DYEMOKRATIYA – AHMOQLIK

729
0

بِسْم الله الرَّ حْمن الرَّ حيم

DYeMOKRATIYa – AHMOQLIK

Kofir g’arb musulmonlarning yurtlariga olib kirgan demokratiya Islomga hech qanday aloqasi bo’lmagan kufr nizomidir. Bu nizom o’zining umumiy tushunchalari, mayda tafsilotlari, hosil bo’lish manbai, kelib chiqish aqidasi, qurilgan asosi, olib kelgan fikr va qonunlarida Islom ahkomlariga tamoman ziddir. Shuning uchun, uni qabul qilish ham, (hayotga) tatbiq etish ham, unga da’vat qilish ham musulmonlarga qat’iy haromdir.

Demokratiya g’arb so’zi va atamasi bo’lib, «xalq o’zi chiqargan qonun bilan o’zini boshqarishi»,- demakdir. Ya’ni xalq mutlaq xo’jayin – Siyodat (xo’jayinlik) sohibi ham uning o’zi, hokimiyat tizgini ham uning qo’lidadir. U o’z irodasi bilan o’zi shug’ullanib, uni o’zi boshqaradi. Xalq o’z hokimiyatidan o’zga hokimiyat oldida javobgar emas. Siyodat sohibi degan e’tibor bilan, o’zi saylagan deputatlar vositasida nizom va qonunlarni chiqaradi va bularnn o’zi tayinlagan hokim va qozilar vositasida ijro qiladi. Hokim va qozilar – xalq hokimiyat manbai, degan e’tibor bilan – o’z hokimiyatlarini undan oladilar. Har bir shaxs davlat qurish, hokimlarni saylash, nizom va qonunlar chiqarishda bir xil huquqqa egadir.

Bu aqida beqaror o’rta echim aqidasi bo’lib, u Yevropa va Rossiyadagi qirol va imperatorlar bilan faylasuf va mutafakkirlar o’rtasidagi kurash tufayli vujudga keldi. O’sha vaqtlarda qirol va imperatorlar: «Biz Allohning erdagi vakillarimiz»,- deb da’vo qilar va shu da’vo bilan xalqlarni ezish, ularga zulm qilish va qonlarini so’rish uchun dinni vosita, dindorlarni esa qurol qilib olgan edilar. Bu mafkurani g’arb qabul qilishida bechoraning bir chorasi sifatida qabul qilishgan bo’lsa, bizdagilar nima uchun demokratiyani to’tiqushdek sayrab yurishipti? Allohning borligini maxluqotlaridan bilib olish mumkin, lekin Allohning zoti to’g’risida “Alloh bizning hayotga aralashmaydi” degan fikrni qaysi “aql”dan aytishyapti? Kim bu gapni aql asosida isbotlab bera oladi? Zotini his qilish mumkin bo’lmagan Yaratuvchimiz to’g’risidagi bu fikr ahmoqlik emasmi?! Foyda-ziyon asosida ish olib borib, na o’z xalqini va na or-nomusni o’ylamaydigan, iymon-e’tiqodi yo’q insonlarga bizni boshqaringlar deb taqdirimizni topshirib qo’yish ahmoqlik emasmi?! Xalqidan vakolatni olib bo’lgach, o’z foydasiga va mustamlakachi kofirlar manfaatiga qarab qonun chiqarishdan deputatlarni nima man qiladi?! Amallarning o’lchovi foyda-ziyon bo’lsa, ulardan yaxshilik, or-nomus kutish mumkinmi?!

Atrofimizdagilar prezident va deputatlarni o’zlaridan boshqani o’ylamaydigan or-nomusini yo’qotganlar demaydilar, chunki ular xalq nomidan ish olib borishadi va bizni butun dunyoga sharmanda qilishadi, axir bu demokratiya-ku.

Hokimiyatga kelgunlaricha qanchadan-qancha begunoh insonlar qoni to’kildi. Mustamlakachi kofirlar boyliklarimizni talon-taroj qilgani etmagandek, qolganlarini ham rahbarlarimiz to’plab Rossiya va Belorussiya kabi davlatlarga o’zlari bilan tashib ketishdi. Biz nima qila olamiz, axir bu demokratiya-ku…

Yangi zavod va fabrikalar qurish emas, eskilarini ham sotib yo’q kilishdi. Yoshlarimiz ish topa olmay boshqa o’lkalarda qora ish izlab, sarson-sargardon bo’lib yurishibdi. Bizning rahbarlar esa, mustamlakachilardan olgan boyliklarini oqlash uchun musulmonlarga qarshi kurashish: musulmonlarni terrorist yoki ekstemislarga chiqarish, qizlarimizni ro’molsiz, ishtonsiz yurishga ko’ndirish va yoshlarimizga sharmandalik darslarni o’tishni qonuniylashtirish bilan ovora. «Qizlaringizni buzilib ketishidan xavotirdamisizlar? Xotirjam bo’ling, bordiyu qizlaringiz buziladigan bo’lsa ularni qanday “yamashni” (ya’ni qizlarning bokiraligi buzilgan bo’lsa, ularni vrachlar bildirmaydigan qilib, o’z holiga qaytarish bo’yicha “seks” darslarini) maktabdanoq o’rganadigan qonunlar ustida bosh qotiryapmiz, yaqinda bu oddiy holga aylanadi. Bachchaboz-geylar hozirda shaxarlarda boshlangan bo’lsa, tez orada qishloqlarga ham, hatto oilalarga ham kirib boradi. Biz haqiqiy demokratiya sari ketyapmiz» deb qattiq ishlashyapti. Axir bular demokratiya-ku.

Natijada, musulmonlikni da’vo qiladigan, hayotga azon va takbir bilan kelgan, hayotini nikoh bilan boshlaydigan, o’limini janozasiz ko’mmaydigan tarbiyachi-o’qituvchilar qizlarimizni ro’mollarini tortib olishadi, ishtonlarini echib tashlashadi. Bunga qarshi chiqqanlarni organ xodimlari ushlab, qamashadi. Imom-domlalar esa, prezident va deputatlarni haqlariga duolar qilishadi, chunki demokratiyaning to’g’ri yo noto’g’riligini tekshiradigan o’lchovi yo’q-da. Har qanday qonunni bir sessiyada o’zgartirishadi, hatto qonstitutsiyani ham o’zgartirish hech gap emas. Axir bu demokratiya-ku…

Buzg’unchilik qilib yurgan o’g’il-qizlarni ota-onasi to’xtatish uchun harakat qilsa qonun oldida jinoyatchi hisoblanadi. Jamiyat buzilib ketayotganidan xavotirga tushgan inson terroristga aylansa, hamma o’zini o’ylashi kelajagimizni va oxiratimizni yo’q qiladi. Buzuqchilik avjiga chiqadi, bachchabozlik oddiy holga aylanadi. Boshqa davlatlardan olayotgan qarzlar yana ham ko’payadi. Dunyoga o’zimiz sharmanda bo’lganimiz etmagandek, kelajak avlodga ham sharmandalik hayotini qoldirib ketamiz, chunki biz “demokratiya”ga indamayapmiz, uni ro’kach qilib mustamlakachi kofirlar, ularga malaylik qilayotgan etakchilarimiz xohlagan ishlarini qilishyapdi. Demokratiyaga sukut qilish ham ahmoqlik.

Demokratiyaga targ’ib qilayotganlarga, uni asosida rahbarlikka intilayotganlarga o’z munosabatimizni bildirmasak, u kabi kimsalarni oramizda yurishligiga jim turaversak boshimiz balodan chiqmaydi. Zotan, Rasul(s.a.v) Abu Mas’ud(r.a)dan rivoyat qilingan hadisda aytadilarki: «Bani Isroilga eng avvalo kirgan nuqson shu ediki, bir kishi boshqa kishiga yo’liqqan paytda: «Ey falonchi, Allohdan qo’rqqin va bu qilayotgan ishingni tashlagin, chunki bu narsani qilish sen uchun halol-durust emas», der edi. So’ng ertasi kuni u bilan uchrashgan paytda uni yana o’sha holatda ko’rar edi. Lekin bu narsa u bilan birga eb-ichishdan, birga o’tirishdan qaytarmas edi. Bas, ular shunday qilishgach, Alloh ularning ba’zilarining qalblarini ba’zilari bilan urdi». So’ngra Rasululloh(s.a.v) ushbu oyatni tilovat qildilar:

 لُعِنَ الَّذِينَ كَفَرُوا مِنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ عَلَى لِسَانِ دَاوُودَ وَعِيسَى ابْنِ مَرْيَمَ ذَلِكَ بِمَا عَصَوْا وَكَانُوا يَعْتَدُونَ – كَانُوا لاَ يَتَنَاهَوْنَ عَنْ مُنكَرٍ فَعَلُوهُ لَبِئْسَ مَا كَانُوا يَفْعَلُونَ – تَرَى كَثِيرًا مِنْهُمْ يَتَوَلَّوْنَ الَّذِينَ كَفَرُوا لَبِئْسَ مَا قَدَّمَتْ لَهُمْ أَنفُسُهُمْ أَنْ سَخِطَ اللَّهُ عَلَيْهِمْ وَفِي الْعَذَابِ هُمْ خَالِدُونَ , وَلَوْ كَانُوا يُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ وَالنَّبِيِّ وَمَا أُنزِلَ إِلَيْهِ مَا اتَّخَذُوهُمْ أَوْلِيَاءَ وَلَكِنَّ كَثِيرًا مِنْهُمْ فَاسِقُونَ –

– „Bani Isroildan kofir bo’lgan kimsalar Dovud va Iso binni Maryam tilida la’natlangandir. Ularning la’natlanishiga sabab qilgan isyonlari va tajovuzkor bo’lishganidir. Ular bir-birlarini qilgan noloyiq ishlaridan qaytarmas edilar. Bu qilmishlari naqadar yomon ish! Ulardan ko’plari kofir bo’lgan kimsalarni do’st tutganlarini ko’rasiz. Ularga havoyi nafslari naqadar yomon narsani – Allohning g’azabini keltirdi. Endi ular abadiy azobda qoluvchidirlar. Agar Allohga, Payg’ambariga va unga nozil qilingan kitobga iymon keltirganlarida edi, ularni do’st tutmagan bo’lur edilar. Lekin ulardan ko’plari itoatsiz kimsalardir“. [5:78-81]

So’ngra shunday dedilar: «Yo’q, aslo, Allohga qasamki, sizlar albatta yaxshilikka buyurasizlar va yomonlikdan qaytarasizlar. Sizlar albatta zolimning qo’lidan ushlaysizlar va uni haqqa burilishga majbur qilasizlar va albatta uni haqqa mahkam bog’lab qo’yasizlar. Yoki albatta Alloh ba’zilaringizni ba’zilaringiz qalbi bilan uradi, so’ngra ularni la’natlaganidek, sizlarni ham la’natlaydi».

G’arib.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.