Pokistonda Hizb-ut Tahrirning yana bir faoli o’g’irlab ketildi

411
0

Hizb-ut Tahrir – Pokiston viloyati markaziy aloqa qo’mitasining rahbari Saad Cigranvi o’tgan hafta Navoz Sharif va Rahil Sharif rejimiga tobe jinoyatchi guruh tarafidan o’g’irlab ketildi. Hodisa yuz berganiga bir hafta o’tishiga qaramay, Pokiston rejimi haligacha hodisa yuzasidan biror bayonot bermadi.

Bundan avval ham Pokiston rejimi Hizb-ut Tahrir – Pokiston viloyatining rasmiy so’zchisi Navid Battni o’g’irlab ketgan edi. 11 may kuni Navid Baatning o’g’irlab ketilganiga 4 yil to’ladi. Uni topishga bir qancha urinishlar olib borilishiga qarmay, hali-hanuz topilmadi.

Siyosiy ongli kishilarning talqin qilishicha, Pokiston hukumatining Islomga qarshi olib borayotgan siyosati Amerikaning rejasi bo’yicha ketmoqda. Shu munosabat bilan Hizb-ut Tahrir – Pokiston viloyati “Amerikaning milliy harakat rejasi Pokistonda Islomni bostirishga qaratilgan” nomli kompaniya boshladi. Bu haqida Hizb-ut Tahrir – Pokiston viloyati tarafidan bayonot ham chiqarildi.

“Amerika “Milliy harakat rejasi” va boshqa shunga o’xshash turli vositalar orqali musulmonlar qalbida bir necha asrlardan buyon davom etib kelayotgan Islomiy rishtalarni, uning yo’lida tap tortmay jangga kirishlarini va Islomiy boshqaruv sababli musulmonlar qalbida chuqur ildiz otib ketgan Islomiy sevgi va muhabbatni yo’q qilish uchun harakat olib bormoqda. Pokistonning vujudga kelishiga muhim rol o’ynagan narsa Islomning kuchidir. O’z davrning birinchi davlati bo’lgan Britaniyani Hindiston yarim orolidagi harbiy bosqiniga nuqta qo’yishga majbur qilgan ham Islomning kuchidir. Xuddi mana shu Islom dunyoda tengi yo’q harbiy quvvatga ega SSSR davlatini Afg’onistondan mag’lub bo’lib chiqib ketishga majbur qildi. Shunday buyuk bir davlatning harbiy va iqtisodiy jihatdan zayiflashishi ortidan qulashiga sabab bo’ldi. Hozirda mintaqani ishg’ol qilib turgan davlat Amerikadir. Buning ham qarshisida yana o’sha Islom kuchi turipti. Shu bois Amerikaning bu mintaqada o’z vujudi va manfaatlarini saqlab qolish uchun Islomni kuchayishiga yo’l qo’ymasligi uning hayot-mamot masalasidir”, deyiladi jumladan Hizb-ut Tahrir – Pokiston viloyati tarafidan chiqarilgan bayonotda.

Javob qoldiring:

Iltimos, sharhingizni kiriting!
Iltimos, ismingizni bu yerga kiriting

Time limit is exhausted. Please reload CAPTCHA.