Rossiya prezidenti Vladimir Putin Amerikaning mustaqillik bo’lgan kuni munosabati bilan AQSh Prezidenti Barak Obamaga tabriknoma bitilgan telegramma yo’lladi. Putin telegrammada Moskva va Voshington o’rtasidagi aloqalar dunyo barqarorligi uchun kalit hisoblanishini bildirdi.
“Prezident Putin o’zining qutlov telegrammasida Rossiya va AQSh o’rtasidagi aloqalar – garchi ba’zi masalalarda o’zaro ixtilof mavjud bo’lsa ham – butun olam barqarorligi va xavfsizligi uchun muhim omil bo’lib qolishiga alohida e’tibor qaratdi”, deyiladi Kremldan berilgan bayonotda.
Rossiya prezidenti milliy xavfsizlik strotegiyasini mamlakat duch kelayotgan xatarlarga munosib ravishda o’zgartirishga chaqirdi. Prezident Putin bu haqida Rossiya xavfsizlik majlisi yig’ilishida aytib o’tdi. Putinga ko’ra, Rossiyaga qaratilgan bosimlar sabablari ma’lumdir. U ham bo’lsa Rossiya o’zining ichki va tashqi siyosatida mustaqil yo’l tutishiga va o’z suverinitetida boshqalar bilan hisoblashmasligiga borib taqaladi.
Moskvaning tashqi siyosati borasida prezident Putin xususan quyidagilarni ta’kidlab o’tdi; “Rossiya xalqaro masalalarda tenglik asosida hamkorlik qilishga tayyordir. Ayni paytda iqtisodiy va insoniy aloqalarni ham kuchaytirishga chaqiradi…”, “Bizning tashqi siyosat borasidagi yondashuvimiz o’zgarishsiz qolaveradi. Biz tenglik asosida hamkorlik qilishga va xalqaro masalalarni muolaja qilish borasida mushtarak ish yuritishga tayyormiz. Hamkorlarimiz bilan boshqalarning suverinitetiga va milliy xavfsizligiga putur etkazmagan holda o’zaro manfaatlarni hurmat qilish asosida aloqalarimizni davom ettiramiz”.
Turkiston:
Putin, otdan tushsa ham egardan tushmagan siyosiy chavandozni eslatayapti. U AQShga hatto biroz tahdidli noma yo’llash bilan, dunyoni mustamlaka qilib olgan mintaqalarida, xalqaro siyosatdagi etakchi davlatlar aro yashirin bitimlariga rioya qilishini talab qilayapti. Putin bu bayonoti bilan Yevropa davlatlariga tahdid qilib qo’ymoqchi. Chunki AQSh Rossiya bilan munosib muomila qilmasa va taqiqlov sanktsiyalarini olib tashlamasa, ayni Yevropa mintaqasi urush maydoniga aylanish arafasida turipti.
O’z navbatida AQSh harbiylaridan bir necha etakchi darajadagi mulozimlar ham, Rossiyaga ochiq tahdid qiluvchi bayonotlar bera boshlashdi. Voshingtonda AQSh bosh shtab boshqarmasining rahbari Martin Dempsi, Rossiyaga qarshi “mudofaa va xavfsizlik” strotegiyasi asosidagi hujjat loihasini taqdim etdi. Bu hujjatda asosan Rossiyani Qrimni anneksiya qilib bosib olganlikda ayblab, uni bu mintaqadan siqib chiqarish rejalari ishlab chiqilgan.
Putin ham Qrim masalasiga urg’u berib, bu uning hayotiy masalasi ekanini va Rossiya Qrim uchun Ukrainaga urush ochib yuborishi mumkin ekaniga ishora qildi.