995 yilda Bosniya va Gertsegovinada musulmonlarga qarshi ommaviy qirg’in uyushtirildi. O’n minglab musulmonlar qatl qilindi. O’n minglab ayollar, jumladan voyaga etmagan kichik yoshli qizchalar zo’rlandi. Muslimalarni ommaviy zo’rlash uchun alohida lagerlar qurildi. Ming¬lab muslima ayollar serb askarlari uchun cho’rilarga aylantirildi. Xalqaro kuchlar askarlari qachon ko’ngli tusasa, bu ayollarni ko’ngil xushlik qilishlari uchun olib ketishlari mumkin edi. Son sanoqsiz go’daklar so’yildi. Saraevodagi jomelarning birida 1000 yosh bola tiriklayin yoqib yuborildi.
O’shanda Srebrenitsa shahri mazlumlar uchun “Xavfsiz mintaqa”, deb e’lon qilindi va shahar nazorati BMT nomidan Gollandiya bataloniga topshirildi. Biroq jon saqlash ilinjida Srebrinitsaga qochib kelgan musulmonlar BMTning ko’z o’ngida qirg’inga uchradi. 8 mingdan ortiq bosniyalik musulmon erkaklar va o’g’il bolalar qirib tashlandi.
“Xavfsiz mintaqa”, deb e’lon qilingan Srebrenitsa shahrini BMT nomidan Gollandiya bataloni nazorat qilar edi. Shuning uchun Gollandiya eng ko’p tanqid ostida qolgan davlatlardan biri bo’ldi.
Bugunga kelib Srebrenitsa xunrezligi haqida yangi-yangi ma’lumotlar o’rtaga chiqa boshladi. So’nggi oshkor bo’lgan ma’lumotlarga ko’ra, AQSh va Britaniya Srebrenitsadagi qatliomdan bir necha hafta avval xabardor bo’lgan.
Keyingi olingan xabarga ko’ra, 1995 yil 25 may kunida AQSh, Britaniya va Frantsiya davlatlarining rahbarlari telefon orqali bog’lanib havodan yordam ko’rsatmaslikka kelishib olishgan va bu bitim maxfiy qolishi haqida qaror qilingan. Iyun oyida esa havo hujumidan xotirjam bo’lgan serblar qatliom uyushtirishgan. Oqibatda 8 mingdan ortiq musulmonni ayovsizlarcha qirib tashlangan.
Bir necha kun avval Gollandiya televideniyasi “Serebrenitsa nima sababdan quladi” nomli ko’rsatuv namoyish qildi. Ko’rsatuvda chiqish qilgan Gollandiyaning sobiq mudofaa vaziri Yoris Voorhoeve AQSh, Britaniya va Frantsiya davlatlari o’rtasida maxfiy bitim bo’lganligini tasdiqlidi. Shuningdek u qatliomning oldini olish uchun BMT havodan yordam ko’rsatishga to’sqinlik qilganligi haqida ham aytib o’tdi. Sobiq mudofaa vaziriga ko’ra, Gollandiya batalonining qo’mondoni Ton Karremans bir necha bor havodan yordam so’rab BMTga murojaat qilgan, ammo barcha talablar rad etilgan. BMT buning uchun biror mantiqli sabab ham ko’rsatmagan.
“Agar BMT Srebrenitsada havodan yordam kelishiga ruxsat berganda edi, jamoiy qirg’inning oldini olish mumkin bo’lardi. Buning sababini o’zimga ham tushuntirib bera olmayman”, deydi Gollandiyaning sobiq mudofaa vaziri.