Unitilayotgan dardni yangilashdan kimga foyda?

384
0

Yulduz Usmonova tomonidan Qirg’iziston davlatini mahallaga o’xshatilishi ijtimoiy tarmoqlar orqali qizg’in baxs-munozaraga sabab bo’lmoqda. Yulduz Usmonovaning “Amerika ovozi”ga bergan intervyusida bildirgan fikri va BMT bosh kotibi Pan Gi Munning O’zbekistonga qilgan safari mobaynida prezident Islom Karimov tomonidan 2010 yilgi O’sh voqealari aybdorlarini jazolash haqidagi bayonoti bilan qandaydir bog’liqlik bormi?

Ha, O’sh voqealari O’rta Osiyoning og’riqlik nuqtasiga aylandi. Bu og’riqli nuqtadan siyosiy kuchlar yoki katta davlatlar o’z geosiyosiy o’yinlarida unumli foydalanishga harakat qilishi tabiiy. Karimov ham Pan Gi Mun bilan bo’lgan uchrashuvi vaqtida O’sh voqealari aybdorlarini topib jazolash masalasini ko’tarishi Qirg’iziston o’zbeklarini o’ylab emas, balki “qo’rqqan oldin musht ko’taradi” qabilida ish tutib, o’z yurtida sodir bo’layotgan qonun buzilishlaridan chalg’itish maqsadida mavzuni shu tomonga burdi. Yulduz esa kimningdur manfaati uchun sayramoqda.

Zulmlardan to’ygan, o’z haqqini talab talab qilib namoyishga chiqqan tinch aholini yirik kalibirli avtomatlar bilan o’qqa tutib, qirg’in qilishni nima bilan oqlash mumkin? O’z xalqini qirgan diktatorni oqlashga uringan bu artist asta-sekinlik bilan aloqalari qayta tiklanayotgan Qirg’izistondagi ikki millat o’rtasiga yana qayta rahna solish o’rniga, chindan ham o’z xalqini, uning dardu-xasrati haqida gapirmoqchi bo’lsa, O’zbekistonda sodir bo’layotgan adolatsizliklar, qonun buzilishlari, sodir etilgan xunrezliklarni ochib bermaydimi? Yo’q, bu haqda gapirish unga buyurilmagan.

Shuning uchun ham Qirg’iziston xalqi har qanday g’alamislarning ig’volariga, shirin so’zlariga uchmay, voqea-xodisalarga islomiy nuqtai nazardan turib baho bermog’i kerak. Aks holda O’rta Osiyo xalqlari boshqalarning manfaati yo’lida o’z farzandlarini qurbon beraveradi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.