Nazarboev Rossiyaga nisbatan qo’llangan sanktsiyalardan tashvishda

419
0

Qozog’iston prezidenti Nursulton Nazarboev “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida sanktsiyalardan nafaqat Rossiya, balki boshqa davlatlar ham zarar ko’rayotganini ta’kidladi.

“BMT tasdig’isiz Rossiyaga qarshi joriy etilgan noqonuniy sanktsiyalar Rossiya iqtisodiyotining rivojlanishiga xalal bermoqda”, – dedi Qozog’iston rahbari.

Nursulton Nazarboev moliya tizimidagi muammolarga to’xtatalar ekan, global valyuta arxiterturasining eskirganini ta’kidladi. Uning qayd etishicha, jahon rezerv valyutasining faqatgina bir emitentga bog’liqligi boshqa mamlakatlar uchun katta xavf tug’dirmoqda. Shuning uchun ham Lotin Amerikasida, arab dunyosida mintaqaviy valyuta yaratish va shu tariqa dollar ta’sirini kamaytirish haqida gapirilmoqda.

Shuningdek, Qozog’iston prezidenti Ukrainadagi vaziyat hal bo’lishi uchun imkon qadar harakat qilayotganini aytdi.

“Mendan vositachilik qilishimni so’rashsa, vaqtimni ham, kuchimni ham ayamayman, uchrashuvlar o’tkazaman, tomonlarni muzokaralarga da’vat etaman. Bunday vaziyatda davlatlar rahbarlari har doim murosa uchun yo’l topa oladilar. Men bu erda hal bo’lmaydigan muammolarni ko’rmayapman. Kuzatishlariga ko’ra, Rossiya tomoni ham, Ukraina tomoni ham mavjud qarama-qarshiliklarni bartaraf etib, masalani hal qiladigan pallaga etib keldi. Bu tezroq amalga oshishi zarur, Yevropa etakchilari ham shuni xohlamoqda. Hozir ana shunday odimning ayni vaqti”, – dedi Nazarboev.

Turkiston:

Albatta Rossiya uchun qo’yilgan sanktsiyalar va undan kelayotgan har xil oqibatlar, u bilan tig’iz aloqadagi yoki har qanday tashkilotda birga bo’lgan davlatlar uchun ham salbiy ta’sir ko’rsatmay qo’ymaydi. Rossiyaga qarshi kompaniyaning boshida turgan AQShning asosiy maqsadlaridan biri ham shu, Rossiyani xalqaro siyosatdagi mavqe’ini sindirish. AQShning maqsadi amalga oshayotgani, avval Rossiyani atrofidagi unga suyangan davlatlarga nisbatan uning ta’sir quvvatini zaiflashishi bilan namoyon bo’la boshlaydi. Rossiyani kutayotgan shu ish amalga oshgudek bo’lsa, ya’ni u atrofidagi o’ziga tobe’ davlatlarni qiziqtira olmaydigan yoki qo’rquvda ushlab ham tura olmaydigan holatda bo’lib qolsa, Yevroazes va unga o’xshagan bir qator unga tobe’ bo’lgan tashkilotlari parchalanib ketishiga yoki bu tashkilotlar amalda faoliyatlarini to’xtatib qo’yishga majbur bo’lishadi. Nazarboevni tashvishlantirayotgan muammo, Rossiya uchun bir ogohlantirish ma’nosida ko’tarilgan. Agar Rossiya xalqaro siyosatdagi ahvolini va ichki siyosiy hamda iqtisodiy holatini tiklay olmasa, Nazarboev va boshqa tashkilot a’zolari bo’lgan davlatlar rahbarlariga tobe hukumat rejimlari o’ta qiyin ahvolda qolishadi. Ular, Rossiyaning xalqaro siyosatidagi hatolari oqibatidan yoki faqat Putin va uning rejimining injiqliklari sababidan, kelib chiqishi mumkin bo’lgan muammolardan, o’z yurtlaridagi fuqorolarining noroziliklarga duchor bo’lishni xohlashmaydi.

Nazarboev ham, Putinning olib borayotgan siyosiy harakatlariga qarshi bo’lgan Rossiyaning siyosiy elitasining salmoqli bir qismi singari, uni Ukraina masalasida siyosiy chekinishga chaqirayapti. Uni AQShning qo’l ostida bo’lishga, ya’ni xalqaro siyosatda u bilan qarama qarshi yo’nalishdan tiyilishga, undan etakchilik tizginini ochiq talashish yoki unga da’vogarlik qilishdan bosh tortish, xullas hozirgi o’zining holatidan kelib chiqib xalqaro siyosatda kamtarroq muomila qilishga chaqirayapti. Bu Rossiyani xuddi Frantsiya, Germaniya yoki Italiya singari davlatlarning xalqaro siyosatdagi tutgan o’rinlari safidan joy olishga chaqirish desa ham bo’laveradi. Aks holda, Qozog’istonning Rossiya bilan o’rtalaridagi umumiy manfaatlariga keltirilinayotgan ziyonlar, Nazarboevni xavotirlantira boshladi. Rossiya xalqaro siyosatga qarashlaridagi o’zining bir qator ambitsiyalarini jilovlab olishi kerak. U endi yakka etakchi davlat bo’la olmaydi. Chunki uning o’ziga xos qudratli mafkurasi va shu mafkurasidan kelib chiquvchi mabda’si (sistemasi) mavjud emas.

Demak, Rossiya o’z mavq’ini aniqlab olishi, to’g’rirog’i hozirdagi o’zining xalqaro siyosatdagi o’rnini, belgilab olishi kerak. Rossiyaning SSSRdan me’ros qolgan qalbaki mavqe’i, endi inqirozning eng tubiga etib borayapti. Rossiya, Putinni hokimiyatdan chetlatib bo’lsa ham, dunyo etakchiligiga intiluvchi siyosiy orzularidan voz kechib, AQShning qo’l ostidagi ko’ppaklik qilayotgan davlatlar safidan o’rin olmasa, uni va uning atrofidagi davlatlarni ham, hali ko’p qiyin sinovlar kutayapti.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.