Karimov O’sh voqealarini “urush” deb nomladi va o’z noroziligini bildirdi

2344
0

O’zbekiston prezidenti Islom Karimov 2010 yildagi O’sh voqealari hozirgacha tergov qilinmaganidan norozi. U bu fikrini BMT bosh kotibi Pan Gi Munning O’zbekistonga tashrifi davomida bildirdi.

Pan Gi Mun bilan Ko’ksaroydagi uchrashuvda Islom Karimov darhol O’sh voqealari haqida so’z ochdi. Karimov: “2010 yilda Qirg’iziston janubida bo’lgan nizoni voqealar emas, balki urush deb atash mumkin, chunki u erdagi etnik to’qnashuvlarning yuqori darajali keskinlashuvi kuzatildi. Lekin Qirg’iziston hukumati bo’lgan voqea bo’yicha hech qanday xulosa bermadi. Kim urushni boshlagan, kim buyruqni bajarganligi tergov qilinmadi. Bu muammo nafaqat qirg’iz va o’zbek tomonlari uchun, balki butun O’rta Osiyo uchun ham muhim masaladir. Agar jinoiy ish qo’zg’atilib, tergov tugatilmas ekan, O’rta Osiyoda inson huquqlari va barqarorlik to’g’risida gapirishning keragi yo’q”, – dedi va Pan Gi Mundan O’sh voqealariga xalqaro darajada huquqiy baho berishda ko’maklashishni so’radi.

Shuningdek, Islom Karimov O’sh voqealari paytida O’zbekiston o’z chegarasiga qochib kelgan 110 mingta o’zbeklarni qabul qilganini ta’kidladi va jurnalistlarga qarata: “Bu ma’lumotni yaxshilab eslab qolinglar”, – dedi.

O’zbek prezidenti Pan Gi Munga, uning O’shga qilgan safarini shaxsan kuzatganligini, lekin aholi bilan uchrashuv vaqtida O’sh voqealariga huquqiy baho berishning zarurligi to’g’risidagi masalani ko’targanligini ko’rmaganini shama qildi. Karimov O’sh voqealari haqida gapirayotganda tuyg’ularga berilganligi sezildi. Manbaa: Kyrgyztoday.kg

Turkiston:

2010 yildagi Osh voqealari, 2005 yilda ro’y bergan Andijon voqeasi singari ochilmay, unga xalqaro baho berilmay kelayapti. Pan Gi Mun egallab kelayotgan BMT tashkiloti esa, har qanday boshqa xalqaro tashkilotlar kabi, o’z asoschilarining manfaatlari asosida harakat olib borishadi. Yuqoridagi voqe’likni misol qiladigan bo’lsak. Qirg’iziston, Rossiyaning ta’siri ostiga qarab bir necha o’ylamay qadamlar tashlab yubordi. Bu ko’rinishlar, Yevro Osiyo ittifoqi tashkilotiga a’zo bo’lib olishi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlarga bo’lgan bir qator keskin va sovuq munosabatlari kabi bir necha harakatlarida ifoda etib kelayapti.

Pan Gi Mun butun dunyo nomidan Qirg’izistonga, inson huquqlari oyog’osti bo’layotgan davlat deb baho berdi. Bu bahoni u, O’zbekistonda, Karimov singari butun dunyo tan olgan vahshiy diktator huzurida, uning fikrlarini ma’qullab turib dunyo matbuoti orqali bayonot berdi. O’zbekistonda Pan Gi Mun xalq vakillari bilan uchrashgani ham yo’q. Andijon voqeasi haqida, u jinoyatga ham xalqaro baho berilmay kelayotgani haqida og’iz ochishdan ham qo’rqdi. To’g’risi, Karimovdan emas, balki Abamadan qo’rqdi. Negaki unga chizilgan chiziq bo’yicha, Qirg’izistonga bosim berish, Karimov bilan shu bosimda hamkorlik aloqalarini muhokama qilish va aloqani mustahkamlash kabi muhim masuliyat yuklatilgan edi. Qirg’izistonda inson huquqlari haqiqatdan ham buzilayapti. Lekin Pan Gi Mun janoblarining ixtiyori o’zida bo’lganida, Markaziy Afrika davlatlariga safar qilarmidi. U erda mushriklar Musulmonlarni tiriklayin yoqib yuborishayapti. Osiyo davlatlarida ham (Myanmar-Birma) butparastlar Musulmonlarni o’z yurtlarida o’ta vahshiy uslublar bilan quvib chiqarishayapti. Musulmonlarni tirik yoqib yuborishayapti. Atrof qo’shni davlatlar ularni qabul qilishmayapti.

BMT AQShning dunyoni zabt etish quroli bo’lmaganida edi, Pan Gi Mun O’zbek rejimi bilan aloqasi uzulib qolishidan bunchalar qo’rqib muomila qilmagan, uni olib borayotgan iflos siyosati natijalarini to’g’ri Karimovning yuziga ayta olgan bo’lar edi. Yuqoridagi genotsid qilinayotgan, to’g’rirog’i shu genotsidlar boshlanishi va davom etishi uchun yo’l ochib bergan bir qator katta kufr davlatlar to’sqinlik qilib turishmaganida edi, balki Pan Gi Munni O’rta Osiyoda tentirab yurishga vaqti bo’lmagan bo’larmidi!

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.