Putin va Erdogan Bakuda uchrashdi

454
0

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdogan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning taklifiga binoan Bakuga tashrif buyurdi. “Yevropa o’yinlari”ning ochilish marosimiga ishtirok etgan Erdogan o’zining bir qancha uchrashuvlari doirasida ba’zi davlatlarning rahbarlari bilan alohida, yakkama-yakka uchrashuvlar ham o’tkazdi.

Marosimning ikkinchi kunida prezident Erdogan Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi. Erdogan joylashgan “Four Seasons” mehmonxonasida bo’lib o’tgan uchrashuv matbuot uchun yopiq shaklda bo’lib o’tdi. So’ngra bu uchrashuv matbuot vakillarining suratga ola boshlaganidan tortib yana 1,5 soatga yaqin davom etdi. Uchrashuvda Erdagonga Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chuvasho’g’li, energetika va tabiiy boyliklar vaziri Taner Yulduz, prezidentlik bosh kotibining yordamchisi Ibrohim Kalin, transport va dengizchilik aloqalarining sobiq vaziri Binali Yildirim hamroh bo’ldi. Putinga esa Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov hamrohlik qildi.

Turkiya Prezidentiga qarashli manbadan olingan ma’lumotga ko’ra, Erdogan va Putin uchrashuvda ikki taraflama o’zaro aloqalar bilan bir qatorda xalqaro mavzular borasida ham fikr almashganlar. Ikki rahbar Turkiya va Rossiya o’rtasida turli sohalarda, xususan energitika sohasida hamkorlikni yo’lga qo’yish, iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish va tijorat hajmini otrttirish lozimligini ta’kidlaganlar. Suriya, Ukraina, Qrim masalalari va Tataristondagi vaziyat ham boshqa mavzular qatorida muhokama qilingan.

Erdogan “Yevropa o’yinlari” go’zal marosim bilan boshlanganini yuqori baholar ekan, biroq nomi “Yevropa o’yinlari” bo’lgani bilan Yevropadan biror davlatning rahbari bu marosimga ishtirok etmayotganliga e’tiborni jalb qildi. Rossiya prezidenti Putin ham bu borada so’z ochib “Turkiya Yevropa ittifoqining a’zosi sifatida undan vakil bo’lib keldi”, dedi. Prezident Erdogan Putinning bu so’ziga javoban Turkiya hozirgi paytda Yevropa ittifoqining a’zosi emasligini, Biroq a’zo bo’lish yo’lida muzokaralar davom etayotganini tilga olib o’tdi.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.